Chet elliklar eng ko'p tashrif buyuradigan davlat ma`lum qilindi 

2 347

BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti chet elliklar eng ko'p tashrif buyuradigan mamlakatlar ro'yxatini tuzdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Birinchi o'rinni Fransiya egalladi, ushbu davlat ikki yildan beri bu pozitsiyani ushlab turibdi. 2017-yilda u yerga 86,9 million sayyoh tashrif buyurgan. Ikkinchi o'rindan Ispaniya 81,8 million mehmon bilan joy olgan bo'lsa, uchinchi o'rinni AQSh (75,9 million) egalladi.

Bundan tashqari, Butunjahon sayyohlik tashkiloti turizm sohasi eng jadal rivojlanib borayotgan mamlakatni ma`lum qildi. Unga Misr aylandi. 2017-yilda misrliklar 2016-yilga nisbatan 55,1 foiz ko'proq xorijlik mehmonlarni qabul qilishdi. Ularning umumiy soni 8,6 million kishiga teng bo'ldi. Misrda sayyohlar orasidagi eng mashhur shaharlar Luksor va Giza bo'ldi. Ushbu reytingda ikkinchi pog'onani Togo, uchinchi o'rinni Vetnam egalladi.

Avvalroq, sentabr oyida, TripAdvisor eng yirik turistik resurs 2018-yilda dunyodagi eng yaxshi muzeylar ro'yxatini tuzdi. Undagi birinchi qatorni Parijdagi Orse muzeyi egalladi. Ikkinchi va uchinchi o'rindan Nyu-Yorkdagi Milliy memorial va 11-sentнabr muzeyi hamda Metropoliten-muzey joy oldi. Keyingi o'rinlarni Londondagi Britaniya muzeyi va Madriddagi Prado milliy muzeyi egalladi.
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.