Bermud uchburchagi jumbog`i 

28 849

Atlantika okeanida maydoni uncha katta bo’lmasa-da, boshqa okean mintaqalariga qaraganda anchagina mashhur bo’lgan hudud bor. Bu taxminiy uchburchakning bir uchi Bermud orollariga, bir uchi Florida yarim oroliga yana bir uchi esa Puerto-Rikoga tutashadi. Bermud uchburchagi deb nom olgan bu hudud nafaqat Atlantika okeanidagi, balki butun yer yuzi okeanlaridagi eng jumboqli va xavfli joy hisoblanadi.

Bundan yarim asr oldin, aniqrog`i 1945-yilning 5-dekabrida ayni shu joyda Amerika armiyasiga qarashli 6 ta samolyot g`oyib bo’ladi. Na samolyotning, na halok bo’lgan 27 nafar kishining xabari topiladi. Hech qanday iz yo’q edi. Bu voqeadan keyin uchburchak hududida sodir bo’lan barcha halokatlar jiddiy o’rganila boshlaydi va shu bilan o’tgan asrning afsonasiga aylangan muammo yuzaga chiqadi.

Oldin ham bu hududda turli halokatlar sodir bo’lib turgan, lekin ularda voqea maydoni kvadrat yoki oval shaklida bo’lgan.

Lekin Bermud uchburchagida halokatlar tez-tez va g`ayritabiiy tarzda sodir bo’ladi. Ularning bari Ch.Berlits degan odam tomonidan kitob qilib yozilgan va bu narsa afsonaning tug`ilishiga asos bo’lgan. Berlits surgan eng asosiy da’vo bu yerdagi hodisalarni aniq sabablar bilan isbotlab bo’lmasligi edi.

1945-yilning 5-dekabrida yuz beran hodisa haqiqatan ham ajablanarli edi. Shu kuni ertalab Ford-Loderdeyl harbiy-havo bazasidan 19-qiruvchi zvenoning 5 ta "Evenjer” samolyoti 14 ta ekipaj a’zosi bilan uchib chiqadi. Ularning vazifasi AQSh hududiga tegishli bo’lgan suv havzasini tekshiruvdan o’tkazish edi. Biroq samolyotlar bazaga qaytib kelmaydi, radistlarning oxirgi olgan axboroti shu edi "Biz qayerdaligimizni bilmaymiz. Aftidan...” O’sha kuni havo ochiq, uchuvchilar katta tajribaga va stajga ega edilar. Keyingi qidiruv ishlari ham samara bermaydi, aksincha, 13 nafar ekipaj a’zosi bilan birgalikda "Mariner” samolyoti ham aynan o’sha joyda – Bermud uchburchagi hududida g`oyib bo’ladi.
 
Belits va keyinchalik boshqa mualliflar ham bu kabi o’nlab halokatlarni misol qilib keltiradi. Halokatlar bitta prinsipga asoslanardi – kema yoki samolyot qulay ob-havo sharoitiga qaramasdan izsiz yo’qolardi. Kemalar topilgan taqdirda ham unda birorta tirik jon bo’lmasdi.

19-zveno bilan sodir bo’lgan sirli voqea shunday tushuntiriladi: uchuvchilar qandaydir noma’lum joyga tushib qolgan va haliyam o’sha yerda kun kechiryapti. Ular qandaydir vaqt tez o’tadigan makonda va qachondir biz ularni yana uchratamiz! Bermud uchburchagida g`ayrioddiy magnit tortishuvi bor va u sababli samolyot kompaslari noto’g`ri ishlagan. Uchuvchilarni boshqa sayyoraliklar o’g`irlab ketgan bo’lishi kerak...

Oxir-oqibat: "Aslida, bu yerda hech qanday g`ayritabiiy narsa bo’lmagan, faqat kema va samolyotlarning halokati boshqa joylardagiga qaraganda ko’p uchraydi, xolos. Kemalarning odamlari bilan yo’qolishi bu hududda qaroqchilik avj olib ketgani bilan bog`liq. G'oyib bo’lgan dengizchilar haqidagi dahshatli tafsilotlar, kapitan stolidagi kofe chashkasining o’z-o’zidan yonib ketishi kabi vahimalar sariq matbuotning uydirmalaridan boshqa narsa emas”, degan qarorga kelinadi.

19-zvenoning siri ochilmasdan qoladi. Samolyotlarning texnik holati yomon bo’lgani yoki kimdir urib tushirgani haqidagi faraz hech kimning kallasiga kelmaydi. Balki bu narsa baza ofitserlari tomonidan biror-bir sirni yashirish uchun o’ylab topilgandir...

Bermud uchburchagidagi halokatlar statistikasi

1945-yilning 5-dekabri. 14 nafar ekipaj a’zosi bilan uchgan 5 ta "Evenjer” va uni qidirgani 13 kishilik ekipaji bilan chiqqan "Mariner” samolyoti halokatga uchradi. Asosiy taxminga ko’ra barcha samolyotlar bir vaqtda boshqaruvni yo’qotgan.

1948-yilning yanvari. Bermud orollari – Azor orollari reysi bilan uchgan Angliyaning "Star tayger” samolyoti, keyinroq esa Azorga borishi kerak bo’lgan yana bir samolyot – "Star Eriel” ham 'oyib bo’ladi. Ikki samolyot ham xuddi 19-zvenoda bo’lgani kabi normal ob-havo sharoitida to’satdan aloqani yo’qotadi.

1954-yil. "Super Konstelleyshn” samolyoti va oltingugurt yuklangan "Sautern Diskrikt” kemasi dom-daraksiz ketdi. Nomalum sabablarga ko’ra hech qanday axborot kelmagan. Radistning taxminiga ko’ra unga qaroqchilar hujum qilgan.

1955-yil. Yo’qolgan "Konnemara-IV” kemasi ekipajsiz topildi. Peredatchik soz holatda edi. Ekipajdan tashqari vaxtaning navbatchilik jurnali, seyfdagi boshqa hujjatlar va pul ham g`oyib bo’lgandi. Biroq seyf yopiq holda topilgan.

1962-yil. Benzin tashuvchi KV-50 kemasi 9 nafar ekipaj a’zosi bilan birga izsiz ketdi. Yana o’sha holat – radioaloqa kutilmaganda uzilgan.

1965-yil. S-119 harbiy-tashuvchi samolyoti halokatga uchradi.

Bermud uchburchagi haqidagi afsonaning paydo bo’lishi ancha vaqt oldingi sirli fojealarni ham o’rganishga olib keldi. 1909-yili bu uchburchak hududida "Sprey” yaxtasi izsiz ketgandi. Uni taniqli dengizchi Joshua Slokam boshqargan. U yer yuzini kemada bir o’zi aylanib chiqqan va dong qozongandi. Tanish-bilishlarining ko’rsatmasiga ko’ra, dongdor uncha-munchaga halokatga uchrashishi mumkin emasdi. 1918-yilda "Siklop” uglevozi 309 nafar (!) ekipaji bilan yo’qoladi. "Siklop” radioperedatchik bilan ta’minlangan dastlabki kema edi, biroq SOS signali negadir yetib kelmagan. Na o’lganlarning tanasi, na halokatga uchragan kema haqida biror ma’lumot topilgan. Bundan ham ancha oldin 1781-yildan 1812-yilgacha bo’lgan vaqt oralig`ida 4 ta Amerika harbiy kemasi sirli ravishda g`oyib bo’lgandi.

Bermud uchburchagida har yili bir necha kema va 1-2 ta samolyot halokatga uchraydi. Uchburchak orqali Karib dengizidagi kurort orollariga o’tadigan o’nlarcha avialiniya bor. Bu hududda tez-tez tayfun-to’fonlar sodir bo’lib turadi, sohil atrofida sayozliklar va marjon riflari ko’p. Bir qancha samolyot va kemalarning halokati hali-hanuzgacha sir bo’lib qolyapti.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1