23-fevral Ispaniyaning Salamanka shahrida Buqalar karnavali - milliy bayrami. 

2 568

Ispaniya davlatining Salamanka shahri yaqinida, atigi yarim soatlarcha yo‘l yurilganda, Syudad -  Rodrigo shaharchasida, Portugaliya bilan chegara yonida, Ispaniyaning eng qadimiy karnavallaridan biri - «Carnaval del toro»  - buqalar karnavali har yili o‘tkaziladi. Bu shaharning eng katta bayrami bo‘lib, unda duxovoy orkestrlarning, kostyumlar va juda ispancha bir narsa  - buqalarining uyg‘unligi bor. Bu uyg‘unlikning barchasi festivalni antiqa voqeaga aylantirishdir. Festivalda ishtirokchilar haqiqiy ispancha muhitni his qilishlari va ba’zi bir ta’sirli tomoshada ishtirok etishlari mumkin. Buqalarga bag‘ishlangan karnaval oldidan  bir hafta oldin mudrab yotgan shahar jonlanadi. Karnaval odatda oy  oxirida o‘tkazilib,kechki paytda shahar ko‘chalaridagi bayram va musiqa sadolari tantanadan  belgi  bo‘lib, uzoq vaqtgacha shaharni hayajonga soladi.Shaharning bosh maydonida  haqiqiy ispan buqalarini ko‘rish mumkin. Korrida - ispan milliy tomoshasi. Korrida davomida torerolar buqani yarqiragan lattalar bilan qo‘zg‘atadi, pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib g‘azablantiradi. Asosiy ijrochisi - matadorning buqa bilan jang o‘yini, odatda buqaning o‘ldirilishi bilan tugallanadi. Karnaval paytida bir necha kun korridalar o‘tkaziladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.