12-sentyabr Koreyada Chxusok (to'lin oy) bayrami kuni 

3 734

Kuzda o'tkaziladigan Chxusok — bu bayram, to'lin oy kunlarida butun zamonaviy Koreya xalqi tomonidan zo'r ishtiyoq bilan kutib olinadi. Chxusok 8-oy taqvimining 15 kunida nishonlanadi. Agar juda aniq aytish kerak bo'lsa, Chxusok uch kunga cho'ziladi—festivalning birinchi va uchinchi kuni yig'inlardan so'ng va yo'lda o'tkaziladi. Bayramning avj nuqtasi kunning o'rtasi— sakkizinchi oy taqvimining 15 kuni hisoblanadi. Serqatnov shohko'chalar mashinalarga to'lib, deyarli barcha muassasalar va do'konlar uch kunga yopiladi. Barcha oilalar bir joyga yig'ilishadi, qabristonlarga borib olamdan o'tgan qarindoshlari ruhiga hurmat bajo etishadi. 
Hamma bu bayramni o'zlari uchunqadrdon joylarda o'tkazishga harakat qiladi. Manzillarga yetib olish uchun samolyot va poyezdlarga biletlarni oldindan buyurib qo'yishadi. Bu bayram yilning eng muhim bayramlaridan biri hisoblanadi.

12-sentyabr Birlashgan millatlar tashkilotining Janub-janub hamkorliklari kuni
Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bo’lgan davlatlar orasida ushbu kun mashhur xalqaro kunlardan biri hisoblanadi. Argentinaning poytaxti bo’lgan Buenos-Ayrese shahrida 1978-yil 12-sentyabrda 138 davlatning vakillari ishtirokida rivojlanayotgan davlatlar o’rtasida rivojlanish va texnik hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilingan. Janub-janub hamkorligi xalqaro hamkorlikdagi asosiy elementlardan biri hisoblanib, rivojlanayotgan va iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlarga ko’maklashish maqsadida yirik imkoniyatlar ochib beradi. 2003-yil 23-dekabrda BMT Bosh assаmblеyasi tomonidan Janub-janub hamkorligi kuni rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu kunda Bosh assаmblеya tomonidan Buenos-Ayrese qabul qilingan chora-tadbirlar maqullanib qabul qilindi. 2011-yil 22-dekabrda BMT Bosh assаmblеyasi tomonidan yangi rezolyutsiya qabul qilindi. Unga ko’ra, 2012-yil 12-sentyabrda BMTning Janub-janub hamkorligi kuni nishonlanishiga qaror qabul qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan maqsad: 1978-yilda Buenos-Ayreseda qabul qilingan chora-tadbirlarni tan olishdan iborat edi.

12-sentyabr Rimda "Oq tunlar” festivali
Rimdagi "Oq tunlar” festivali bu asosan "Muzeylar tuni” hisoblanadi. Bu kun 2015-yilda 12-sentabrga to'g'ri keladi. Bu  festival Rimdagi taniqli festivaldir va u sentyabr oyining ikkinchi dam olish kunida, Italiyaning poytaxtida bo'lib o'tadi. Bu bayram "Muzeylar tuni” ham bo'lganligi sababli erta tongdan to kech tungacha har bir xohlovchi uchun markazning barcha tarixiy joylari eshigi ochiq bo'ladi. Odatda bayram shanba kuni soat  20.00 dan yakshanba kuni soat 8.00 ga qadar davom etadi. Bu festival "Oq tunlar” deb nomlangan bo’lsada, Italiyada xaqiqatda oq tunlari bo'lmaydi. Bunday nomlanishiga sabab, xorijiy mehmonlar hamda rimliklar tonggacha poytaxt shahrida xuddi kunduzgidek madaniy-ma'rifiy hordiq chiqaradilar, muzeylarni, qadimiy yodgorliklarni, kino, teatrlarni tomosha qiladilar, sport inshootlariga tashrif buyurib, restoran maishiy madaniy maskanlarida kecha-yu –kunduz madaniy dam oladilar. Rim davlati birinchi bor ushbu bayramni 2003 yildan nishonlay boshlagan. Bu tunda Rim aholisi Doimiy yashil shaharni kelib chiqishi tarixini arxitektura va madaniy boyligini, yaxshi bilish imkoni yaratiladi. Bu qiziqarli tun-bayrami mahalliy xalqning tashabbuskorlik tufayli butun hayoti davomida yorqin taassurotlar bilan yodda qolgan. Festivalning birinchi o'tkazilgan yilida 1,5 mln kishi ishtrok etdi, 2004-yili esa 2 mln kishi, 2005-yilda Rimning tungi kechalarida yomg'ir yog'ishiga qaramay 3 mlnga yaqin kishi kuchalarda sayr qilib yurishgan. O'sha davrdan boshlab, "Oq tunlar” Italiya poytaxtida o'tkazilishi an'anaga aylangan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.