K - harfiga oid izohli lug`atlar
Kabu-Branku - burun, Janubiy Amerikaning eng
sharqiy chekka nuqtasi, Braziliyada joylashgan. Portugalcha Savo Branco-«oq
burun» (savo-«burun», brancho-«oq») degan ma'noni bildiradi.
Kavkaz - tog'li o'lka, Kaspiy, Qora va Azov dengizlari
oralig'ida joylashgan. Katta Kavkaz va Kichik Kavkaz tizmalaridan iborat.
Dastlab qadimgi grek manbalarida e.a. V asrda Kaukasos tarzida tilga
olingan. Kaukasos qadimgi hind manbalarida-tilga olingan Groukasim (hindlar
Elbrus tog'ini shunday atagan) nomining talaffuzda buzilib aytishidan hosil
bo'lgan va u «qorli tog'» ma'nosini beradi. Keyinchalik Kaukasos nomi butun
tog'li o'lka nomiga o'tgan va Kavkaz tarzida tilga olinadi.
Kalaxari - Janubiy Afrikadagi cho'l. Mahalliy
xalq tilida «mayda shag'alli-qumli joy» degan ma'noni bildiradi.
Kale - Fransiya qirg'og'idagi shahar, ya'ni «Kale
shahri yonidagi yo'lak, bo'g'oz» degan ma'noni bildiradi. Ushbu bo'g'ozning
Angliya qirg'og'ida Duvr shahri bo'lib, inglizlar bo'g'ozni Duvr bo'g'ozi deb
atashadi.
Kalimantan - Malayya arxipelagidagi yirik orol.
Indoneziya, Malayziya va Bruney davlatlari joylashgan. Malayya xalqlari tilida Kalimantan-«mango
daraxti o'lkasi» demakdir.
Kama - daryo, Volga daryosining chap irmog'i. Udmurt
tilidagi kom-«katta suv» so'zidan olingan.
Kamerun - G'arbiy Afrikadagi davlat va vulkan
nomi. Shu yerdagi Rio-dos-Kamarones-«qisqichbaqalar daryosi» nomidan
olingan. Ushbu nom XV asrda portugaliyalik sayyohlar tomonidan qo'yilgan
bo'lib, keyinchalik Kamerun deb ataladigan bo'lgan.
Kamchatka - Uzoq Sharqdagi yarim orol. XVII asr
o'rtalarida shu yerlarda bo'lga kazak Ivan Ivanovich Kamchatiy nomi bilan
bog'liq. Yana boshqa tahminlarga ko'ra, koryaklar dostonidagi Kamchatoy nomi
bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Lekin yakutcha kamche-«chilim», «vulkan
alangasi» ma'nosida bo'lishi ham mumkin ekan.
Kanada - Shimoliy
Amerikadagi davlat. Mahalliy indeyeslar «to'p-to'p chayla», «ovul»ni kanata deb
atashadi. Fransuz kolonistlari shu yerdagi dastlabki qishlog'ini Kanata
(Kanada) deb nomlashgan. Keyinchalik ushbu nom kichik hududga, so'ngra butun
mamlakatga yoyilgan.
Kara dengizi - Shimoliy Muz okeanidagi
dengizlaridan biri. Shu dengizga quyiladigan Kara daryosi nomidan olingan.
Daryoning o'zi nenescha xarayaga-«egri suv», «jarlik» deyiladi, chunki u
chuqurlikda ilonizi bo'lib oqadi.
Karakas - shahar, Venesuela poytaxti. Shahar nomi karaka
degan qabila nomidan olingan va ispancha ko'plik belgisi – s qo'shilgan.
Karib dengizi - Markaziy Amerikadagi dengiz.
Indeyeslarning karib qabilasi nomidan olingan.
Karochi - shahar, Pokistondagi yirik port. Shahar XVIII asr
boshlarida baliqchilarning Kulachi posyolkasi o'rnida bunyod etilgan. Kulochi-qabila
nomi bo'lib, shahar nomi shundan olingan va talaffuzda o'zgarib Karochi
bo'lib ketgan.
Karpat - Yevropadagi tog' sistemasi. Dastlab Ptolomey
asarlarida tilga olingan. Karpat-qadimiy tillarda «qoya», «tosh»
degan ma'nolarni beradi.
Kasablanka - Marokashdagi yirik shahar, XVI asrda
asos solingan. Kasablanka ispancha so'z bo'lib, casa-«uy», blanco-«oq»,
ya'ni «oq uy» degan ma'noni beradi.
Kaspiy dengizi - Yer sharidagi eng katta oqmas
dengiz-ko'l, Yevropa va Osiyo qit'alari chegarasida joylashgan. Dengizning jami
150 ga yaqin nomi bo'lgan. Kaspiy nomi dengizning Kavkaz tomonida
yashagan kaspi qabilasi nomidan olingan.
Katun - Oltoydagi daryo, Biya daryosi bilan qo'shilib,
Ob hosil bo'ladi. Qadimgi turkiy tilda katun, xatun-daryo
demakdir. Boshqa izohlar ham mavjud, lekin Sibir daryolarining ko'pchiligini
asosi kat termini tashkil etadi va «daryo» ma'nosini bildiradi.
YE.M.Pospelov kat (xat) terminlari «daryo» degan ma'noni bildiradi,
lekin bu termin qaysi tildan olinganligi juda ham aniq emas, deb hisoblaydi.
Kolorado - AQSH va Meksika hududlaridan oqib
o'tuvchi daryo. Ispancha Rio-Kolorado deb yuritiladi va u «qizil daryo»
demakdir. Daryo vodiysini tashkil etuvchi tog' jinslari qizil rangda
bo'lganligi uchun shunday nomlangan. Lekin suvi loyqa, jigarrang tusda.
Kolima-Shimoli-sharqiy Osiyodagi daryo. Evenklar
qadimdan daryoni Kulu deb atashadi, hozir faqatgina uning irmoqlaridan
biri shunday aytiladi. Daryoning quyi oqimi Kuloma deb atalgan bo'lib,
evenk tilida kula-«shimolga nishab daryo», ya'ni «shimolga oquvchi daryo»
ma'nosini beradi. Rus tiliga avval Kovima,
keyinchalik Kolima tarzida o'zlashib ketgan.
Kolumbiya - AQSH va Kanadaning g'arbidagi daryo.
Daryoning quyilish qismini 1792-yili amerikalik sayyoh Robet Grey kashf etgan
va «Kolumbiya» kemasining nomiga daryoni shunday atagan.
Karpentariya - Avstraliya shimolidagi Arafur
dengizida joylashgan qo'ltiq. 1623-yili gollandiyalik dengizchi YA.Karstens
tomonidan kashf etilgan va general-gubernator Piter Karpentar nomiga Karpentariya
deb atalgan.
Kura - Kavkazdagi daryo, Kavkazorti xalqlaridan
birining qadimiy tilida kur-«suv», suv ombori ma'nosini beradi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.