Bermud uchburchagining siri aniqlandi. 

8 769

Kolorado davlat universiteti hamda Arizona universiteti olimlari Bermud uchburchagidagi g'alati hodisalar sirini aniqlashdi, deya xabar bermoqda Russian Today telekanali.
 
Atlantika okeanida joylashgan Bermud uchburchagi nomi bilan mashhur hudud haqidagi afsonalar uzoq davrlardan beri ma'lum. Bu hududda 75 ta samolyot hamda yuzlab kemalar g'oyib bo'lgani aytiladi. Olimlar nihoyat uning sirini topishga muvaffaq bo'lishdi.
 
Ma'lum bo'lishicha, Bermud, Florida hamda Puerto Riko oralig'idagi 1,3 million kvadrat kilometrlik maydon ustida suzib yurgan «oltiqirrali» bulutlar 106 km/soat tezlikdagi kuchli shamolni yuzaga keltiradi. To'fon daraxtlarni yerdan qo'porib tashlash, kema hamda samolyotlarni muvozanatdan chiqarib suvga qulatish kuchiga ega.
 
Tadqiqotchilar NASA sun'iy yo'ldoshlaridan olingan bulut tasvirlarini o'rganish natijasida shunday xulosaga kelganlar. Kolorado davlat universiteti meteorologi doktor Stiv Miller hamda Arizona universiteti olimi Rendi Serveni Science telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, ular Buyuk Britaniya sohillarida «oltiqirrali» bulutlar va 160 km/soat tezlikdagi dengiz shamolini o'rganib, ular 14 metr balandlikdagi to'lqinlar hosil qilishini kuzatganlar.
 
Bagam orollari osmonida ham xuddi shunday «oltiqirrali» bulutlar topilgan. Bulutning kengligi 32 kilometrdan 88 kilometrgacha boradi. Ularning ostki tarafida hosil bo'lgan chaqnashlar okeanga urilishi natijasida ulkan o'lchamdagi to'lqinlar vujudga keladi. To'lqinlarning qo'shilishidan paydo bo'lgan to'fonlar orasidan omon chiqish mushkul bo'lib, ular har qanday narsani «yutib yuboradi».

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharhlar - 1