Teotiuakan
Meksikaning Teotiuakan shahri mamlakatning eng qadim va sirli odamlar qarorgohi hisoblanadi. Teotiuakan (ma’nosi: Ma’budlarning yerga tushgan joyi) inklar imperiyasi paydo bo‘lguniga qadar ming yil avval barpo etilgan. U Kolumbning tashrifiga qadar Mezoamerikaning yirik diniy markazi hisoblangan.
Eramizning birinchi ming yilligida ushbu yerda olmeklar qabilasiga mansub odamlar istiqomat kilganlar. Shaharning eng diqqatga sazovor inshooti – Quyosh piramidasidir.
Uning yoshi Rim Kolizeyi bilan teng, ya’ni eramizdan avvalgi 200 – yillarda qurilgan. Biroq, me’morchilik bobida teotiuakanliklar rimliklarni dog‘da koldirganlar. 2,5 million g‘ishtdan qurilgan ehromning tagida 100 metrli tabiiy g‘or mavjud. Shaharga kim asos solgani noma’lum. «Teotiuakan» nomini bu yerga 15 asrda ko‘chib kelgan atstek hindulari bergan. Arxeologlarning qazishma ishlari mazkur shaharning gullab-yashnashiga bu yerning nefrit, jadeit, bazalt, obsidian qazilmalariga boy ekanidan dalolat beradi.
Teotiuakan uzoq vaqt Mezoamerikaning eng yirik shahri hisoblangan va unda 200 ming odam yashagan. Oddiy odamlar bir qavatli loydan qurilgan uylarda hayot kechirishgan.
Shuniki qiziqki, uzoq yillar umr ko‘rgan bu shahar 7 asrga kelib birdan bo‘shab qolgan. Aholi qayoqqa birdan g‘oyib bo‘lgani haligacha noma’lum. Bu yerga XV asrda ko‘chib kelgan hindu qabilalari bo‘m-bo‘sh shaharga duch keladilar va uni «o‘liklar shahri» deb ham ataganlar. Zero, ulargacha yashagan xalq o‘zlaridan hech qanday bir yozuv yoki xotira qoldirmaganlar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.