Dunyodagi eng katta aysberg Antarktidadan ajralib chiqdi 

1 572

Ayni paytda dunyodagi eng yirik aysberg A-76 Antarktidadan ajralib chiqqan. Bu haqda "Meteoweb" portali sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslanib xabar tarqatdi.

Ulkan muz qoyasining uzunligi 170, eni 25 kilometrni tashkil etadi. Uning maydoni 4320 kvadrat kilometrga teng bo‘lib, buni Ispaniyaning Malorka orolining hududi bilan taqqoslash mumkin.

Ta’kidlanishicha, A-76 Ueddel dengizi, Filchner-Ronne muzligining harbiy hismidan ajralib chiqqan. 

Aysbergning ajralib chiqishi Buyuk Britaniyaning Antarktika tadqiqotlari xizmati tomonidan aniqlangan va AQSH Milliy muz markazi "Copernicus Sentinel-1" missiyasi tasvirlari yordamida tasdiqlangan.

Joriy yilning 27-fevral kuni Antarktidadan Rossiyaning Sankt-Peterburg hududi bilan taqqoslanadigan 1270 kvadrat kilometr o‘lchamdagi aysberg ajralib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.