16-may Xalqaro biograflar kuni
Bugun aytish mumkinki, agar kimdir tarjimai hol yozyapti, demak, ularni kimdir o’qiyapti va bugun xuddi o’sha kun, qachon sevimli yozuvchining yoki artistning biografiyasini qaytadan o’qish mumkin. Vaqt topib o’z avtobiografiyamizni yoza boshlaymiz. Nimaga xuddi bugun? Chunki 16-mayda biograflar kuni (Biographers Day) nishonlanadi. Bugun bilarmonlar va qiziquvchi odamlar (Samuel Jonson, 1709-1784) ơzining biografi (James Boswell, 1740-1795) bilan birinchi uchrashuvi yilligini nishonlaydilar. Ular 1763-yilda Londonning kitob do’konlarining birida uchrashdilar, uchrashuv va ularning orasida o’rnatilgan munosabatlar natijasida 1791-yilda ikki tomlik "Samuel Jonson hayoti" kitobi chop etildi. Ma'lumki, angliyalik Samuel Jonson yoki doktor Jonson uni ko’proq shunday atashgan, atoqli tanqidchi, tilshunos va XVIII asr ikkinchi yarmi shoiri edi. Uning eng mashhur mehnati "Ingliz tilining izohli lug’ati" (Dictionary of the English Language) bo’lib, Jonson uning ustida 9 yil ishladi. Jeyms Bosvellning mashhur biograflardan biridir. Shotlandiyalik yozuvchi va memuarchi Jeyms Bosvell, Jonson bilan uchrashgandan keyin ko’p yillar davomida u bilan suhbatlashish, uning aqlga tơg’ri kelmaydigan o’tkir mulohazalarini va tanbehlarini yozib borish sharafiga ega bo’ldi. "Samuel Jonson hayoti" ko’plab adabiy tanqidchilar fikriga ko’ra, ingliz tilda yozilgan buyuk tarjimai hol, ushbu kunda ham ommabop va o’qiladigan kitob. Biograf qadimgi grek ikkita sơzidan olingan — hayot va yozyapman. Boshqa so’zlar bilan aytganda, biografiya deb odamning boshqa odam yoki bir necha odamlar tomonidan yaratilgan tarjimai holini ataydilar. Ko’pchilik hollarda biror odam haqida bilmoqchi bo’lsak tarjimai hol ma'lumotlarning eng birinchi manbai bo’ladi. Biograflarning ikir-chiqir va tinimsiz mehnati tufayli qadimgi zamonlar buyuk insonlari haqida, o’sha davrlar hulq-atvorlari va urf-odatlari to’g’risidagi ma'lumotlar biznning kunlarga qadar etib keldi. Qadimgi grek faylasufi Plutarxni birinchi biograf deb atash mumkin. Pushkinning birinchi nashrchisi va biografi — P.V.Annenkov, L.N.Tolstoyning — P.I.Birekov ismlari ma'lum. Afsuski, ko’plab atoqli biograflar ismlari unitilgan, lekin ular qoldirgan tarjimai hollar har qanday mamlakat uchun doimo qimmatli adabiy meros bo’ladi va tadqiqotlar uchun tuganmas manb'a bo’ladi va bugungi bayram - ko’pincha soyada qoladiganlar xizmatini eslab nishonlashga sabab bo’ladi.
16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
XIX asr oxirida Berlinning markazida, shahar aholi soni million kishidan oshib ketgani sababli, kucha harakati juda qiyinlashgan edi. Ahvolni yengillashtirish vositalaridan biri elektr tramvay edi. Bu vaqtda elektr kompaniyasining boshlig’i muhandis Verner Fon Simens passajir tashuvchi elektr tarmoq qurish taklifi bilan chiqdi. 1879 yili bahorda Simens Berlin ko‘rgazmasida dunyoda birinchi elektr temir yo‘lini taqdim etdi - " vagonlari bilan elektrolokomotiv". Bu ixtiro sensatsiya bo’lgan edi. Uchta vagonchalik poyezd 18 yo‘lovchi bilan 7 km/soat tezlikda yurardi. Ko‘rgazmaning ko’plab tashrif buyuruvchilari "par yoki otlar yordamisiz” harakatlanayotgan bu g’aroyib poyezdga chiqib sayohat qilish istagini bildirishdi. Temir yo‘llarga yevropa aholisi odatlanib qolgan, lekin tutunli parovozi bo’lmagan poyezd ko’pchilikni hayratda qoldirdi, lekin transportni elektrlashga bo’lgan munosabat aholida sergaklik uyg’otardi. Shunday turdagi transportni yashash qobiliyatini isbotlamoq uchun, Simens o‘zining puliga tramvayning elektr bilan harakat qiladigan ko’rgazma andozasini qurishiga to‘g‘ri keldi. 1881-yili 16-mayda Berlinning chekkasida, Lixterfeld bilan Kadet korpusi oralig’ida dunyoda birinchi elektr tramvay o‘tdi. Dunyoda birinchi elektr temir yo‘lda yo‘lovchi tashish harakati shunday bo’lgan edi, shu bilan otlar o’rniga elektr tortish kuchi ishlatila boshlandi. 30 km/soat tezlikda yuruvchi tramvay, birinchi uch oy davomida 12 mingdan ortiqroq yo‘lovchilarni manziliga yetkazdi. Birinchi tramvay, birinchi elektrovoz kabi relslardan keluvchi elektr toki yordamida harakatlanardi. Bizga odatiy tamvay, yoy va simlar bilan, 1890-yilda paydo bo‘ldi. Yo‘lovchi transporti ko‘rinishidagi tramvay butun dunyoda juda tez tarqalib rivojlandi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.