G - harfiga oid izohli lug`atlar
Gavana - shahar, Kuba poytaxti. 1514-yili Kuba orolida
shahar barpo etilib, uni Xristofor Kolumb sharafiga San-Kristabal (ispancha
«Avliyo Xristofor») deb nomlashgan. Keyinchalik shaharning dastlabki o'rni
o'zgarib, yangi shaharni San-Kristobal de-Gavana deb atashgan. Bora-bora
Gavana bo'lib ketgan. Gavana so'zi savanna terminidan olingan, deb
tahmin qilinadi.
Gavayi orollari - Tinch okeanning markaziy qismidagi
orollar to'dasi. Ingliz sayyohi Jeyms Kuk tomonidan 1778-yili kashf etilgan.
Arxpelagdagi har bir orol o'z nomiga ega. Jeyms Kuk butun orollar to'dasini Sandvichev
orollari (admiral lord Sandvichev nomiga) deb nomlagan. Orollardan eng
kattasi Gavayi deb nomlanganligi uchun keyinchalik butun arxipelag Gavayi
orollari deb nomlanadigan bo'ldi. Gavayi-mahalliy xalq shevasidagi gavaiki-«orol»,
«quruqlik» degan ma'nolarni beradi.
Gaiti - orol va davlat. Karib dengizida joylashgan.
Orol 1493-yili X.Kolumb tomonidan kashf etilgan va Espanola-«Ispaniya
oroli» deb nomlangan. Lekin mahalliy xalq tilida Axiti-«tog'li»,
«qoyali», yana bir boshqa karib xalqlari tilida esa Kiskeya-«katta yer»
degan ma'nolarni beradi.
Galapagos - orollar to'dasi, Janubiy Amerikaning
g'arbida, ekvator yonida joylashgan. Ispancha galapago-«toshbaqa»
degani, orollarda ulkan toshbaqalar yashaydi, shuning uchun shunday nomlangan.
Gamburg (Hamburg) - Germaniyadagi
shahar. 810-yili baliqchilar qishlog'i o'rnida barpo etilgan. Nemischa ham-«qo'ltiq
(ko'rfaz)», «qo'ltiqcha», burg-"shahar”, "qal'a”, ya'ni "qo'ltiqcha
(ko'rfaz) sohilidagi qal'a, shahar” ma'nosini beradi.
Gang - Osiyodagi, asosan Hindiston hududidan oqib
o'tuvchi sersuv daryolardan biri, hindlarning muqaddas daryosi. Himolay
tog'laridan boshlanib Bengaliya qo'ltig'iga quyiladi. Qadimgi hind tilida
«ganga»-daryo demakdir.
Gayana - davlat, Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqiy
qismida joylashgan. Mahalliy indeyeslar tilida Gayana-«suvli o'lka»,
degan ma'noni bildiradi.
Gibraltar - O'rta dengizdan Atlantika okeaniga
o'tgan bo'g'oz. 711 yilda shu bo'g'ozdan o'tib Ispaniyani bosib olgan sarkarda
Ibn Toriq ismi bilan Jabal al-Toriq deb atalgan. Yevropa tillarida Gibraltar
bo'lib ketgan.
Glazgo - Buyuk Britaniyadagi shahar. VI asrda asos
solingan. Kelt tilida «yashil o'rmon» degan ma'noni bildiradi.
Gobi - Osiyoning markaziy qismidagi cho'l. Mongolcha gobi
so'zi «cho'l» degan ma'noni anglatadi.
Golfstrim - Atlantika okeanidagi iliq oqim.
Inglizcha guls-«qo'ltiq», stream-«oqim» so'zlaridan olingan bo'lib,
«qo'ltiqdan chiquvchi oqim» ma'nosidadir. Ushbu nomni 1772-yili amerikalik olim
B.Franklin taklif etgan.
Gorn burni - Janubiy Amerikaning eng janubiy
chekka nuqtasi, Olovli Yer orolida joylashgan. 1616-yilda golland sayyohlari
V.Sxouten va YA.Lemprlar kashf etgan. V.Sxoutenning ona shahri Gorn
(Gollandiyada) nomiga shunday atalgan.
Gudzon ko'rfazi (qo'ltig'i) - Shimoliy Muz okeanida-Kanada qirg'oqlaridagi
ko'rfaz. Ingliz dengizchisi Genri Gudzon tomonidan 1610-yilda kashf etilgan va
uning nomiga shunday atalgan.
Guron - ko'l, Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko'llardan
biri. Ko'l sohilida yashovchi qabila nomidan olingan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.