17-iyul Janubiy Koreyada Konstitutsiya kuni 

3 159

Konstitutsiya kuni Janubiy Koreyada Seul markazida nishonlanadi. Konstitutsiya kuni davlatlarning umumiy bayramlari qonunga kiritilgandan so’ng 1949-yilda 1-oktyabrda tasdiqlangan. Ilk Janubiy Koreya respublikasi 1948-yil 18-avgustda tashkil topgan. 2008-yildan boshlab Konstitutsiya kuni dam olish kuni deb hisopblansada, biroq ishchilar va xizmatchilar uchun ish kuni hisoblanadi. Bu kunda Seulda va Janubiy Koreyaning katta shaharlarida maxsus bayramdan tashqari boshqa tadbirlar o’tkazilmaydi. Ko’p yillar davomida davlatning har xil burchaklarida o’tkaziladigan yugurish marafonlari ham an’anaga aylandi.

17-iyul AQShda birinchi Disneylend ochilgan kun
1995-yil 17-iyul kuni Los-Andjeles janubiga yaqin (Kaliforniya shtati) Anaxaymada eng mashhur amerikalik multiplikator Uolt Disney bolalar va ularning ota-onalari uchun qoyilmaqom ko‘ngilochar bog‘ ochilish marosimini o‘tkazgan. "Disneylend” bog‘ini ochish fikri Uolt Disneyda u ikki qizalog‘i bilan sayr qilib yurgan chog‘i paydo bo‘lgan. Qizlari arg‘imchoqlarda uchar ekan, otasi sabr bilan bolakaylarini do‘kon oldida kutib o‘tirar edi. Shunda unga Amerikada ham ota-onalar, ham ularning bolalari uchun maroqli vaqt o‘tkazish uchun joy yo‘qligi fikri keladi.  Disney bu joyni o‘zi yaratishi kerakligi haqida o‘ylab qoladi. Lekin birinchi Disneylendni qurish uchun 17 million dollarga aylandi. Shunday bo‘lsada, tez vaqt ichida bu pul o‘n barobar daromad keltirdi. Birinchi 25 yil ichidayoq bog‘ga 200 million odam tashrif buyurdi. Lekin bu Disney uchun yetarli emas edi va 1963-yil u yanada kattaroq loyihaga qo‘l uradi – "X-loyiha”. U Floridadan o‘ziga mos yer harid qiladi va u yerda yangi bog‘ qurilish ishlarini boshlab yuboradi. 1971-yil oktabr oyida «The Walt Disney World» (Uolt Disney dunyosi) ochildi. 1983-yilga kelib, "Disneylend” bog‘i Tokioda ham paydo bo‘ldi, 1992-yil esa parijda. Bog‘da sayr qilib yurarkansiz, Mikki-Maus va Donald Dak kabi Disney qahramonlari qo‘lini siqib, arg‘imchoqlarda uchishingiz mumkin. Umuman olganda, ko‘tarinki kayfiyatda dam olishingiz mumkin.

17-iyul AQShning Nyu Jersi shtatida Havo sharlari festivali
AQShning Nyu Jersi shtatida 17-iyulda havo sharlari festivali nishonlanadi. Redingtondagi Solberg aeroportida juda qiziqarli va omaviy tadbirlar o'tkaziladi. Ushbu bayram Amerikada 1972-yilda ilk bor tashkillashtirilgan. Festival kunida yuzlab chiroyli havo sharlari havoga uchiriladi. Bunday manzarani tomosha qilish uchun turli davlatlardan sayohlar tashrif buyurishadi. 200 mingdan ortiq odamlar ushbu bayram ishtirokchilaoiga aylanishadi. Figurali aerostatlar va dekorativ havo sharlair bo'yicha bo'lib o'tadigan musobaqalar - festivalning eng cho'qqisi hisoblanadi. Festival mehmonlarida ushbu kun osmonda bo'ladigan chiryli tadbirdan bahramand bo'lish bilan birga antiqa va chiroyli havo sharlari havo uchish imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bayram dasturi turli qiziqarli tadbirlardan iborat bo'ladi. Festival doirasida bolalar o'yingohlari, kattalar uchun ekstremal attraksionlar, musobaqalar, ko'rgazmalar, musiqali dasturlar tashkillashtiriladi. Festival so'ngida, kechqurun havo sharlarining chiroq ostida shousi o'tkaziladi. Kechqurun ushbu bayramni hashamatli feyerverklar bezatib turadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.