Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar
Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi,
tabiatning xavfli holatlari, ofatlari, ishlab chiqarish korxonalaridagi avariyalar,
og’ir oqibatlarni yuzaga keltiruvchi insonlar tomonidan ekologik holatlarning o’zgarishiga
sababchi iqtisodiy faoliyatlari oqibatida, katta masshtabdagi harbiy nizolar, butun
jahon jamiyatiga katta zarar yetkazadi.
Tabiiy ofatlar
deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi.
U kutilmaganda ro’y berib moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Shu bilan birga odamlarning
halok bo’lishiga olib keladi. Bunday holatlarda turli ko’rinishdagi favqulodda vaziyatlar
yuzaga keladi.
Favqulodda
vaziyatlar yuzaga keltiruvchi sabablarni o’rganishda mavjud kriteriyalarga asoslanadi,
ya’ni: avariya yoki tabiiy hodisalar yoki portlashlar, radioaktiv chiqindilar tashlash
miqdori hisobga olinadi. Har qanday boshlang’ich
holatda yuzaga kelgan texnogen yoki tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hisoblanadi.
Favqulodda
vaziyatlar halokatlarini moddiy zararlarni odamlarni halok bo’lishlari va boshqa
kelib chiqadigan holatlarini o’lchov birligi kriteriyasiga asoslanib oldindan tahlil
qilinadi.
Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi.
Favqulodda
vaziyatlar klassifikatsiyasi kelib chiqishiga, davom etishiga, keltiriladigan zararlarga,
aholi joylashishiga qarab tuziladi.
Favqulodda vaziyatlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
1. Texnogen.
2. Tabiiy.
3. Ijtimoiy-biologik.
4. Ijtimoiy.
5. Iqtisodiy.
6. Harbiy tusdagilarga bo’linadi.
Texnogen favqulodda vaziyatlar quyidagi
sabablarga ko’ra yuzaga keladi: ob’ektlar konstruksiyalashda kamchiliklarga yo’l
qo’yishdan, yaroqsizligi sababli, ishlovchi xodimlarni texnika xavfsizligiga sust
tayyorlashdan.
Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlar atrof muhitni zararlashi yoki zarar
yetkazmasligi mumkin. Atrof-muhitga zarar keltiruvchi texnogen avariyalar ishlab
chiqarish korxonalaridan radioaktiv, kimyoviy chiqindilar tashlashdan kelib chiqadi. Texnogen xarakterdagi favqulodda
vaziyatlar yana atrof-muhitni elektromagnit zararlanishi kiradi. Atrof-muhitni zararlamaydigan
texnogen favqulodda vaziyatlarga binolarni portlashi, yong’inlar, binolarni qulashi,
kommunikatsiyalarini buzilishi vash u kabilar kiradi.
Tabiiy
xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi sabablari
Tabiiy
ofatlar natijasida, ichki va tashqi tabiiy ofatlar
sababidir. Yerning ichki jarayoni fizik va mexanik qatlamlar holatiga bog’liqdir.
Magnit maydonda magmatik va tektonik faollik vulqon va yerning seysmik holati
kuzatiladi. Bu sodir bo’ladigan jarayonlar o’z navbatida biomaydonda falokatlar
yuzaga kelishini yuzaga chiqaradi.
Geofizik
harakatlar xavfi bilan bog’liq tabiiy hodisalarga - zilzila, vulqonlarning otilishi kiradi. Rossiya
hududida 7 balli zilzilalar 7% ni, 8-9 balli 6%ni (Kamchatka, Saxalin va b.) 20
mln.dan ortiq Rossiya aholisi vayronagarchilik keltiruvchi zilzila bo’ladigan hududlarda
yashaydilar. Deyarli yarim (50 yil) asr MDH hududida ko’plab yirik zilzilalar bo’lib
o’tdi. 1948-yil Ashxobodda 110000 odam o’lgan; 1966-yil Toshkentda shahar butunlay
vayron bo’lgan; 1988-yil Armanistonda 25000 dan ortiq aholi o’lgan, 55000 ziyodi
jarohatlangan, 1995-yilda Saxalin viloyatida zilzilada 3000 ta aholidan 1841 kishi
o’lgan. Rossiyada vulqonlarni yuzaga kelishi
Kuril va Kamchatkada kam sonli hududlarda nazorat qilib turiladi. Geologik
o’ta xavfli hodisalarga, sel, ko’chki va lavalar kiradi. Bu kabi tabiiy hodisalar
Uralda, Sibir va kavkazda ko’proq kuzatiladi. Meteorologik va agromateorologik tabiiy
hodisalarga shamol chiqaruvchi bo’ron, dovul ko’chki; kuchli yog’in 50 mm li namlik
12 soat va undan oz vaqtda; kuchli qorbo’ronlar, kuchli muzlamalar kiradi.
Yer
qimirlashi sodir bo’lganda favqulodda holat rejimida aholi va hududlarni himoya
qilish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.
1.
Yer silkinishlari tugagandan so’ng fuqaro muhofazasi organlari tomonidan mavjud
holat baholanadi, vayronalar hajmi va xarakteri aniqlandi, oqibatlarini bartaraf
etish uchun takliflar tayyorlanadi.
2.
Fuqaro muhofazasi boshlig’i yer qimirlashlarining
oqibatlarini bartaraf etish uchun qaror qabul qiladi va favqulodda holatni e’lon
qiladi.
3.
Aholi vayronalar xarakter iva ularni bartaraf etish uchun choralar haqida xabardor
qilinadi. Axborot radio va avtomashinalar yordamida grammafon orqali xabardor qilinadi.
4.
Yer qimirlashi oqibatlari bartaraf etish o’sha zahoti barcha kuch va vositalari
yordamida boshlanadi.
Avariya-qidiruv
ishlari tashkil etiladi, shuningdek yong’inni oldini olish, lokalizatsiyalash va
ularni o’chirishga qaratilgan ishlar boshlanadi.
Kuchli
yer qimirlashlari paytida tabiiy ofat hududidagi
fuqaro muhofazasi mavjud ma’muriy-hududiy bo’linishga muvofiq rayonlar bo’yicha
tashkil etiladi, ularni boshqarish esa fuqaro muhofazasining operativ guruhlari
yoki u tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlar bartaraf etish boshliqlari tomonidan
amalga oshiriladi. Zarur paytda ular mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari mumkin, evakutsatsiya tadbirlarini
o’tkazish, korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi holati, RF qonunlariga asosan
favqulodda vaziyat hududida aloqa xizmatlaridan, transport va boshqa buyumlarni ishlatish tartibi, favqulodda
vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga shtatdan tashqari va jamiyat tuzilmalarini
hamda ixtiyoriy ravishda aholini jalb etish.
Zilzila
- tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga
ko`ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy
ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi.
Avvalo, zilzila to’g’risida mukammal ma’lumotga ega bo’lish uchun o’tmishda
va hozirda bo’layotgan zilzilalarning statistik ko’rsatkichlariga e’tibor bersak.
Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib, shu
vaqt mobaynida 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. Shulardan 82 tasi XX asrga
to’g’ri keladi. Zilzilalarning davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak bir yilda
8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7 dan 7,9 balli - 18 ta; 6 dan
6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar ko’proq
uchraydi, ya’ni 3-4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan.
XX asrning oxirlaridagi yirik zilzilalardan Iroqdagi (1990-y.) - 50 ming kishi; Turkiyadagi
(1999-y.) 45 mingdan ortiq odam
shikastlanganligining o’zi tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan zilzila nechog`lik katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.
Tabiatda zilzilaning sodir bo`lish davriyligi bir necha o`n yillarni qamrab
olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u sodir bo`lganda qisqa (10-15 sek) muddat
ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga
ega. Shunga qaramasdan kishilar bunday xavf oldida esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini
bartaraf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga oshiqadilar va xarobalar o’rnida
yanada zamonaviyroq maskanlar barpo etadilar.
Aksariyat hollarda zilzila bo’lib o’tgandan so’ng xavf to’g’risidagi tasavvurimiz
keyingi zilzilagacha so’nib boradi. Ya’ni faqat zilzila sodir bo’lganidagina unga
tayyorgarlik ko’rish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida o’ylab
qolamiz. Vaholanki, O’zbekiston zamini yuqori seysmik faollashgan zonada bo’lganligini
e’tiborga olgan holda zilzila to’g’risida aholiga yetarli ma’lumot berishning o’zi
shu xavfning oldini olish borasida bajarilishi lozim bo’lgan tadbirlarga katta hissa
qo’shishga olib keladi.
Muammoning muhimligiga Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ham e’tibor
berib shunday yozadilar: «O’zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan bo’lib,
tabiiy falokatlarning achchik oqibatlarini bir necha bor boshdan kechirgan. Shu
sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning yetakchi yo’nalishlaridan biri seysmologiya
va inshootlarning zilzilaga bardoshligi bo’yicha nazariy va amaliy ishlar hisoblanadi. Shu maqsadda zilzilaning paydo bo’lishi, tarixi va xozirgi vaqtdagi geografik
o’rni to’g’risida batafsil ma’lumot beramiz.
Avvalo, zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda
mukammal o’rganilgan bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda,
qanday kuchlanishda yer silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob berolmayapti.
Muammoning o’ziga xos ob’ektiv sir-sinoati va hali mavhum tomonlari mavjud. O’ylaymizki,
bu savollarga XXI asrda albatta, javob topiladi.
Ilmiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, seysmik faollik kuzatiladigan
joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyat asosida bo’lib, o’z davriyligiga ega ekanligiga
amin bo’lamiz. Masalan, Vatanimiz hududida Burchmulla – 1959-yil, Toshkent
-1966-yil 26-aprel, Gazli- 1976-yil, Nazarbek - 1986-yil, v.b. Ayniqsa, Toshkent
zilzilasining daxshati hali ko’pchilik aholining yodidan ko’tarilgani yo’q.
Bir necha daqiqada shaharni chang-tuzon bosib, ko’pgina xalq xo’jaligi ob’ektlari,
turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O’sha vaqtdagi aniq asboblar tabiiy ofatning
kuchini Rixter shkalasi bo’yicha 8 ball, magnitudasi 5,3; zilzila uchog’i Yer yuzasidan
8000 metr chuqurlikda ekanligini ko’rsatdi.
Toshkent zilzilasigacha va undan so’ng respublikamizning turli burchaklarida
xar xil kuchga ega bo’lgan zilzilalar sodir bo’lgan va bo’lmoqda.
Zilzilalarni o’rganishga, sir-sinoatlarini yechishga umrini baxshida qilgan
olim, akademik B.Golitsin «Zilzilalar yer bag`rini bir lahza yorituvchi chiroqqa
o`xshaydi», deb bejiz ta’kidlamagan.
Shubhasiz, zilzilalar qanchalik daxshatli bo’lmasin ular zaminimizning ayrim
jumboqlarini yechishga, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo’shadi. Binobarin, zilzilalarni
xavfsiz hayot kechirishimizda, ulardan keladigan zararni kamaytirish bo’yicha doimo
xushyorlikka chorlovchi tabiiy qo’ng’iroqlar deb qarash mumkin.
Yer silkinishlar
va uning oqibatlari.
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi
va daxshatlisi bu-yer silkinishidir. Yer sikinishi-yer osti zarbasi va yer ustki
qatlamining tebranishi bo`lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga
keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo`lish uchog`i, yerning ostki qatlamidagi uzoq
vaqt yigilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Uchoqning ichki
qismi markazi gipotsentr deyiladi, yerning ustki kismidagi markazi epitsentr deyiladi.
Yer silkinishi yuzaga kelish
sabablariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Tektonik zilzilalar;
- Vulqon zilzilalari;
- Ag`darilish, o’pirilish zilzilalari;
- Texnogen (insonning muhandislik
faoliyati bilan bog`lik) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi
turlari ichida katta maydonga tarqaladigan va eng ko’p talofat keltiradigani tektonik
yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o’ramlarida
bo’ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi.
Qiya sathlarida tog jinslarining
katta bo’laklarini ag`darilishi, yoki tog`larning o’pirilishi natijasida yuzaga
keluvchi yer silkinishlar ag`darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishning
tarqalish maydoni kichik, ko’p hollarda talofotsiz bo’ladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi
magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog`liq bo’lgan yer silinishiga
vulqonli yer silkinishi deyiladi. Bunday yer silkinishi vulqonning faollanishi bilan
bog`liq bo’lganligi sababli aksariyat ko’p hollarda ular aniq bashorat qilinadi.
Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli bo’lmaydi.
Insonning muhandislik faoliyati
bilan bog`liq bo’lgan yer silkinishlari asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga
kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni
amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson o’zining muhandislik faoliyati
bilan yer osti kompenentlari gap muayyan ta’sir etishi, u yoki bu darajada o’zgartirishi
yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Daryo vodiylariga tug`onlarning qurilishi natijasida maydonni bir necha ming
km, kvadrat hajmi bir necha yuz km, kubdan katta bo’lgan (masalan, Chorvoq suv omborining
umumiy hajmi 2,1mld. M.kub, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga
kelmoqda. Yer ka’rida 4000-5000 m chukurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga surib
chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan ko’mir ana shu
yer qa’rida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida ba’zan
yer osti g`orlariga, handaklariga va tog` jinslari g`ovaklariga gaz, neft mahsulotlari
yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan
chiqarib olinmoqda. Yer ka’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig`ilayotgan energiya
miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bo’lgan yer
silkinishlari Hindiston, AQSh, O’zbekistonda kuzatilganligi fandan ma’lum. Jumladan,
Chorvoq suv ombori qurilib bo’lingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar
bo’lib o’tgan.
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, bu yer silkinishlar o’zlarining tayyorlanish,
sodir bo’lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig`ilgan suvning miqdori
va yig`ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog`liq holda yuz berishi
kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld.m kubdan ortiq suv bilan to’latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi
tog jinslarining siqilishi va taranglanishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar,
darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bo’lsa, ikkinchidan, suvni suv
omboridan bir me’yorida chiqarilmasligi va tog` jinslariga ta’sir qiluvchi kuchlarning
nomutanosib holatda bo’shatilishi, o’zgarishi
sabab bo’lgan.
Respublikamizning g`arbiy hududida
1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini ba’zi olimlar
ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni so’rib olish jarayoni bilan
bog’lashadi. 1976- yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila uchog`i,
litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog` jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish
joyi) yer qobig`ining 5-25 km chuqur oralig`ida, 1984-yilgi yer silkinishida esa
50-200 km oralig`ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning
yig’ilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori,
yer qa’ri tog` jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma’lum
darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir
bo’lish vaqtini tezlashtiradi.
Zilzila turlaridan eng xavflisi
(talafotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma’lumki, har yili planetamizda
100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi.
Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo’lib, imorat va inshootlarning buzilishiga,
yer yuzasida yoriqlarning paydo bo’lishiga, ming-minglab insonlar yostig`ining qurishiga
olib keladi.
Yer silkinish uchog`i gipotsentrning
joylashgan chuqurligi bo’yicha: yuza - 70 km.gacha, o’rta - 70-300 km va chuqur - 300 km.dan pastda mantiya qatlamida
vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning
o’chog`i asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.
Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar
tufayli zilzila uchog`i vujudga keladi, natijada
katta kuchlanishlar paydo bo’ladi, bular o’z navbatida yerning ustki qatlamlarini
tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik to’lqinlar
tarqaladi, ular asosan uzunasiga va ko’ndalang turlariga bo’linadi.
Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan
(vertikal tarzda) to’lqinlar o`z yo’nalishi bo’yicha navbatma-navbat yer po’stlog`ining
siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldindan chiqadigan
tovushning o’zginasidir. Ko’ndalang to’lqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib,
zilzila to’lqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi.
Kuchli yer silkinishi oqibatida
yerning yaxlitligi, butunligi o’zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik
kismlar ishdan chiqish, insonlar o’limi yuz beradi.
Yer silkinishi ko’pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush
yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashning kuchiga bog`liq. Yer qimirlashning
asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish o`chog`ining chuqurligi,
silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.
Zilzilaning
kuchini baholash.
Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti
mobayinida ko`p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining
guvohi bo’lgan. O`tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar quyidagi joylarda kuzatilgan:
- 1920-yilda Xitoyda-180 ming.
- 1923-yilda Yaponiyada-100 ming.
- 1948-yilda Ashxabodda-110 ming.
- 1960-yilda Marokkoda-12 ming.
- 1968-yilda Eronda-12 ming.
- 1970-yilda Peruda-66 ming.
- 1988-yilda Armanistonda-25 ming.
- 1990-yilda Tayvanda (o’lganlar soni
aniq emas)
- 1999-yilda Turkiyada –18 ming odam halok
bo’lgan.
Bizning asrimizda esa 2001-yilda
Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinib, unda 30 mingdan ortiq odam nobud bo’lgan
va yuz mingdan ortiq insonlar boshpanasiz qolganlar.
Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi
kishilarni ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron
qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning
paydo bo’lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o’rgatgan. Natijada
nisbiy baholash shkalasi paydo bo’lgan.
Zilzila kuchi ikki xil o’lchov
birligida o’lchanadi. 1.Ballarda; 2. Magnitudada.
Dunyoning juda ko’p davlatlarida yer silkininish
12 balli xalqaro o’lchov birligida o’lchanadi.
Ball - yer yuzasining tebranma harakat
darajasini ko’rsatadi. Silkinish kuchini ballarda o’lchashda «seysmograf» lardan
foydalanib, tog` jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi, ya’ni
yozib olingan «seysmogrammalar» orqali zarrachalarning tebranish ampilitudasi aniqlanadi
va shu asosida seysmik to’lqin tezlanishini
quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.
Bunda, a-seysmik to’lqin tezlanishi, M/s kvadrat;
A-tog jinsi zarrachasi tezlanish
amplitudasi, mm;
T-seysmik tebranish davri, s;
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.