Buyuk qudrat ifodasi
Albatta, har qanday o'zgarish asta-sekinlik bilan, qadam-baqadam amalga oshirilsa, tabiiy bo'ladi. O'zbekiston bosh maydonidan sobiq tuzum dohiysi haykalini olib, uning o'miga Mustaqillik monumenti o'matildi. Yuqorida bayon etganimizdek, Xotira maydoni qad rostladi. Bu manzaralar tub o'zgarishlarning debochasi edi, xolos. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur maydon xalqning e'tiqodi, ixlosi namoyon bo'layotgan joy bo'lishi uchun muayyan vaqti kerakligini dildan his qilardi. Eng muhimi, odamlar bu o'zgarishlarni yurakdan qabul qilsin. Shu yurt, shu zamin har bir fuqaro qalbida g'urur tuyg’usini uyg'otsin.
Aytaylik, siyosiy hayotda ham evolyutsion rivojlanish yo'lidan keldik. Ikki palatali parlament vujudga keltirilguncha 10 yil bir palatali parlament tajriba orttirdi, umumixalq referendumidan oq fotiha olindi, so'ng qonunchilik hokimiyatida yangi shakllarga o'tildi. Xuddi shuningdek, Mustaqillik maydoniga nisbatan xalq ongida ulkan g'urur va faxrlanish hislari barqaror tuyg'u darajasiga ko’tarilishi kerak edi. Shu ma'noda, Istiqlol bayrami ana shu maydonda nishonlanadi.
Toshkentning qoq markazida joylashgan "Texnolog" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bamisoli chehra ustiga tushgan so'galday kishi ko'nglini xira qilardi. Ayniqsa, Senat binosi qad rostlagach, bu korxonaning shahar markazi husniga dog' bo'lib qolganligi yaqqol namoyon bo'ldi. Bu atrofda har qachongidan fayzli gulzorlaru archali maskanning bunyod etilishi, Mustaqillik maydoniga tutash "O'zbekiston" shohko'chasini kengaytirish zarurati tug'ilgandan keyin "Texnolog" birlashmasi, "O'zqishloqxo'jmashxolding" kompaniyasi binolarini bu joydan ko'chirish kerakligi o'z-o'zidan kun iartibiga qo'yildi.
Qarang, shu birgina o'zgarish tufayli serqatnov va gavjum yo'l to'g'rilandi, atrof yana ko'rkamlashdi, ilgarigi tor joyda ufqlari ochilgan keng va ravon maydon vujudga keldi.
2005-yilda, ayniqsa, O'zbekistonda jamiyat hayotida yangi davr boshlandi: dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan andoza, ibrat olinib, ikki palatali parlament o'z faoliyatini boshladi. Qonunchilik hokimiyatining muhim tarmog'i - Senat binosi aynan shu Mustaqillik maydonida qad rostladi. Ushbu koshona, Prezidentimiz rejasiga ko'ra, Bosh maydonning umumiy manzarasiga chin ma'noda uyg'unlashib ketishi kerak edi. Mana, o'tgan qisqa muddatda bu ezgu niyat ro'yobga chiqqanini hamma e'tirof etmoqda.
Ushbu muhtasham binoda Senat bilan birga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi kabi boshqa muassasalar joylashgan. To'rt qavatli punviqor inshootda 170 o'rinli majlislar zali, yig'ilishlar uchun mo'jaliangan yana uchta kichikzal ham bunyod etilgan.
Muazzam bino loyihasi "Tashgiprogor" ochiq aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlangan. Uni yaratish jarayonida xorijdagi, jumladan, AQSh Senati binosi loyihasi ham sinchiklab o'rganilgan. Biroq, baribir O'zbekiston Senati binosi o'ziga xos va betakror milliy uslubda barpo qilingani shundoqqina ko'rinib turibdi.
Binoga kiraverishda o'rnatilgan mahobatli to'rt ustun bamisoli adolat tayanchlari yanglig' mustahkam. Ulaming tepasida qurilgan uch gumbaz Sharq me'morchiligining eng ilg'or yutuqlarini eslatibgina qolmay, baiki asriy an'analarimiz bardavomligiga, qadimiy davlatchiligimiz tarixiga ishoradir.
Senat binosining birinchi qavatiga Ukrainadan keltirilganqizil granit, qolganlariga esa Gretsiya va Italiyada ishlangan oq marmar bilan jilo berilgan.
Senatning old qismida jozibador favvora va hovuzlar qurilgan. Yo'laklarda bezakli toshlar, atrofida esa gurkirab turgan turli daraxt va butalar, yam-yashil maysalar bahri-dilingizni ochadi.
Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, mazkur bino o'zining ulug'vorligi, ko'rku salobati bilan davlatimizning kuch-qudrati va salohiyatini ifoda etadi, xalqimizning g'urur-iftixorini yuksaltirishga xizmat qiladi.
- Men ilk bor Senat binosiga qadam qo'yganimda, ruhimda so'z bilan ta'riflab bo'lmas taassurot uyg'ondi, - deydi Oliy Majlis Senati a'zosi, "Sog'lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg'armasi Jizzax viloyati bo'limi ijrochi direktori Nodira Karimova.
- Bu dargoh O'zbekistonimizning chinakam buyuk davlat ekanligini ko'zgu kabi aks ettirib turibdi. Marmar koshinlar, billur qandillar, niliy gumbazlar har bir vatandoshimiz qalbida cheksiz g'urur uyg'otadi. Shunday muhtasham koshona hurmatli Prezidentimiz g'oyasi bilan barpo etilgani, ayniqsa, mustaqil O'zbekistonimiz tarixida o'chmas lavha bo'lib muhrlanib qoladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.