9-fevral Forish va Paxtachi tumanlari tashkil topgan kun. 

3 006

1935-yil 9-fevral – Forish tumani tashkil etilgan kun
Jizzax viloyati Forish tumani. Viloyatning shimoliy-g‘arbiy qismini egallaydi. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Maydoni 9,53 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 2 shaharcha (Uchquloq, Yangiqishloq), 11 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Yangiqishloq shaharchasi.

Tuman relefi pasttekislik, qir, adir va Nurota, Pistali tog‘laridan iborat. Eng baland joyi 2169 m (Zargar tog‘idagi Hayotboshi cho‘qqisi), tumanda Arnasoy, Tuzkon, Baliqli, Pistali ko‘llari va Aydar botig‘i bor. Iqlimi keskin kontinental. Soylik, yozda qurib qoladigan soy ko‘p. Nurota tog‘laridan oqib keladigan Ustixonsoy, Oqtoshsoy, Kattasoy, Chorvoqsoy va boshqalardan tog‘ etaklaridagi lyossli qiya tekisliklarni sug‘orishda foydalaniladi. Tuman hududida Nurota davlat qo‘riqxonasi va Biosfera rezervati qo‘riqxonalari tashkil etilgan.

1935-yil 9-fevral – Paxtachi tumani tashkil etilgan kun
Samarqand viloyati Paxtachi tumani. Viloyatning g‘arbiy qismida joylashgan. 1935-yil 9-fevralda Narpay tumani hududining bir qismida Paxtakor tumani nomi bilan tashkil qilingan. Maydoni 1,37 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar shuningdek, rus, tatar, qozoq, qirg‘iz, tojik,  koreys, ukrain  va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 1 shaharcha (Ziyovuddin), 8 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Ziyovuddin shaharchasi.

Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Qo‘shma va kichik korxonalar, 14 aksiyadorlik jamiyati, qurilish korxonalari mavjud. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i – paxtachilik. G‘allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shug‘illanadi. Sug‘oriladigan yerlarga paxta, don, poliz, sabzavot, beda, yem-xashak ekinlari ekiladi. 650 ga yaqin dehqon-fermer xo‘jaliklari bor. Tuman jamoa va xususiy xo‘jaliklarida qoramol, qo‘y va echki, parranda, yilqi boqiladi.

9-fevral – Xalqaro stomatologlar kuni
9-fevral  kuni  Xalqaro stomatologlar kuni nishonlanadi.  Bayram yildan yilga ommaviylashib bormoqda.  "Stomatolog”   -  mutaxassisligi juda qadimiydir. Birinchi bormashina prototipiga 9 ming yil bo‘ldi. AQSh va Fransiya olimlari ana shunday deb tasdiqlaydilar. Pokistonning Belujiston viloyatida  eramizdan avvalgi  7-5,5 ming yillarida yashagan odamlarning qoldiqlari  topilgan. Olimlar topilmalarning tishlarida hayot paytlarida  qilingan  diametri 1-3 millimetr va chuqurligi 3,5 millimetrgacha bo‘lgan  teshikchalarni ko‘rishgan.Ko‘p hollarda jag‘ning ichki tomonidagi  ildiz tishlarda egovlangan teshikchalar topilgan. Qadimgi "stomatolog”larning  bunday ishlarni zamonaviy vrachlar yuqori baholashadilar. "Stomatologlar kuni” bayrami stomatologlarning paydo bo‘lishiga  qaragandan  ancha keyin paydo bo‘ldi. Bayram tarixi eramizdan avvalgi III asrdan nishonlana  boshlandi. Agar afsonalarga ishonadigan bo‘lsak, bu bayram Muqaddas Appoloniya  kunida nishonlangan, faqat ibodat qilingan va tish og‘rig‘i to‘xtagan. Appoloniya  aleksandriya amaldori oilasida tug‘ilgan. Appoloniyaga  turli ayblar qo‘yilgan. Uni xristian dinidan voz kechishi uchun  qattiq qiynoqlarga solishgan. Uning tishlarini sug‘urib tashlashadi, bu ham qizning e’tiqodini sindirmaydi, shunda uni tiriklay yondirmoqchi bo‘lishgan. Appoloniya o‘zini olovga tashlagan. Bu voqea 249-yil 9-fevralda sodir bo‘lgan. Voqeadan odamlar  qattiq ta’sirlanganlar va natijada tillardan tillarga o‘tishiga sabab bo‘lgan. Shu tariqa Appoloniya haqida, tish og‘rig‘idan xalos qiluvchi afsona paydo bo‘lgan.

9-fevral Gresiyada "Apokries” bayrami
9-fevral kuni (2014-yil uchun sana) – Gresiyada uch haftalik karnaval o‘tkaziladi. Apokries – bu qadimiy grek an’anaviy bayramidir. An’anaviy xalq karnavallari    qadimiy   udum  - maskarad kiyimlarini kiyish udumi saqlangan  va qayta tiklangan  Gresiyaning  turli tumanlarida  o‘tkaziladi. Masalan, Patra, Ksanti, Serres, Nause, Grevena, Xios orolidagi shaharlarda karnaval yurishlaridan va bayram saylidan hamma larzaga tushadi. Bu tumanlarda mahalliy udumlar va an’analar saqlanib qolgan. Sparta, Xanti, Kefaliniy va boshqa shaharlarda ikki g‘ildirakli  maxsus aravalar namoyishi va karnaval liboslarida yurishlar o‘tkaziladi. Apokries bayramining eng avji payshanba  - "Siknopemti" kunidir, Buk uni greklar chiroyli liboslarda shahar ko‘chalariga chiqib, o‘yin-kulgu qilishadi. Greklar oshxonasida mo‘l-ko‘l dasturxonlar  tuzatiladi. Bu kuni  an’anaviy qovurilgan go‘sht iste’mol qilinadi. "Apokries" kunlarida  turli irim-sirimlar va alomatlar tiklangan, sho‘x qo‘shiqlar kuylashgan,teatrlashtirilgan sahnalar namoyish qilishgan, barcha yerlarda bazm va o‘yin –kulgu hukm surgan. Bayram kunlarida xalq ijtimoiy hayotdagi o‘rinlardagi farqlarni unitishib,  bayram kunlarida  ularga o‘z istak  va tuyg‘ularini bildirishga, hayotdan zavqlanishga imkoniyat  yaratilgan. Hozirgi kunda karnaval boshqa karnavallarga o‘xshash bo‘lib,odamlar niqoblarda, poqildoqlar  va turli-tuman qog‘oz lentalar bilan ko‘chaga chiqishadi. Bolalar va yoshlar turli maskarad liboslarini kiyishadi. Bu liboslarni har bir burchakda sotib  olish va ijaraga beriladi. Qadimda esa, bu bayram ancha xalqchil  tabiatga ega bo‘lgan. Maskarad kiyimini kiyganlar shaharning barcha dahalarini aylanishib, raqsga tushishadi. "Apokries” bayrami dushanba kunida yakunlanadi.Bayramda maskarad kiyimini kiyish udumi juda qadimiy bo‘lib, budparastlik bilan bog‘liq hisoblanadi.

9-fevral Rossiyada aeroflot kuni
1923-yil 9-fevralda Mehnat va Mudofaa yig‘ini "Fuqarolik aviatsiya yig‘ini ma’muriyati haqida” qonun, shuningdek "Havo flotining Asosiy boshqarmasiga havo yo‘llari ustidan texnik nazoratni  yuklatish to‘g‘risida”   qonun qabul qildi. Bu sana mamlakatning Fuqarolik havo floti tavallud topgan kuni hisoblanadi. Har yili Rossiyada fevral oyining ikkinchi yakshanbasida  Aeroflot kunini nishonlashadi. 2014-yili bu sana 9 fevrvlga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda milliy aviatashuvchi, mamlakatning fuqarolik aviatsiya peshqadami- Aeroflot kompaniyasi, aviatashuvchilikning  umumiy  to‘rtdan bir qismini amalga oshiradi. Yiliga kompaniya 7 mln.ga yaqin yo‘lovchilarni tashiydi. Dunyoning 47 mamlakatining 93 shahrida kompaniyaning xususiy reyslari amalga oshiriladi. Aeroflot kuni- mamlakatning fuqarolik aviatsiya va yirik aviatashuvchi kompaniyalarning bayrami, davlat transport vazirligi xodimlari tomonidan, aeroportlar, aviakompaniyalar va albatta birinchi o‘rinda Aeroflotda nishonlanadi.

9-fevral – Kanar orolida "Mardi Gras  b Santa Cruz” karnavali
9-fevral – har yili Kanar orolida "Mardi Gras b Santa Cruz” karnavali bo‘lib o‘tadi va bu bayram kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Karnavalga butun orol aholisi jalb qilinadi. Kanara orolida har kuni "Fiesta”lar o‘tkaziladi, bayramlarning barchasi milliy an’analar bilan boyitilgan. Kanar oroli aholisi bayramga o‘z xo‘jaligidagi barcha boyliklarni, oziq-ovqat mahsulotlaridan boshlab, qo‘ylar podasigacha olib borishadi va ular ham yurishda qatnashadilar. Kanar oroli musiqa merosining ramzi – "Timpl” asbobi bo‘lib, bu asbob orolga XV asrda qullar orqalikeltirilgan. Shundan keyin timpl keng tarqalib, hozirgi kunda Kuba va Lotin Amerika mamlakatlarida unda ijro etishadi. Turli bayramlarda shu asbob jo‘rligida  "isa”, "foila”, "taxaraste” raqslari  ijro etiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.