Zilzila bashorati 

6 347

Zilzila bashorati deganda berilgan muddat ichida boʻlajak zilzila va xususan, berilgan mintaqadagi kelasi kuchli zilzilaning sodir boʻlish vaqti, joyi va magnitudasini oldindan aytib berish tushuniladi. Bunda zilzilani taxmin etish amaliyoti tushunilmasligi kerak, chunki taxminlash berilgan mintaqada kelajak bir necha yil ichida zilzila sodir boʻlishi ehtimolligini aniqlash boʻlib, aniq natija berishni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻymaydi. Zilziladan ogohlantirish tizimi ham zilzila bashorati emas, chunki bunday tizim zotan sodir boʻlgan zilzilani qayd etib, u qoʻshni mintaqalarga yetib borgunicha ularni bir necha soniya oldindan ogohlantirish uchun ishlatiladi.
 Foydali boʻlishi uchun zilzila bashorati tayyorgarlik koʻrish va faoliyat toʻxtatilishiga ketadigan sarf-xarajatlar bekor boʻlmasligini kafolatlaydigan darajada aniq boʻlishi lozim. Aks holda soxta bashoratlar nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki shunday bashoratga ishonchni kamaytirib, samarasiga jiddiy putur yetkazadi.
 1970-yillarda olimlar orasida zilzilalarni bashorat etish metodi alal-oqibat ishlab chiqilishi mumkin, degan nekbinlik kuchaygan edi, biroq 1990-yillarga kelib davom etayotgan muvaffaqiyatsizlik koʻp olimlarni zilzilani bashorat qilishning umuman iloji bormi, degan savolga olib keldi. Bugunda ayrim olimlar yetarli resurslar bilan zilzilalarni bashorat qilish mumkin, deyishsa, boshqa olimlar bunday bashoratlarni amalga oshirishning hech qanday iloji yoʻq, degan fikrda.

O'zbekiston shaharlarining seysmik faolligi 

Hudud Ball Hudud Ball
Andijon 9 Buxoro 7
Uchqo'rg'on 9 Guliston 7
Angren 8 Jizzax 7
Gazli 8 Kattaqo'rg'on 7
Marg'ilon 8 Kitob 7
Namangan 8 Sirdaryo 7
Olmaliq 8 Termiz 7
Samarqand 8 Urganch 7
Toshkent 8 Yangiyo'l 7
Farg'ona 8 Qarshi 7
Chirchiq 8 Nukus 6
Bekobod 7 Qo'ng'irot 5
 Hususiy uy-joy qurilishida ham maydonning holatiga katta e’tibor berish lozim. Shuning uchun ham xususiy uy-joy barpo etishda qurilish-arxitektura bo`limlari mutaxassislari bilan maslahat qilingan holatda ish yuritish maqsadga muvofik. Zero, xavfsiz hayotni ta’minlash avvalo o`zimizdan va har birimizning xonadonimizdan boshlanadi. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, biz seysmik xavfni kamaytira olmaymiz, lekin uning oqibatida yuzaga keladigan tanglik va qurbonlar sonini  anchaga  kamaytirishimiz mumkin. Bu borada seysmik bardoshlik inshootlari qurilishi sohasi muhandislarining mas’uliyati juda katta. Ular bir vaqtning o`zida ham loyihalovchi, ham quruvchi va zilzila bo’yicha mutaxassis bo’lishlari kerak. Bu jarayonda oddiy quruvchidan tortib hukumat rahbarigacha o`z mas’uliyatini his qilishi shart.
  Quruvchilar - yuksak sifatga ega bo’lgan material va ishni ta’minlash; arxitektorlar va rejalashtiruvchilar - qurilayotgan turar joylar xavfli zonalardan, yer uzilmalari, tik qoyalar, jarli va botqoq joylarga tushib qolmasligini kuzatish; uy egalari xonalarni kayta uzgartirishga, uzboshimchalik bilan ish yuritishga yul kuymasliklari; xukumat rahbarlari esa qurilish me’yori, xavfsizlik hujjatlarini tayyorlash va ijro nazoratini qat’iy ta’minlashlari kerak.
  Har bir mahalliy hokimiyat qoshida hozirgi zamon talabiga javob beradigan qutqaruv xizmati (tibbiy, yong`indan, jamoat tartibini saqlash va b.) xodimlarini tabiiy ofatlardan keladigan zararni kamaytirishga bag`ishlangan mavzular asosida qayta tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 
  Zilzila keltirgan talofatlarni kamaytirishda yana nimalarga e’tibor berish lozim?
Zilzilagacha:
1. Seysmik bardoshli inshootlarni loyihalashtirish. Binolarni zilzila kuchiga bardoshli qilib loyihalashtirish shart.
2. Mavjud inshootlarni mustahkamlash. Eski va zaif inshootlarda buzilish xavfi oldini olish uchun mustahkamlash ishlari olib borilishi shart.
3. Qurilish qoidalari va me’yorlari. Insonlar xavfsizligini ta’minlovchi  puxta o`ylangan me’yorlar ishlab chiqilishi va amal qilinishi shart.
4. Hududlarni seysmik rayonlashtirish va yerdan foydalanishni rejalashtirish. Seysmik xavfning manbai bo’lgan, yer uzilmalari, kuchki tarqalgan maydonlarda qurilish ishlari bo`lmasligi qat’iy ma’n etilishi lozim.
5. Tabiiy ofatga tayyorgarlik.  Qutqaruv xizmati tayyorgarligi kuchaytirilishi va xavf yuzaga kelgan paytda harakat qilish rejalari ishlab chiqilishi lozim.
6. Aholiga ta’lim berish va mashq qildirish. Insonlar zilzila haqida ma’lumotga ega bo’lishlari va doimo tayyorgarlik choralarini ko`rib qo`yishlari shart.
7. Sug`urta qilish. Sugurta tizimi zilziladan talofat ko`rgan ob’ektlarni moddiy ta’minlanish kafolatini berishi lozim.
8. Oldindan aytish va ogohlantirish.Aloqa vositalaridan umumiy holatda berilgan ma’lumot asosida aholini dastlabki tayyorgarligini zudlik bilan amalga oshirish lozim. 
Zilziladan so`ng:
1. Qutqaruv xizmati. Malakali mutaxassisga ega bo`lgan xizmat ko`rsatish bo`limlari shikastlanganlarga tez yordam ko`rsatishi, yong`inni nazorat qilishi, jamoat tartibini saqlashi va me’yoriy turmush tarzini tiklashlari shart.
2. Insonlarning mustaqil harakati.Har bir kishi nafaqat o`zi to’g’risida, balki boshqalar to’g’risida ham qaygurishi va yordam berishi lozim.
3. Qurilish tashkilotlari. Tegishli tashkilotlar elektr manbai, suv tarmog`i, transport harakatini tiklash bo’yicha keng ko`lamli ishlarni amalga oshirishlari lozim.
4. Moddiy yordam. Zilzila talofatidan aziyat chekkan insonlar, aholi o`rtasida hukumat yordami bir xilda bo’lishini ta’minlashga erishish lozim.
5. Ijtimoiy yordam va axloqiy tavsiya. Jamoat tashkilotlari ayrim yoki bir guruh shikastlanganlarga yordam ko`rsatish, kuchli qo`rquv va vahima holatiga tushib qolgan insonlarga yaqindan maslahat va tavsiya berishlari shart.
  Shuni unutmasligimiz kerakki, hukumat tomonidan qanchalik dolzarb qarorlar qabul qilinmasin, «qutqaruv xizmati»  malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika bilan ta’minlanmasin, fuqaro muhofazasi siyosatiga, respublika aholisi, ayniqsa vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari yoppasiga tayyorgarlikdan o`tmasa, bu tadbirlardan kutilganidek natija va eng muhimi xavfning oldini olish, undan keladigan zararni kamaytirish juda mushkuldir.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.