19-mart Shotlandiyalik sayyoh David Livingston tavallud topgan kun 

2 411

Livingston David (1813.19.03, Blantayr, Lanark grafligi - 1873.01.05, Chitambo, Zambiya) - Shotlandiyalik sayyoh. Ixtisosi - vrach. Markaziy va Jananubiy Afrikani tadqiq qilgan. 1840-yilida London missionerlar jamiyati tomonidan Jananubiy Afrikaga yuborilgan. 1841-1852 yillarda Kalaxari bechuanlari orasida yashab, o’sha yerlarni o’rgandi. 1849-yilida Ngami ko’li va 1851-yilida Linyanti daryosi hamda KvandoI (Zambezi daryosi [ irmogi) daryosi etagigacha yetib bordi. 1853-1854-yillarda Zambezi daryosi bo’ylab yurib, Atlantika okeanining Luanda sohillariga chiqdi. 1855-yilida Zambezi daryosining butun oqimini deltasigacha o’rgandi va yevropalilardan birinchi bo’lib Viktoriya sharsharasini ko’rishga muyassar bo’ldi. 1856-yil mayda Kelimane shahri yaqinida Hind okeani sohiliga yetib kelib, materikni kesib o’tishni yakunladi. Buyuk Britaniyaga qaytib, 1857-yilida sayohati haqida asarlarini nashr qildirdi; ushbu sayohati uchun Livingston Davidni Qirollik geografiya jamiyati oltin medal bilan taqdirladi.  Livingston David 2-sayohatida (1858-1864) Shirva va Nyasa ko’llarini tadqiq etdi. 3-sayohatida (1866-1873) Tanganika ko’lini o’rgandi, Bangveulu ko’li va Laulaba daryosini tavsifladi. Og’ir xastalanib, orqaga qaytdi va Tanganika ko’lining sharqiy sohilida, Ujijida to’xtadi. Bu yerda uni G.Stenlini izlab topib, birgalikda Tanganika ko’lining shimoliy qismlarini o’rgandilar va Nil daryosining bu ko’l bilan bog’lanmaganligini aniqladilar. Livingston David sayohati vaqtida Bangveulu ko’lidan janubroqdagi Chitambo degan joyda vafot etdi. Jasadi Buyuk Britaniyaga keltirilib, Vestminster abbatligiga dafn etilgan.  Sayohati davrida Livingston David 1000 dan ortiq punktlarning joylashgan o’rnini aniqladi; birinchi bo’lib Janubiy Afrika relyefining ilmiy tavsifini berdi. Zambiyadagi shahar, Sharqiy Afrikadagi tog’lar, Kongo daryosidagi sharshara Livingston David nomi bilan ataladi. Livingston David insonparvar bo’lgan, qullar bilan savdo qilishga qarshi kurashgan. Shotlandiyada Glazgo shahri yaqinida Livingston David memorial muzeyi bor.

19-mart Falyas–valensiyliklarning bahor bayrami
Qishning ohirgi kunlari faqat Valensiyada emas, butun Ispaniyada nishonlanadi, ammo Falyas boshqa bayramlardan farqliroq bo'lganligi bilan ajralib turadi. 19 mart kuni Valensiya sayyoxlar bilan juda gavjum bo'ladi. 
 
Falyas - katta qo'g'irchoqlarni tantanali, aniq aytganda, bayramona yondirish marosimi bo'lib, 19 dan 20 mart kuniga o'tar kechasi o'tkaziladi. Qo'g'irchoqlar yondirilishi-bu 1 mart kunidan pirotexnika paradi bilan boshlangan bayramning kulminasiyasi xisoblanadi. Mart oyining birinchi kunlarida Valensiya osmoni, ko'plab chiroyli pirotexnik salyutlar tufayli yangi yil archasiga o'xshaydi. O'zaro bellashuvda qatnashayotgan pirotexnik komandalardan tashqari, qora kuylak va bo'yinga katak ro'mol o'ragan maxsus guruxlar xam yuradilar. Ular yo'lovchilarning oyoq tagiga, ko'chalarga pitardalar tashlab kutilmas shovqin qiladilar. Yoshi, mansabi, jamiyatda qay o'rin egallashidan qat'iy nazar: bolalar, talabalar, qariyalar, bank xodimi bo'ladimi, barcha insonlar pitardalar tashlaydilar va bu bir necha kun davom etadi! Pirotexnik paradidan so'ng bayramni navbatdagi bosqichi-ximoyasizlarning Muqaddas Homiyiga gullar in'om qilinishi boshlanadi. Uch kun mobaynida shaxar aholisi bosh maydonga, Muqaddas ayol xaykaliga gullar olib keladi. So'ng katta stadionda butun aholi uchun ulkan paelya (taom) tayyorlanadi. Falyas bayramining asosiy lazzatli taomi - shokoladli ponchiklar bo'lib, har bir chekkada tayyorlanib sotiladi. Bayramda turli karnaval, maskarad, konkurslar o'tkaziladi. Go'zal qizlar (fayerlar) tanlanadi, ular 19-mart kuni bo'lib o'tadigan qo'g'irchoqlar yoqish marosimini boshlashni buyuradilar.

19-mart Londondagi Trafalgar maydonida ulkan ko‘k xo‘roz haykali o'rnatilgan kun
Londondagi Trafalgar maydonining to‘rtinchi postamentida yorqin ko‘k rangli ulkan xo‘roz ko‘rinishidagi haykal 2013-yilning 19-martda rasmiy ravishda ochildi. Haykal muallifi nemis haykaltaroshi Katarina Frichdir. Uning ushbu ijod mahsuli Londonda "o‘ziga xos uy xo‘rozi” deya ta’riflandi. Ochilish marosimiga minglab tomoshabinlar qatorida London meri Boris Jonson va muallifning o‘zi ham kelishdi. Taqdimotda oddiygina "Xo‘roz” deb nomlangan bu haykalga "yangilanish va kuch-qudrat ramzi” deya izoh berildi. Parranda-haykal  balandligi 4,72 metr. Bundan avval aynan shu joyda 4,1 metr balandlikdagi arg‘imchoq otda o‘tirgan bolaning bronza haykali bor edi. Nelson sharafiga o‘rnatilgan haykaldan tashqari, Trafalgar maydonida 4 ta postament mavjud. Ularning uchtasida klassik haykallar: Georg IV va ikki sarkarda — general Charlz Napyer hamda Genri Xeyvlok haykallari qad ko‘tarib turibdi. To‘rtinchi postament esa 1841-yildayoq qo‘yilgan, lekin, mablag‘ yetishmovchiligi tufayli qariyb 150 yil mobaynida bo‘sh turgan. 1999-yildan buyon unga bir-birini almashtirgan holda zamonaviy haykaltaroshlarning ishlari joylashtirib borilgan. Fransiyaning an’anaviy ramzi hisoblangan xo‘roz  London markaziy maydonida paydo bo‘ldi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.