D - harfiga oid izohli lug`atlar
Davlat tili - biron mamlakatda
ish yuritish va maktabda o`rganish uchun majburiy bo`lgan til.
Dala — ochiq, keng tekislik joy; asosan boshoqli o`simliklar
o`sadigan dasht, chala cho`l; keng ekinzor yer. Shahardan tashqaridagi joylar ham
dala deyiladi.
Dalai dasht - keng, daraxtsiz ochiq tekis
joy.
Dalv (arabcha dalv - qovra) –
1) Zodiakdagi yulduzlar turkumi; osmonning janubiy yarim sharida; Dalvni MDHning
shimolida yoz va kuzda kurish mumkin; 2) Shamsiya (Quyosh yili)ning o`n
birinchi oyi, 22-yanvardan 21 fevralgacha davom etadi. Bu oyda Quyosh
osmon sferasida Dalv yulduzlar turkumidan o`tadi.
Dam suv - oqmas yoki juda
sekin oqadigan suv; hovuz, ko`l, ko`lmak.
Damba, ko`tarma - suvni vatqincha
yoki doimiy dimlab turadigan to`siq, inshoot. Suv oqimini yo`naltiruvchi Dambalardan
suvni istalgan tomonga yo`naltirish, suv oqimini me’yorga solish va daryo suvi
kamaygan paytlarda suv olish uchun foydalaniladi.
Dara - ko`pincha tog`larda qattiq tub jinslarni
daryo yuvishi natijasida hosil bo`ladigan tog` va chuqur soy, vodiy. Dara
ba’zan yer yuzasi yorilganda tektonik yo`l bilan ham vujudga keladi. O`zbekistonning
turli rayonlarida dara o`tish joyi va odam o`tishi uchun qo`yilgan maxsus qayiq.
Darband (tojikcha dar - eshik dara; band -
mustahkam, berk, tugun) - 1) ikki
tog` orasidan, daradan o`tgan yo`l. Surxondaryo viloyatidagi dara Darbandi Ohanin
(Temir Darvoza) deb atalgan. Dog`istondagi Darband shahri nomi ham shu so`zdan
olingan. 2) eski adabiyotlarda: chegara, had, ba’zan qal’a, chegaradagi istehkom.
Darvoza – tog`lardagi, sertepa
yerlardagi tog` yulak, vodiy; Amir Temur darvozasi, Temir darvoza va boshqalar.
Daryolarning oqimga ko`ndalang tog`larni kesib o`tishi natijasida hosil bo`ladi.
Ba’zan tektonik yoriqlarda vujudga keladi.
Daryo - tabiiy o`zandan oqayotgan suv.
Yog`in-sochin, buloq, muz va boshqa suvlarning
to`planib oqishidan hosil bo`ladi. Daryoning paydo bo`lishi uchun muayyan iqlimiy
va geomorfologik sharoit bo`lishi kerak. Masalan, o`rta kenglikda 250 mm, subtropiklarda 500 mm va tropiklarda 700-1000 mm yog`in yoqqanda daryolar hosil bo`ladi. Daryoda
uzluksiz suv oqib turishi uchun suv yig`iladigan havza va qiyalik bo`lishi
shart. Odatda, daryo nishabi yuqori oqimida kattaroq bo`lib, tez otsadi. Natijada daryo yuqori oqimida o`zanining
tagini, o`rta va quyi oqimlarida yon tomonlarini yemirib boradi. Quyi oqimida
suv keltirgan oqiziqlar qisman o`zan ostiga cho`ka boshlaydi.
Daryoda o`zan, qayir, terrasa (ko`hna qayir), vodiy va boshqalar bo`ladi.
Daryolar, odatda, suvayirg`ichdan ancha berida, yetarli miqdorda suv hosil bo`lgan
joydan boshlanadi, yo`l-yo`lakay o`ziga irmoqlarni qo`shib olib daryo sistemasini
hosil qiladi va biror ko`l yoki dengizga quyilib tugaydi. Ko`pincha daryoning
boshlanish joyi buloqlar, ko`llar, botqoqliklar va muzliklardan iborat bo`ladi.
Masalan, O`rta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi daryolar
muzliklardan, Rossiyadagi Neva, Svir va Angara singari daryolar, ko`llardan,
Belorussiya, Ukraina, G`arbiy Sibirdagi ko`pgina daryolar botqoqliklardan
boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli o`lkalardagi daryolar ko`pincha suvi bug`lanib
va qumlarga singib tugaydi yoki hamma suvi sug`orishga sarf bo`ladi, jumladan, O`rta
Osiyodagi daryolarning ko`pchiligi ma’lum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi
(Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi daryolar). Faqat o`lkaning
eng yirik daryolari - Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga yetib boradi. Biror
dengiz yoki ko`lga quyiladigan daryo bosh daryodir. Daryo sistemasida bosh daryoga
quyilgan daryo - soylar daryoning irmoqlaridir. Havzasining relyefi, o`zan va
vodiysining tuzilishiga ko`ra tog` daryolari va tekislik daryolari bo`ladi. O`rta
Osiyodagi daryolar, asosan, tog` daryolaridir; tez oqadi, serostona, vodiylari
chuqur, tog`, juda nishab, yirik-yirik xarsanglar, tosh va shag`allarni ko`chirib
ketadi. Bahorgi qissa, shiddatli yomg`irlarda, qor tez eriganda toshqinlar bo`ladi,
sel keladi. Tekislik daryolari keng o`zanda, sokin va ko`pincha ilon izi bo`lib
oqadi, tarmoqlarga bo`linib ketadi, o`zan va qayirlarda qum, gil yotqiziqlar qoldiradi,
marza, sayozlik tirsaklar hosil qiladi (masalan, Amudaryo va Sirdaryo o`rta va quyi
oqimlarida). Daryolarni gidrologiya fani o`rganadi. Xalq xo`jaligi uchun daryolarning
ahamiyati juda katta. Ulardan kema qatnovi, yog`och oqizish, suv omborlari, GES
qurish, sug`orish, sanoat va aholini suv bilan ta’minlash, botqoq, sho`r
yerlarning ortiqcha sho`r suvlarini oqizish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Daryo
yotqiziqlari ustidagi tuproqlar unumdor bo`ladi.
Daryo vodiysi - yer yuzasida uzunasiga cho`zilgan
qiyosan tog` soylik. Daryo vodiysi oqar suv ta’sirida vujudga kelgan bo`lib,
daryo oqadigan tomonga qiya va ko`pincha egri-bugri bo`ladi. Daryo vodiysi o`zan,
qayir, terrasa (ko`hna qayir), yon- bag`ir va tub qirg`oqlarga bo`linadi.
Daryo havzasi - biron daryo sistemasiga suv
keladigan hudud. Daryo havzasini ko`pincha daryoning suv yig`ish havzasi deb ham
ataydilar. Daryo havzasi yer usti va yer osti suvlarini o`z ichiga oladi. Daryo
havzalari bir-biridan suvayirg`ichlar bilan ajralib turadi.
Daryo oqimi - suvning tabiatda
aylanib yurish jarayonida daryo o`zanida oqadigan suv.
Daryo rejimi - havzasining tabiiy geografik
xususiyatlariga, birinchi navbatda iqlim bilan relyefga bog`liq ravishda
daryolarda suv oqish holatining qonuniy o`zgarishi.
Daryolarning suvdorligi - daryolar olib
kelib quyadigan o`rtacha yillik suv miqdori. Suvdorlik ko`p yillik o`rtacha suv
sarfi yoki ko`p yillik o`rtacha suv miqdori bilan ifodalanadi.
Daryoning suv sarfi - daryoning biror
qismida uning ko`ndalang qismidan muayyan vaqt (sekund, minut, soat, kun, oy,
yil) davomida oqib o`tgan suv miqdori. Oqim tezligini daryoning ko`ndalang
kesimi maydoniga ko`paytirish bilan aniqlanadi.
Darrandachilik - chorvachilik
tarmog`i, qimmatbaho
mo`yna va pant (bug`u shoxidan olinadigan modda) uchun mo`ynali hamda tuyoqli hayvonlar
urchitish bilan shug`ullanadi. Mo`yna olish uchun qora-kumush rang tulki, havo
rang qutb tulkisi, amerika norkasi, nutriya, sobol boqiladi. Ukraina, Sibir,
Uzoq Sharqda rivojlangan. Bug`uchilik Oltoy, Primoreda, Krasnoyarsk o`lkasi va Qozog`istonda
taraqqiy etgan.
Dasht – o`tlar bilan qoplangan
o`rmonsiz hudud. Dasht iqlimi cho`llarga nisbatan yumshoqroq bo`ladi. Dashtlar har ikkala yarim sharning mo`tadil
mintaqalarida uchraydi. Shimoliy yarim sharda materikning ichki qismlarida ayniqsa
keng tarqalgan. Yevrosiyoda O`rta Dunay pasttekisligidan boshlanib (Vengriya hududida
dasht pushta deb ataladi), Yevropa va Osiyo qismlaridan o`tib
Xitoygacha yetib boradi. Janubiy Amerikada dasht pampa, Shimoliy Amerikada preriya deb yuritiladi; Afrika va Avstraliyada ham dashtkar
uchraydi. Tog`larda tog` dashtlari bo`ladi. Dasht o`simliklari asosan ingichka
bargli boshoqlilar - chalov, betaga, chillakoyoq va boshqalardan iborat; tuproqlari
qora tuproq. Hozirgi vaqtda dastlarning ko`p qismi haydab ekinzorga
aylantirilgan.
Daxan, dahana – tog`li joylarda dara, tog` vodiy, tog` soy og`zi. Daxan odatda
tektonik uzilishlar natijasida yuvilishga chidamli qattiq jinslar yuzaga chiqib
qolgan yerlarda suvning chuqurlatish eroziyasi oqibatida vujudga keladi.
Deygish - Amudaryo quyi oqimida
g`ovak jinslardan tuzilgan qirroqlarning daryo yuvib turishi. Deygish vaqtida qirgoqlar qulab, ko`plab g`ovak tog` jinslarini suv oqizib ketadi. Eski Turtko`l shahri deygish tufayli
yuvilib, buzilib ketgan.
Delta - daryoning dengiz yoki ko`lga quyilish
joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil bo`lgan tekislik. Delta nomi yunon alifbosining
bosh harfi D - deltadan olingan. Deltada daryo quvi panjaga o`xshab ko`pdan-ko`p
tarmoqlarga bo`linib oqadi. Vaqt o`tishi bilan delta kengayib, dengiz
ichkarisiga kirib boraveradi. Ba’zi bir daryolarning deltalari bir necha ming kv. km ga yetadi.
Delyuviy (lotincha deluo - yuvaman) – yomg`ir va qor suvlari oqimi natijasida
qiyaliklardan yuvilib tushgan cho`kindilar. Delyuviy tog` etaklarida to`planadi,
qatlamlar hosil qilmaydi. Delyuviyda ko`pincha oltin, qalay, volfram va boshqa
me- tallarning sochilma konlari bo`ladi.
Demarkatsion liniya (fransuzcha demarkatsion - ajratish) - 1) Sulx
shartnomasi asosida doimiy chegara belgilanguncha urushayotgan davlatlarning
yarash vaqtida qo`shinlarini ajratib turadigan liniya (polosa); 2) yengilgan davlat hududini okkupatsiya
zonalariga ajratib turadigan liniya; 3) qo`shni davlatlar o`rtasida janjal hududida
vaqtincha belgilangan liniya.
Demografiya (yunoncha demos - xalq va grafo -
yozaman) - biror hudud, mamlakat, bir qancha mamlakat yoki dunyo aholisining holati
va undagi o`zgarishlarni o`rganuvchi fan tarmog`i. Demografiya aholining
joylashuvi va migratsion harakati, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa
xususiyatlarini ham o`rganadi.
Dengiz - okeanning bir qismi; Dengiz
okeandan quruqlik yoki orollar, yarim orollar va suv osti reylefining ko`tarilgan
joylari bilan ajralib turadi. O`zining geografik o`rni va kotlovinalarining
xarakteriga qarab quyidagilarga bo`linadi: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi
dengizlar va 3) chekka dengizlar. Materiklar orasidagi dengizlar juda chuqur bo`ladi.
Bularga O`rta dengiz, Avstraliya va Osiyo orasidagi dengizlar, Karib dengizi va Kizil dengiz kiradi. Materik ichkarisidagi dengizlar
biron materikning ichkarisida joylashgandir. Bularga Oq dengiz, Baltika
dengizi, Qora dengiz, Azov dengizi va boshqalar kiradi. Chekka dengizlar okean
va materiklarning chekkalarida bo`ladi. Bularga Barens dengizi, Kara dengizi, Sharqiy
Sibir dengizi, Chukotka dengizi, Yapon dengizi, Shimoliy dengiz va boshqalar kiradi.
Dengiz iqlimi - dengiz havo massalari ta’sirida
tarkib topgan iqlim. Dengiz iqlimi materiklarning dengizga yaqin qismlari,
orollar uchun xarakterlidir. Bu iqlim yillik harorat amplitudasining
kichikligi, sernam, serbulut va seryog`in bo`lishi bilan ajralib turadi. Dengiz
iqlimi sharoitida o`rmon landshaftlari ustun turadi.
Dengiz kemalari - dengizlarda yolovchi,
yuk tashuvchi (ko`mir tashigich, ruda tashigich, yogoch tashigich) kemalar,
neft tashigichlar (tankerlar), refrijeratorlar (xolodilnik kemalar), dengiz paromlari
va xilma-xil yuklar tashiydigan kemalar.
Dengiz oqimlari — dengiz va okeanlarning turli
qismlarida bosimning turlicha bo`lishi natijasida suv massasining harakatlanib
turishi. Dengiz oqimlari tufayli suv massasi almashib turadi, qirg`oqlar
yuviladi, cho`kindilardan yangi quruqliklar hosil bo`ladi, portlarning chuqurligi
o`zgaradi. Muzlar uzoq-uzoqlarga oqib ketadi. Dengiz oqimlari iqlimga ham
ta’sir etadi, masalan, Shimoliy Atlantika oqimi (Golfstrim) Yevropa iqlimini yumshatib
turadi. Dengiz oqimlari shamolniig dengiz yuzasiga ishqalanishi, dengizning
turli qismlarida harorat, sho`rlik va atmosfera bosimining turlicha bo`lishi,
suv sathining qiyalanishi natijasida hosil bo`ladi. Dengiz oqimlari barqaror
yoki o`zgaruvchan, doimiy yoki davriy, dengiz yuzasida yo chuqurrorida yoki
dengiz tubida, iliq yoki sovuq, chuchuk yoki sho`r bo`ladi. Eni bir necha o`n km, chuqurligi esa bir necha yuz m ga yetadi. Okean va dengizlarda
muayyan yo`nalishda oqadigan doimiy oqimlar bor. (Masalan, Shimoliy va Janubiy
passat oqimlari.) Ba’zi oqimlar musson shamollari ta’sirida hosil bo`lib, o`z yo`nalishini
mavsumlarga qarab o`zgartiradi.
Dengiz (okean) havzasi - dengizning o`zi va
quruqlikning dengizga yondashgan hamda yer usti, yer osti suvlari shu dengizga
oqib tushadigan qismi.
Denudatsiya (lotincha denudatsio
- ochilib qolish) - tog` jinslarining nurashi va relyefning manfiy (pastlik)
joylarida to`planishi. Eroziya (oqar suvlar), abraziya (dengiz va ko`l
suvlari), karst va suffoziya (yer osti suvlari), ekzaratsiya (muzliklar), deflyatsiya
(shamol) ta’sirida tog` jinslari bo`lakchalarining boshqa joylarga ko`chib
borishi denudatsiyadir. Denudatsiya natijasida tog` jinslari yemirilib,
ularning o`rnida pasttekisliklar yoki peneplenlar hosil bo`ladi. Chuqurliklar to`lib,
yer yuzasi tekislanadi.
Depressiya (lotincha depressio - ezish) - kelib chiqishi va
shaklidan qat’iy nazar, yer yuzasidagi har qanday pastlik joy; tog` ma’noda -
dengiz sathidan past botiq yoki soylik (masalan, Qoragiyo botig`i, Sariqamish
botig`i); tektonik Depressiya - yer po`stining egilgan va usti butunlay yoki qisman
cho`kindiga to`lib qolgan joyi. Masalan, Buxoro-Xiva depressiyasi (hozir bu
yerdan neft va gaz topilgan).
Deflyatsiya (lotincha deflyatsio
- puflash), - tog` jinslarining
shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqa joylarga ko`chishi.
Deflyatsiya cho`llarda ayniqsa kuchli bo`ladi.
Dehqonchilik - 1) qishloq xo`jaligining ekinlar yetishtirish bilan shug`ullanadigan muhim tarmog`i. Dehqonchilik dalachilik va bog`dorchilikdan iborat. Dalachilik ekin yetishtirish bilan shug`ullanib, yetishtiradigan ekinga qarab g`alla ekinlari, texnika ekinlari, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari yetishtiradigan xo`jaliklarga bo`linadi. Bog`dorchilik ikki tarmoqdan - mevachilik va uzumchilikdan iborat; 2) qishloq xo`jalik o`simliklarini yetishtirish usullarini o`rganuvchi fan (agronomiyaning bir bo`limi).
Diagenez(yunoncha dia - qayta va genezis – tug`ilish) - suv havzalari tagida g`ovak cho`kindilarning cho`kindi tog` jinslariga aylanishi.
Direksion burchak (lotincha direksio-yo`nalish) - topografik xaritalarda koordinatalar turidagi vertikal yo`nalishlar bilan berilgan nuqta yo`nalishi oralig`idagi burchak. Soat strelkasi yo`nalishi bo`yicha hisoblanadi.
Dislokatsiyalar (lotincha dislokatsio - siljish) - yer po`stidagi tektonik harakatlar natijasida tog` jinslarining dastlabki yotish holatining o`zgarishi.
Disproporsiya (lotincha dis – yo`q, emas va proporsio - mutanosiblik) - xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlari, bo`limlari (ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish va iste’mol buyumlari ishlab chiqarish) taraqqiyotida hamda xalq xo`jaligining turli tomonlari va qismlarida mutanosiblikning buzilishi; oqibatda ayrim sohalarda yoki umuman, iqtisodiyotda qayta ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar ro`y beradi.
Dovon (mo`gulcha daban) – tog`ning oshib o`tish qulay bo`lgan joyi. O`zbekistonda dovon so`zi bilan birga bel, oshuv atamalari ham ishlatiladi. Tarixiy manbalarda uchraydigan art, aqba, ko`tal so`zlari ham dovonning sinonimlaridir. Dovonlar orqali ko`pincha yo`llar o`tkaziladi. Masallan: Qamchiq dovonidan Toshkent-Qo`qon, Taxtaqoracha dovonidan Katta O`zbek trakti o`tadi va h.k.
Dovul - eng kuchli shamol. Tezligi 30 m/sek va undan katta bo`ladi. Dovul binolarga katta zarar yetkazadi, daraxtlarni sindiradi, elektr simlarini uzib ketadi va h. k. Dengizda kuchli to`lqin hosil qilib, kemalarning suzishini qiyinlashtiradi, hatto halokatga ham olib keladi.
Dolomit (fransuz mineralogi Dolome nomi bilan atalgan) - mineral. Kul rang, oq, sariq, och yashil bo`ladi. Metallar, kalsiy va magniydan tarkib topgan. Dolomit metallurgiya va kimyo sanoatida hamda qurilishda termoizolyatsiya materiallarini asbest va boshqalar bilan biriktiruvchi modda sifatida ishlatiladi. O`zbekistonda Chotqol, Nurota va Qurama tog`larida devon davri ohaktosh va marmarlari orasidan topilgan.
Domana, domon - har bir narsaning etagi, tagi, tog` etagi. Tarixiy yodgorliklarda, masalan, «Bobirnoma»da domana tog`, yonbag`ri, tog` etagi ma’nosida ko`p uchraydi.
Dominion (lotincha dominium – mulk, hokimiyat) - Britaniya imperiyasining o`zini o`zi idora qiladigan yarim mustaqil davlatlarini anglatadigan atama. Dominionlar ichki siyosat masalalarida mustaqil bo`lib, ularning huquqi o`zgarib turgan. 1926- va 1930-yillardagi imperiya konferensiyalari dominionlarning ichki va tashqi siyosat masalalarida metropoliya bilan teng huquqligini e’tirof etgan. Shunga qaramay, 2-jahon urushiga qadar dominionlarning tashqi siyosati metropoliya nazorati ostida bo`lgan. 40-yillar oxiridan boshlab dominion atamasi o`rniga Hamkorlik a’zosi atamasi ishlatila boshladi.
Don-dukkakli ekinlar — dukkakdoshlarga mansub o`simliklar. Asosan doni uchun o`stiriladi. 60 dan ortiq turi bor: nuxat, nut, mosh, soya, yeryongoq, burchoq, yasmiq va boshqalar. Don-dukkakli ekinlar donida oqsil, vitaminlar ko`p, soya va yeryongoq tarkibida esa yog` ko`p. Don-dukkakli ekinlarning yetilgan doni, dumbul dukkagi, chala pishgan ko`k doni iste’mol qilinadi. Pishgan doni qishloq xo`jaligi hayvonlari uchun yem tariqasida, yog` (soya, yasmiq) tayyorlashda dam ishlatiladi. Poxol va to`poni hayvonlarga beriladi. Don-dukkakli ekinlar ildiz tuganagidagi bakteriyalar orqali havodagi sof azotni o`zlashtirib, tuproqni azotga boyitadi.
Donli ekinlar - eng mudim g`alla ekinlari, asosiy oziq-ovqat mahsuloti, chorva mollari uchun yem, shuningdek qog`oz sanoati uchun xomashyo beradi. Barcha ekinlar ichida maydoni va yalpi mahsuloti jihatidan birinchi o`rinda turadi. Donining tarkibi va mahsuloti iste’mol qilinishi jihatidan uch guruhga: g`alla (don) ekinlari, don-dukkakli va moyli don ekinlariga bo`linadi. MDHda bug`doy, javdar, arpa, so`li, makkajuxori, sholi, tariq ayniqsa ko`p ekiladi. Donli ekinlar rivojlanishi va o`suv davrining uzun-qissaligi jihatidan kuzgi va bahorgi ekinlarga bo`linadi.
Dorivor o`simliklar - odam va hayvonlarni davolash, turli kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladigan giyohlar. Hozirgi vaqtda yer yuzida dorivor o`simliklarning o`n mingdan ortiq turi ma’lum. Mingdan ortiq donli ekinlarning kimyoviy tarkibi va xossalari aniqlangan. O`zbekistonda donli o`simliklarning 580 ga yaqin turi mavjud. Bulardan anor, achchiqmiya, bodom, gulxayri, yong`oq, jag`-jag`, isriq, kiyiko`t, omonsora, bargizub, pista daraxti, sachratqi, choyo`t, yantoq, qoqi o`t va boshqalar ayniqsa keng tarqalgan.
Draga - suv ostidagi sochilma konlardan oltin, platina, qalay va boshqalarni kavlab chiqaradigan va yuvib tozalaydigan suzib yuruvchi inshoot. Qum jinslari ichidan olinadigan sof metallarning 90-95% i, boshqa xil minerallarning 80-90% i draga yordamida qazib olinadi.
Dreyf oqim - suv yuzasiga to`lqinning orqa qismiga shamol urilishi natijasida okean va dengiz suvi ustki (100-200 m) qatlamining harakatga kelishi, oqishidan hosil bo`ladigan oqim.
Dreyf (gollandcha driyfen - haydamoq, suzmoq) - suzib ketayotgan kemaning shamol va oqimlar ta’sirida surilib ketishi; muz dreyfi - dengizdagi muzning shamol ta’sirida sekin siljishi.
Drenaj (inglizcha dreyn - quritish) – sho`r yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish, to`qay va zax yerlarni quritish uchun qilingan zovur va quvurlar sistemasi.
Dunit - yer po`stining chuqur qismida paydo bo`lgan magmatik tog` jinsi. Asosan yashil rangdagi donador olivin mineralidan iborat bo`lib, tarkibida xromli temirtosh (xromit) dam uchraydi. Xrom va platina konlari dunit bilan bog`liq. O`zbekistonda Tomdi tog`larining janubi-g`arbiy qismida dunit topilgan.
Duoba (tojikcha du - ikki, ob - suv) - ikki soy, daryo quyilgan joy.
Duragaylar - turli irqlarga oid kishilar nikohidan bo`lgan avlod. Masalan, Amerikada oqlar bilan indeetslarning nikohidan tug`ilgan avlod duragaylar deyiladi.
Dyuna (nemischa) - shamol tuplafan qum tepalar. Dengiz, daryo, ko`llarning to`ziydigan qumli sohillarida paydo bo`ladi. Dyunaning shamolga qaragan tomoni sal qiya, teskari tomoni tik bo`ladi. Balandligi 10-30 m, ba’zan 300 m ga yetadi. Dyuna shamol ta’sirida yiliga bir necha m siljib turishi mumkin. Shamolga ro`para tomoni uzun va oldidagi tik tomoni do`mboq bo`lishi bilan dyuna cho`ldagi barxanlardan farq qiladi.
Do`l - muz donalari ko`rininishidagi yog`in. Yilning iliq vaqtlarida yomg`irli to`p-to`p bulutlardan yog`adi. Kattaligi 15-20 sm gacha yetadi. Odatda, momaqaldiroq bo`lib turgan paytda jala bilan birga yog`adi. Do`l kuchli konvektiv oqimlar natijasida bulutlarning o`ta sovishi tufayli ayrim tomchilarning muzlashidan vujudga keladi. Muzlagan tomchilar ustiga boshqa tomchilar yopishib muzlashi natijasida do`l donalari yiriklashadi. Do`l xalq xo`jaligiga katta ziyon keltiradi: ekinlarni, tokzorlarni, bog`, chorva mollarini nobud qiladi. Do`lga qarshi kurashish uchun bulutlarga raketalar yoki snaryadlar yordamida maxsus reagent (odatda, qo`rg`oshin yodid, kumush yodid kukuni) yuboriladi.
Do`ng - baland yer, kichik tepa, uzun cho`zilgan qir.
Do`ng qum - o`simliklar bilan mustahkamlangan yoki chala mustahkamlangan tepa, qator tepa shaklidagi qumlar. O`simliklar atrofida shamol sekinlashib, qum to`planishidan hosil bo`ladi. Do`ng qumlar, odatda, chuchuk yoki sho`rtob yer osti suvlari 3 m dan 5 m gacha chuqurlikda bo`lgan joylarda vujudga keladi. O`rta Osiyoda Qizilqum, Qoratqumda, Qoralqalpoq qumida ko`proq uchraydi.

Dayka– magmani yerdagi yoriqlarni to`ldirib, qotib qolgan shakli.
Damba– suvni vaqtincha yoki doimiy damlab turuvchi ko`tarma to`siq.
Daryo– tabiiy o`zanda oqayotgan suv. Yog`in sochin va boshqa suvlarni to`plab past joylar tomon oqa boshlashdan hosil bo`ladi.
Daryo yotqiziqlari – daryo va soylarning qirg`oqlarini yuvish, yangi o`zanlar ochish natijasida hosil bo`lgan yotqiziqlar.
Daryo transporti – ichki daryo, ko`l va suv omborlarida yuk va yo`lovchi tashiydi.
Daryo havzasi – biron daryo sistemasiga suv keladigan hudud daryo suv yig`ish havzasi deb aytiladi.
Dasht–kserofil- qurg`oqchilikka ancha chidamli o`simliklar o`sadigan joylar. Cho`lga nisbatan biroz salqin.
Daryo nishabi – daryo boshlanadigan joyning uning quyiladigan joydan qancha metr past balandligi.
Delta– daryoning dengiz yoki ko`lga quyilish joyida suvga oqib kelgan jinslardan hosil bo`lgan tekislik. Delta nomi yunon alifbosining bosh harfi – deltadan olingan.
Dengiz– okeanning bir qismi. Dengiz okeandan quruqlik yoki orollar, yarim orollar va suv relyefining ko`tarilgan joylari bilan ajralib turadi.
Dengiz yotqiziqlari – dengiz va okean tubida hosil bo`lgan toqiziqlar. Daryo oqizib kelgan jinslardan, organik hamda vulqonogen yotqiziqlardan iborat.
Dengiz zilzilasi – dengiz ostida va sohil yaqinida yer silkinishi, qimirlashi. Buning natijasida dengiz va okean suvlari qattiq to`lqinlanadi sunamilar vujudga keladi.
Dengiz oqimlari – dengiz va okeanlarning turli qismlarida bosimning turlicha bo`lishi natijasida suv massasining harakatlanib turishi.
DES– dizel elektr stansiyasi – dizel dvigateli bilan harakatlanuvchi bir yoki bir necha elektr toki generatorlari bilan jihozlangan energetik qurilma.
Dinas– issiqqa chidamli g`isht tarkibida 93% gacha kremnezyom bo`ladi.
Diorit– yerni chuqur qismida to`la kristallanib qotgan magmatik jins.
Diyegarmonik bukilmalar – shakli va tarkibi turlicha tog` jinslarida bir vaqtda paydo bo`lgan bukilmalar birikmasi.
Dovon– tog`larning o`tish qulay bo`lgan joyi.
Dovul– yer atmosferasidagi eng kuchli shamol, tezligi 30 m/sek dan katta bo`ladi.
Domna pechi – temir rudalaridan cho`yan olinadigan shaxta pech.
Dreyf oqimi – suv yuzasiga shamol urulishi va to`lqinning orqa qismiga shamol bosishi natijasida okean va dengiz suvi ustki qatlamining harakatga kelishi.
Drenaj– sho`r yuvish, sizot suvlarni sathini pasaytirish.
Dunyo vaqti – dosh meridiandan mahalliy o`rtacha quyosh vaqti u yarim tundan boshlanadi.
Dunit– yer po`stining chuqur qismida paydo bo`lgan, asosan, olivian mineralidan iborat o`ta asosli donador magmatik jins.
Do`l– jipslashgan muz zarrachalari ko`rinishidagi yog`in. Yilning iliq vaqtlarida to`p-to`p bo`lib yuradigan yomg`ir bulutlaridan yog`adi.
Daryo manbai – daryo boshlanadigan joy.
Daryo mansabi – daryolarni okean, ko`l, dengizlarga quyiladigan joyi.
Daraja to`ri – Yer yuzini to`rga o`xshab qoplab olgan tutash chiziqlar.
Diversifikatsiya – korxona (birlashmalar) ning sohalari va ishlab chiqaradigan maxsulotlari turini kengayishi, yangilanib turishi.
Dasht - o`t o`simliklari o`sadigan o`rmonsiz tekis yerlar. Uni G`arbiy Yevropada Pushta, Janubiy Amerikada Pampa deb atashadi.
Delta - daryolarning dengizga yoki ko`lga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslarning cho`kib to`planishidan hosil bo`lgan relyef shakli. Delta atamasi Nil daryosining quyar joyidagi Delta deb ataladigan joy nomidan olingan.
Denudatsiya - yer po`stidagi tog` jinslarining suv, shamol, muzliklar va boshqalar ta`sirida yemirilishi va yemirilgan massuvlarning bir joydan olib ketilib, ikkinchi joyga yotqizilishi.
Dyuna - shamol keltirib to`plagan qum tepalari.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.