Eronliklar oldida bosh barmog`ingizni ko’tara ko’rmang…
Buyuk Britaniyada bu odat xuddi bizdagidek «hammasi yaxshi,
joyida» degan mazmunni ifodalaydi. Eronda esa aksincha, bordiyu siz biror eronlikka
barmoqlaringizni bukib, bosh barmoqni tepaga qilib ko’rsatsangiz, tosh yomg`iri ostida qolishingiz turgan
gap. Negaki, aynan bu belgi eron xalqlari muomalasida juda uyatsiz taklif
ma’nosini bildirar ekan.
«OK» (bosh va ko’rsatkich barmoqlarning tutashuvi) belgisi ham dunyo xalqlari orasida
ommalashgan bo’lib, «hammasi zo’r» ma’nosini bildirsa-da, turk va braziliyaliklar
uchun aynan haqoratning o’zi ekan.
2. Tailandda odamlar boshiga qo’l tekkizish
mumkin emas
Aholisining asosiy qismi buddaviylik diniga e’tiqod qiladigan ayrim mamlakatlarda, masalan
Tailandda inson boshi muqaddas hisoblanadi, go’yoki ruh shu a’zoda joylashgan ekan. Shuning
uchun bu yerda odamlarning boshini silash, umuman qo’l tekkizish
katta haqorat sanaladi. Shunga o’xshash noodatiy odatlardan biri malayziyaliklarda
keng tarqalgan. Agar siz bu yerda u yoki bu narsani barmoq bilan ko’rsatib, aniqlik kiritmoqchi bo’lsangiz,
kulgi ichida qolasiz, chunki Malayziyada ayni shu belgi mushaklar shishirilgan holatni ifodalar
ekan.
Filippinliklarda g`alati odat mavjud. Ular u-bu narsalarni
ko’rsatishganda lablar va ko’zlari bilan imo-ishora qilishadi.
3. Xalqlar an’analari
borasidagi gurunglar
Ba’zi bir mamlakatlarda hamsuhbatingiz bilan so’zlasha turib, chalg`ib qolsangiz, yo
mavzudan chetga chiqsangiz, siyosiy savodsizlik hisoblanar ekan. Bordiyu u yoki bu xalqlar an’analari
va urf-odatlariga taalluqli mavzuda o’sha xalq vakili bilan suhbatda xato,
yanglishishlarga yo’l qo’ysangiz ham bu inobatga olinmas ekan. Masalan, Avstraliyada
aborigenlarning xatti-harakati, Xitoyda inson huquqlari, Hindistonda o’lgan er bilan birga
uning tirik xotinning yondirilishi, Ispaniyada buqalar jangi va shu kabilar borasida
suhbatdoshingiz bilan bemalol qo’shib-chatib gapiraversangiz ham bo’ladi.
Yana sizga bo’lgan hurmati ham oshadi.
4. Yapon uylariga shippakda
kiriladi
Mehmondorchilikka borgan paytingiz ichkariga kirayotib poyabzalni yechasizmi
yo shu holicha kirib borasizmi? Yaponiyada mehmonlarga ichki xona va mehmonxonalarga
kiraverishda kiyish uchun shippak taqdim etiladi. Bu poyabzal ularning
bo’yraga chiqqunlariga qadar oyoqlarida bo’lishi lozim. Mehmondorchilikdan qaytishda esa omonat shippaklarni
yana egalariga qaytarishadi.
5. Atirgul muhabbat, sariq gul ayriliq ramzi
Gul bekalar uchun eng arzirli sovg`a ekanligi, qachon va qayerda tuhfa etilishidan qat’iy nazar doim xursand bo’lishi
bizga ma’lum. Ammo shunday mamlakatlar ham borki, to gul «ilmi»dan yetarlicha
xabardor bo’lmaguncha hech kimga taqdim etilmaydi. Bir e’tibor berib ko’ring-a: chinnigullardan Germaniya,
Polsha va Shvetsiya xalqlari dafn marosimi uchun foydalanishadi, xrizantemadan
esa xuddi shu maqsadda Belgiya, Italiya, Fransiya, Ispaniya va Turkiya mamlakatlarida. Avstriya
va Fransiyada atirgullar muhabbat ramzi hisoblansa, Meksika va Chilida sariq gullar ayrilik
ramzini ifodalaydi. Germaniya, Polsha va Shvetsiyada gullar dastalanmaydi. Toq gullar o’rami
Xitoy va Indoneziyada baxtsizlik sanalsa, jufti Rossiya va Germaniyada xosiyatli
emas ekan.
6. Sovg`a berish
uchun avval maslahatlashiladi
Xorijda birovga sovg`a bermoqchi bo’lsangiz, albatta oldindan u bilan maslahatlashganingiz
ma’qul. Aks holda sovg`angiz qabul etilmaydi. Masalan, xitoyliklarga
soat tuhfa etib bo’lmaydi, bu xalqlarning e’tiqodicha, soat omadsizlik ramzi hisoblanadi. Kolumbiyada nimaniki
xarid qilmang, toki uning g`ilofini yechmasangiz, sifatsiz va
arzon buyum sifatida baholanadi. Koreyaliklar esa «Koreyada ishlab chiqarilgan» yorlig`i yopishtirilgan
buyumlarni yoqtirishmaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.