27-iyul Nyu-Jersida havo sharlari festevali kuni 

2 343

Nyu-Jersida Havo sharlari festivali — Shimoliy Amerikadagi eng yirik festivallardan biridir. Ushbu festival har yili iyul oyining so'nggi dam olish kunlari Redington shahrining Solberg aeroportida o'tkazilib, ilk bor festival 1983-yili o'tkazilgan. Ta'kidlash joizki, bu festival nafaqat uzoq yillik tarixga ega, balki Amerikaning eng yaxshi festivallar yuztaligidan ham o'rin egallagan va "Eng yaхshi maxsus tadbir” nominasiyasini qo'lga kiritgan. Har yili ushbu tadbir mehmonlari 200 ga yaqin bo'lib, ko'pchilik oilaviy qatnashadi. Uch kun davomida aeroporot osmoni yuzlab rangli havo sharlari osmonga ko'tarilganda kamalakning barcha ranglari ila yorqin tus egallaydi. Sharlar orasida parashyutchilar raqsi boshlanadi. Bu juda go'zal manzara!

27-iyul Gamburger yaratilgan kun
Biz bilamizki, Gamburger Amerikaning mashhur taomi hisoblanadi. 27-iyul 1900-yil amerikalik oziq-ovqat sotuvchisi Lui Lessing o’zining ona shahri Nyu-Heyvenda ilk gamburgerni sotgan. Aynan shu sotuvchi ikki dumaloq bulochkalarning orasiga an’anaviy nemis bifshteksini qo’yadi va sous, salat bargi bilan bezaydi. Gamburgerning aynan shunday ko’rinishi yangi hayotning oziq-ovqatlari belgisiga aylandi. 1904-yilda Sent-Luisda o’tkazilgan Butun jahon ko’rgazmasida Gamburgerlar yuqori mashhurlikni qo’lga kiritdilar. Biroq o’ttiz yil davomida amerikaliklar xot-doglarni, qovurilgan tovuqlarni va Italiya pitsasini hush ko’rganlar. 1930-yilda Uolter Anderson tomonidan gamburgerlar ovqatlanish taomnomasiga asosiy ovqat sifatida kiritildi. Wimpy Grills deb nomlangan kafeda gamburgerlar omadi yurishdi. Tez iste’mol qilish taomi mashhur bo’ldi. Gamburgerlarni arzon narxlarda sotishni boshladilar. Gamburgerlar tayyorlanishi tezlandi. Kafelarda har bir xaridor uchun 1 minutdan gamburger tayyorlandi. 1948-yilda gamburgerlarning eng omadli, biznes tarixi boshlandi. Koleforniya shahri San-Bernardinoda sutli kokteyllar aralashtiradigan mashina ixtirochisi Rey Krok va aka-uka Makdonaldlar uchrashib qolishadi. McDonald’s gamburgerlari shu tarzda paydo bo’lgan. Gamburgerlarni oddiy ovqatlanish joylarida va  restoranlarda ham iste’mol qilish mumkin. Gamburgerlarning mashhurligiga yana bir misol keltirib o’tamiz. Rossiya Prezidentining vaqtinchalik o’rnini egallagan Dmitriy Medvedevning Amerikaga tashrifida Amerika Prezidenti Barak Obama Dmitriy Medvedevni nonushtaga gamburger bilan mehmon qilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.