Matonatga qo'yilgan haykal
"Xotira maydoni"ga kelgan o'zbekistonlik turli millat farzandlari shu "Motamsaro ona" siymosida o'z volidasini ko'rganda, bugungi avlodlarimiz avvalgi "Noma'lum soldai" obidasi o'rnida nomlari aniq bitilgan urush qurbonlarining o'chmas bitiklari oldida ko'zga yosh olib Yurtboshiga minnatdorchilik bildirganlarida, bu savobli ishning bahosini hech bir mezonda o'lchab bo'lmasligiga iqror bo'lasiz. "Sen doim qalbimdasan, jigarim!" degan ona so'zlariga javoban: "Men ham onajonimni umrbod unutmayman" degan kalom aks-sado berganiga ishongingiz keladi.
O'tgan yil bahorda qiziq bir holat yuz berdi. Yurtimizga Koreya Prezidenti tashrif buyurishi arafasida ishchi guruhi tarkibida kelgan bir hamkasbimiz bilan suhbatda bo'ldik. Mehmon Toshkentning chinakam go'zalligiga qoyil qolganini aytdi. Gap orasida so'rab qoldi:
- Mustaqillik maydonidagi "Motamsaro ona"ning ismlari kim? Qaysi viloyatda tug'ilgan? Men bir lahza jim qoidim. Xalqimiz tarixini to'liq bilmagan odam shunday savol berishi tabiiy, albatta. U kishi "Hayotda haykalning asl prototipi bormi?" deb so'rayotgan edi. Men imkon darajasida tushuntirishga harakat qildim:
- Bu haykal ming-minglab o'zbek onalari xotirasiga o'rnatilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida deyarli har bir xonadondan kimdir urushga borgan. O'sha Siz ko'rgan ona yo o'g'lini, yo erini jangdan - Bu haykal ming-minglab o'zbek onalari xotirasiga o'rnatilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida deyarli har bir xonadondan kimdir urushga borgan. O'sha Siz ko'rgan ona yo o'g'lini, yo erini jangdan qaytishini kutgan. Umri poyoniga yetganda esa, u kutgan odami kelmasa, bu dunyodan "armon bilan" ketgan.
- Ha, o'z xalqining fidoyi farzandlariga shunday haykal qo'ygan millat hech qachon kam bo'lmaydi! - dedi mehmon hamma gapni tushunaganligiga ishora qilib.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.