Oykumena kengayishining boshlanishi
Qadimgi yunonlar
sayyoramizning ularga ma’lum bo‘lgan qismini «oykumena» deb atashgan. Yunon
tilida bu so‘z odamlar yashaydigan, aholisi bor joy degan ma’noni anglatadi. Bizning davrimizga kelib, bizni o‘rab turgan
dunyoning o‘zlashtirilgan va odamlar istiqomat qiladigan qismi oykumena deb
ataladi.
Qadim
zamonlardayoq odamlar yonma-yon joylashgan yerlar haqida ko‘proq narsalarni
bilishga, mahsulotlar va buyumlarni ayirboshlash uchun savdo yo'llari ochishga
intilishgan. Qadimgi misrliklar bundan 5 ming yil ilgari Afrika bo‘ylab sayohat
qilganlar. Miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida ular 0‘rta Yer
dengiziga chiqib, u orqali boshqa mamlakatlardan mahsulotlarni olib kelishni
boshlaganlar.
Miloddan avvalgi
II ming yillikda 0‘rta Yer dengizining sharqiy qirg‘oqlarida yashagan finikiyaliklar dengiz kengliklarini
o‘zlashtirishga kirishganlar: ular Kiprda bir nechta koloniyaga asos solishgan,
Kichik Osiyoni janub tomondan aylanib o'tganlar, Bolqon, Apennin va Pireney
yarim orollariga suzib borganlar, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarni
kashf qilganlar. Ularning kemalari Misrga yog'och-taxta, vino, zaytun moyi,
qullar va boshqa yuklarni yetkazib berib turgan. Miloddan avvalgi VII asrda
ular Afrikani aylanib o'tganlar. Afrika qirg'oqlari bo'ylab suzgan
finikiyaliklar qulay hamda keng ko‘rfazni topishgan va u yerda Karfagenga
asos solishgan, keyinchalik bu yer antik 0‘rta Yer dengizi mamlakatlari
o'rtasidagi eng yirik port-shaharlardan biriga aylangan.
Ehtimol, aynan
finikiyaliklar ilk bor Ispaniya va Afrika orasidagi ikkala tomonidan ham Gibraltar
va Seutning o‘tkircho‘qqilardan iborat qoyalari bo‘y chozgan tor bo‘g‘oz orqali
Atlantika okeaniga chiqishib muhim kashfiyotni amalga oshirgandirlar. Boshqa
taxminlarga ko'ra esa bu yo‘lni birinchi bo'lib Krit oroli aholisi ochgan.
Mesopotamiyalik shumerlar miloddan avvalgi III ming yillikda Arabiston atrofida dengiz ekspeditsiyalarini
amalga oshirishgan. Shumerlarning qo'shnisi, elamitlar
esa ularni o'rab turgan tog‘larni oshib o'tib, ulardan uzoqda
joylashgan Kaspiy dengizi qirg'oqlariga chiqdilar.
Odatda biz oykumena to‘g‘risida Sharqiy O‘rta Yer
dengizidagi sivilizatsiya beshigidan boshlab ma’lumotlarga egamiz, shu sababli hattoki Yevropaning ochilishi
ham birdaniga bolmagan deb hisoblanadi. Yevropa miloddan oldingi XVI asrda
kritliklar tomonidan ochilgan (Krit - qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri).
Odamlar birinchi navbatda daryolarning atrofidagi hosildor yerlarni
o'zlashtirishgan. Daryo qabilalar o'rtasida alo qa o'rnatish uchun qulay yo‘l bolgan. Dengiz orqali suzish boshlanganidan keyin yangi yerlarni ochish
sur’atlari tezlashgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.