29-aprel Yaponiyada ko'kalamzor bayrami 

2 945

1988-yil 29-aprelgacha Xiroxito imperatori tavallud kuni deb nishonlangan. Vafotidan so'ng bayram Ko'kalamzor bayrami deb nomlangan va nishonlangan. Shu bilan birgalikda yangi bayram, 23-dekabr - yashab turgan imperator Akixito tavallud kuni, ta'sis etildi. Ma'lumki, Yaponiyada ta'til kunlar nihoyatda qisqa, yirik korporasiyalarda ham 10-12 kundan iborat. Bunda yaponliklarni jamoatdan ko'p vaqtga ayrilmaslik ifoda etilgan. Ularning ta'tili bir yil mobaynida uchta qisqa ta'tilga bo'lingan bo'lib, bir vaqtda o'tkaziladi. Eng katta umumiy ta'til - "oltin xaftalik” deb ataladi va 29-apreldan - 5-mayga qadar o'tadi.Bu xafta ichiga 4 davlat bayramlari kiritilgan: 29-aprel-Ko'kalamzor bayrami (1989-yilgacha Xiroxito imperatori tavallud kuni deb nishonlangan); 3-may -Konstitusiya kuni (1948-yildan beri amaldagi Konstitusiya marosimi – 3-may 1947-yildan kuchga kirgan sanasi); 4 may- Dam olish kuni ("Oltin xaftalik” to'liq bo'lishi uchun 1988-yildan ta'sis etilgan); 5 may - Bolalar kuni ( 1948-yildan ta'sis etilgan, ilgari, Iris gullari bayrami deb nishonlangan). Bu xafta ichida mamlakat hayotida ishlar to'xtaydi.

29-aprel Xalqaro zargarlar bayrami kuni
Insonlar doim o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. 29-aprel - butun dunyoda  Xalqaro zargarlar bayram kunini o‘z ishining ustalari, bizning hayotimizni chiroyli qiladigan insonlar o‘zlarining  kasb bayramlarini nishonlaydilar. Zargarlik juda qadimiy kasblardan biri hisoblanadi, chunki insonlar azaldan o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. Birinchi taqinchoqlar oddiy va jo‘n homashyolardan tayyorlangan. Masalan: chig‘anoqlardan, hayvonlar tishlaridan va qimmatbaho toshlardan munchoq shodalari tayyorlangan. Eng qimmatbaho taqinchoqlarni qabila boshliqlari taqishgan. Zargarlik san’atining vatani Qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Rangli metal va toshlardan tayyorlangan birinchi zargarlik buyumlari Yunonistonda yaratilgan. Qadimgi ustalarning tayyorlagan buyumlari o‘zlarining go‘zalligi va betakrorligi bilan hozir ham insonlarni hayratga solmoqda. Buyumlarni yasashda ustalar rangli toshlardan, durlardan va qahrabo(yantar)lardan foydalanishgan. Mayda durlarni kiyim-kechaklarning ustiki qismini bezashda ishlatishgan. 17-asr o‘rtalarida Rossiyada rangli toshlardan yasalgan turli xildagi zargarlik buyumlarini yasash avj olgan. Faberje zargarlik uyi Yevropa, Osiyo va Afrika qirolliklariga o‘zlarining yasagan buyumlarini  yetkazib berishgan. XIX asr o‘rtalarida Karl Faberje zargarlik uyi o‘zlarining tayyorlagan buyumlarida tog‘ billuri va nefrit toshlardan foydalanishgan, ular noyob zargarlik buyumlari qiziquvchilari va kolleksionerlar orasida yuqori baholangan. Qadimgi buyuk ustalarning ishlarini davom ettirgan holda hozirgi zamon ustalari, zargarlik san’ati qonunlaridan chiqmagan holda ajoyib buyumlar bilan bizlarni hursand qilishmoqdalar. 

29-aprel Filippinda qizil оlmalar kuni
29-aprel kuni (shu kunga yaqinroq kunlar ham) Filippinda Qizil olmalar kuni o’tkaziladi. 1989-yildan hayriya tashkilot tashabbusi bilan nishonlanadigan ushbu bayram o’zining atrofiga mevali bog’lar bilan shug’ullanuvchi bog’bonlarni, ommalarning Qizil turdagi navlarini namoyishiga mutaxassilari yig’lishadi.  Tashkilotchilarning fikricha,  qizil olmalar kuni o’tkazish orqali tabiatning mo’'jizakorligini, qolaversa atrof muhitdagi o’zgarishlarni kuzatishga yana bir imkon yaratilayotganligini ma'lum qilishdan iborat.  Kun g’oyasi shundaki, qizil olma- insoniyat esidan chiqarishi mumkin bo’lmagan jismoniy, madaniy, genetik o’zgarishlar timsolini anglatishidan iborat.  Olmalar kunida olmalarning turli navlarini ko’rish mumkin. Olma yetishtiruvchilar olmalarning eng kam tarqalgan navlarini sotib olishni tavsiya qilishadi. Ayram "olma doktori” ham mavjud bo’lib,  olma yetishtiruvchilarga olmalar hayotidan tanishtiradi. Ularni qanday davolash, o’sishiga qanday parvarish lozimligi to’g’risida tavsiyalar berishadi. Tadbirda olma bilan bog’liq turli konkurslar o’ynaladi. Masalan,  Qizil olma po’stlog’ini kim ko’proq uzunroq artadi va shunga o’xshash musobaqalar bilan bayram yanada mazmunli o’tkaziladi.  

29-aprel Raqslar kuni
Yer yuzining xar bir davlatida 29-aprel kuni Xalqaro (Butunjaxon) raqslar kuni nishonlanadi (International (World) Dance Day).  Bu bayram barcha raqs uslublariga bag’ishlanib, 1982-yil YUNESKO qaroriga asosan fransuz baletmeysteri Jan-Jorj Nover (Jean-Georges Noverre), tavallud ayyomi kunida  o’tkazila boshlangan. Jan-Jorj Nover (29 aprel 1727 - 19-oktyabr 1810) - reformator, xoreografiya san'ati nazariyachisi, baletmeyster L.Dyuprening o’quvchisi, tarixda "zamonaviy balet otasi” nomi bilan tanilgan. Londondagi «Druri-Leyn»  teatri balet truppasida raqqos bo’lgan va shu truppaga boshchilik qilgan. Nover qahramona balet, fojiyali balet nazariyasini ishlab chiqgan.  1759 yilda uning mashxur  «Raqs va baletlar haqida  maktublar» asari -  bastakor, xoreograf va rassom xamkorligida pantomima va raqslari xarakatini ifodalovchi  vositasi bo’lmish balet- pyessa prinsiplarini asoslab bergan kitobi chiqadi.  Shuning uchun, tashkilotchilarning fikri bo’yicha, bayramning asosiy maqsadi - san'atni bir shakli bo’lgan raqsni barcha yo’nalishlarini birlashtirish,  raqs kuni esa - uni qutlash sababi, siyosiy, madaniy, etnik chegaralarni    o’chiruvchi qobiliyatga ega bo’lib, tinchlik va do’stlik yo’lida odamlarni birlashtiradi. Shu kuni raqsni sevgan insonlar - opera va balet teatri jamoalari, zamonaviy raqs truppalari, zamonaviy va milliy raqs ansambllari, xayotini raqsga bag’ishlagan artistlar o’z kasb bayramini nishonlaydilar. An'anaviy konsertlardan raqs fleshmoblarigacha, noyob chiqishlar bilan  bayramona dastur o’tkaziladi. Rasmiy uchrashuvlarda tantanali so’zlar bilan taniqli san'at arboblari: Yuriy Grigorovich (Rossiya), Robert Djofri (AQSh), Megi Maren (Fransiya), Mayya Plisetskaya (Rossiya), Moris Bejar (Fransiya), Uilyam Forsayt (AQSh-Germaniya), Stefan Peydj (Avstraliya), Miyako Yoshida (Yaponiya-Buyuk Britaniya), Xulio Bokka (Argentina), Lin Xvay-min (Tayvan) va boshqalar  qatnashadilar. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.