Dinozavrlar bilan zamondosh daraxt, yoxud ,,olovda yonmas aslo chirimas daraxt’’ 

7 933

  Yer sharidagi eng keksa daraxtlardan biri bo`lgan sekvoyya  dinozavrlar  bilan  zamondoshdir.  U  faqatgina Syerra Nevada ning  g`arbiy  yonbag`ridagina  saqlanib  qolgan.
 Sekvoyya daraxti po`stlog`ining qalinligi  60 sm bo`lib, daraxtni qishda sovuqdan  bamisoli ko`rpa kabi himoyalab turadi. Uning g`aroyib  xususiyati  olovda yonmaydi, o`rmonda yong`in chiqganda  yonmasligiga sabab po`stlog`i himoya  qiladi,  aksincha  yong`in bu daraxt uchun  foydali, chunki  atrofida  yonib  kulga  aylangan  daraxtlarning shirasi  sekvoyyaga o`tadi.
 Bu daraxt juda uzoq  yashaydi. Masalan, 2415 yil  umr  ko`rgan  sekvoyyalar bor. Dinozavrlar  qirilib ketgan  bo`lsada, ammo sekvoyyalar hamon  hayot. Yer sharidagi 3000 yillik eng keksa sekvoyyalardan birining yonida bir yosh  nihol  unib   chiqibdi, u 5  yoshda  ekan,  3000  yosh bilan 5 yosh, ota va o`g`il, ota va bola o`rtasidagi   bunchalar  katta   farqni qayerda uchratish mumkin?
 Modomiki, 5 yoshli sekvoyya yana 3000 yil yashar  ekan,  bu  yosh  niholning  5005-yilga  borib  yer  sharida yashaydigan insonlar to`g`risida taxminiy fikr aytish qiyin.
  Izoh: Web saytning videokurs bo`limi orqali Olamga sayohat kichik bo`limiga kiring. "Yosemite" milliy bo`g`i haqidagi videolavhani tomosha qilib, sekvoyya daraxti haqida yanada ko`proq ma`lumotga ega bo`ling.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.