1971-yil 31-yanvar kuni – Oyga Аmerikaning kosmik kemasi «Apollon-14» uchgan kun 

2 174

Oyga amerikaning kosmik kemasi «Apollon-14»  uchirildi. Kosmik kema ekipaji  tarkibida astronavtlar Alen Shepard, Edgar Mitchell va Styuart Rus 5-fevralda esa kosmik kemadan tushirilgan apparat bortda Shepard va Rus bilan  Fra Mauro krateri  hududida Oy yuziga qo‘ndi.

1968-yil 31-yanvarda  mustaqil Nauru Respublikasi  tashkil topdi.
Nauru,  Nauru Respublikasi  - Tinch okeanning janubi-g‘arbiy qismidagi Nauru orolida joylashgan davlat. Maydoni 21 km.kv. Rasmiy poytaxti yo‘q. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament – Yaren okrugida. Ma’muriy jihatdan 8 okrugga bo‘linadi. 

Nauru - Buyuk Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi respublika. 1968-yilgi  konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshlig‘i – prezident. U parlament a’zolari orasidan 3 yil muddatga saylanadigan va 18 a’zodan iborat parlament, ijroya  hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament a’zolaridan bo‘ladi. 

Nauru oroli tektonik harakat natijasida suv ostida ko‘tarilgan atoll bo‘lib, unda halqasimon marjon qoyalari ko‘tarmalari saqlangan. Yer yuzasi - plato (eng baland joyi 65m). Platoning chetlaridagi kambar (eni 200 m gacha) sohil – terrasasimon. Iqlimi issiq; oylik o‘rtacha harorat  280, yillik yog‘in  2500 mm. Doimiy oqar suvlari yo‘q. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. O‘simligi qattiq bargli daraxt va butalardan iborat. Dengiz qushlari va hasharoti ko‘p. 

Aholisining 60% mahalliy nauru (polineziyalik)lar, qolgan qismi – Okeaniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, filippinlar  va yevropaliklar. Rasmiy tillari – nauru va ingliz tillari. 

31-yanvar – Xalqaro zargarlar kuni.
Insonlar doim o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. 31-yanvar - butun dunyoda  Xalqaro zargarlar kunini o‘z ishining ustalari, bizning hayotimizni chiroyli qiladigan insonlar o‘zlarining  kasb bayramlarini nishonlaydilar. Zargarlik juda qadimiy kasblardan biri hisoblanadi, chunki insonlar azaldan o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. Birinchi taqinchoqlar oddiy va jo‘n homashyolardan tayyorlangan. Masalan: chig‘anoqlardan, hayvonlar tishlaridan va qimmatbaho toshlardan munchoq shodalari tayyorlangan. Eng qimmatbaho taqinchoqlarni qabila boshliqlari taqishgan. Zargarlik san’atining vatani Qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Rangli metal va toshlardan tayyorlangan birinchi zargarlik buyumlari Yunonistonda yaratilgan. Qadimgi ustalarning tayyorlagan buyumlari o‘zlarining go‘zalligi va betakrorligi bilan hozir ham insonlarni hayratga solmoqda. Buyumlarni yasashda ustalar rangli toshlardan, durlardan va qahrabo(yantar)lardan foydalanishgan. Mayda durlarni kiyim-kechaklarning ustiki qismini bezashda ishlatishgan. 17-asr o‘rtalarida Rossiyada rangli toshlardan yasalgan turli xildagi zargarlik buyumlarini yasash avj olgan.Faberje zargarlik uyi Yevropa, Osiyo va Afrika qirolliklariga o‘zlarining yasagan buyumlarini  yetkazib berishgan. XIX asr o‘rtalarida Karl Faberje zargarlik uyi o‘zlarining tayyorlagan buyumlarida tog‘ billuri va nefrit toshlardan foydalanishgan, ular noyob zargarlik buyumlari qiziquvchilari va kolleksionerlar orasida yuqori baholangan. Qadimgi buyuk ustalarning ishlarini davom ettirgan holda hozirgi zamon ustalari, zargarlik san’ati qonunlaridan chiqmagan holda ajoyib buyumlar bilan bizlarni hursand qilishmoqdalar. 

31-yanvar Venetsiyada karnaval bayrami
31-yanvar kuni Italiyada bo'ladigan Venetsiya karnavali dunyo bo'yicha juda katta  voqea hisoblanadi. Har yili Venetsiyada bo'ladigan bal maskarad karnavali sayyoramiz bo'yicha eng qadimgi bayramlardan hisoblanadi.Bu bayram ikki hafta davom etadi, buyuk katolik ro'zasining birinchi haftasida tugaydi. Veneciya karnavali antik davrdagi 1094-yilga borib taqaladigan  ko'p asrlik tarixga ega.  Hosil yig`ishda ommaviy bayram tarzida o'tkaziladigan bu bayram Saturn xudosiga bag`ishlanadi. Qullarga o'z xo'jayinlari bilan birga bir dasturxonda o'tirish nasib etardi, bunda tabaqalanish vujudga kelmasligi uchun ularning hammasi yuzlariga niqob kiyishardi. Cherkov xodimlari bu bayramdan unumli foydalangan holda xristianlarni ro'zaga tayyorlab to'yib ovqatlantirishardi. Karnaval bayramida ham odamlarni tabaqalanishdan himoya qilgan holda yuzlarini niqob bilan berkitishgan. Venetsiya karnavali XVIII asrda ko'p yutuqlarga ega bo'lgan, karnavalda kiyilgan kiyimlar moda olamiga kiritilgan. Shu yerdan  niqob andazasini olish boshlangan, hozir bu niqoblar Venetsiya niqobi deb ataladi. Har bir qahramon o'zining xarakteriga mos niqob kiyadi. Bu karnaval shaharning Arlekino, Pero, Pantalon, Kolumbiya ko'chalari yorlig`i hisoblangan. XVIII asr oxirida revolyutsiya sababli bu bayram tugatildi. Rim Papasining ruxsati va Federiko Fellini tashabbusi bilan 1979-yili XX asr boshida bu bayram qayta tiklandi. Mashhur Per Karden 1996-yil bu karnavalga gimn yozdi. Hozirda bu karnaval bayrami dunyo sayyohlari e'tiboriga tushgan. Venetsiya o'zi juda chiroyli shahar, lekin bu karnavalda shahar o'zgacha tus oladi. Har yili yarim milliondan ko'p odamlar bu sehrli va romantik karnavalni tomosha qilgani keladilar. Bu karnaval bayramida o'ziga xos udumlar o'tkaziladi. Venetsiya qizlarini Istriya qaroqchilari o'g`irlashadi va ularni qutqarish marosimi bo'lib o'tadi. Osmonga varrakli qush uchiriladi va u osmonda yorilib odamlar ustiga konfetlar yog`iladi. Avliyo Marka maydonida ommaviy musiqalar, teatrlashtirilgan namoyishlar o'tkaziladi. Shaharni bu bayram qamrab oladi. Veneciya karnavali yana sehr-jodu bayrami hisoblanadi. Bolalar uchun San Polo maydonida maxsus karnaval o'tkaziladi. Shu birgina karnaval uchun 12 kun Venetsiya o'zining ko'chalari, ko'priklari va boshqa hamma yerlari bilan haqiqiy sahna ko'rinishini oladi.  Bu sehrli karnavalda har kim qatnashishi mumkin. Karnaval poxoldan yasalgan tulumni San Marko maydonida yoqish marosimi bilan tugatiladi. Cherkov qo'ng`iroqlarining chalinishi buyuk ro'zani boshlanganini bildiradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.