E - harfiga oid izohli lug`atlar
Ebro – Ispaniyadagi daryo. Iber xalqi
nomidan olingan. Qadimda butun Pireneya yarim oroli Iberiya deb atalgan.
Efiopiya – Afrikadagi davlat. Ilgarigi nomi
Habashiston. Grekcha nomi Aytopiya, ya'ni aytos–"oftobda kuygan”,
ops–"yuz”, "bet” degan so'z. "Yuzi kuygan”, "Oftobda kuygan”, "qora
tanli” (kishilar mamlakati) ma'nosini anglatadi.
Egey
dengizi – Gresiya va
Turkiya oralig'idagi dengiz. Ushbu nomning kelib chiqishi haqida ikki xil
qarash mavjud: Iskandar Zulqarnayn davrida qadimgi Yunoniston poytaxti Egey
shahri bo'lgan. Dengiz shu poytaxt shahar nomi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
O'rta asrlarda dengiz Arxipelag
(grekcha arxi–"asosiy”, pelagos–"ochiq dengiz”), ya'ni "asosiy
dengiz” deb atalgan. Uning orollari ko'p bo'lgan va ushbu dengiz nomi geografik
terminga aylangan, deb taxmin qiluvchilar ham bor.
Ekvador – Janubiy Amerikadagi davlat.
Miloddan avvalgi I ming yillikda mahalliy indeyeslarning kutu qabilasi Kutu
davlatini barpo etishgan. XVI asrdan bu yerlarni ispanlar bosib ola
boshlashgan. 1830-yilda esa mustaqil davlat barpo etilib, uni Ekvador deb
nomlashgan. Mamlakat hududining shimolidan–Kito shahri yaqinidan ekvator
chizig'i kesib o'tganligidan shunday atalgan.
Ekibastuz – Qozog'istondagi shahar. Shu
yerdagi toshko'mir koni asosida vujudga kelgan. Ushbu nom shaharga yaqin
yerdagi Ekibastuz ko'li nomidan olingan. Qozoqcha yeki–"ikki”, bas–"bosh”,
tuz–"tuz ko'li” ma'nosini bildiradi.
Elba (Laba) - Yevropadagi Shimoliy dengizga quyiluvchi
daryo. Dastlab qadimgi rim yozma manbalarida Albis shaklida tilga
olingan. Elba nemischa bo'lib, Laba uning slavyancha o'zgargan
shakli, «oq daryo» degan ma'noni bildiradi.
Elbrus – Katta Kavkazdagi baland tog'.
Arabcha Alburuz–"tik qoya”, eroncha Albors–"baland tog'”,
turkiycha Yolbuz–"muzli yol” deb ataladi. Hind-yevropa tillarida alb–"tog'” demakdir. Demak, yuqoridagi
izohlarning barchasi "tog'”, "qoya” degan ma'nolarni beradi.
Elburs – Eronning shimolidagi tog'lar,
Kaspiy dengizining janubida joylashgan. XIX asrda Elborus deb atalgan. Ushbu nom negizida ham hind-yevropa
tillaridagi alb–"tog'” so'zi yotadi.
Erebus – Antarktidaning Ross yarim
orolidagi vulkan. 1841-yili ingliz sayyohi Ross ekspedisiyaning kemasi nomi
bilan atalgan.
Eri – Shimoliy Amerikadagi ko'l, Buyuk ko'llardan
biri. Indeyes qabilasi eri nomidan olingan.
Eritreya – Afrikadagi yosh, mustaqil davlat.
Qizil dengiz bo'yida joylashgan. Ilgari Efiopiya tarkibidagi viloyat bo'lgan.
Eritreya Qizil dengizning grekcha nomidan olingan (grekcha Eritr–"Qizil dengiz”
demakdir).
Etna – Italiyaning Sisiliya orolidagi
vulkan. Grekcha etna–"alanga” degan so'z.
Eyr – Avstraliyadagi ko'l. 1840-yilda Avstraliyaning g'arbiy va sharqiy
qismlari oralig'ida quruqlikdan yo'l ochgan ingliz sayyohi Eyr nomiga
shunday nomlangan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.