Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari
Multimediya umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan quyidagi videoresursda Xalq ta’limi vazirligining 2013-yil 28-fevraldagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari”ga rioya qilishda shuningdek, ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanishda o‘qituvchi va o‘quvchilar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar, ularning qanday harakatlardan tiyilishlari lozimligi, qanday harakatlarni amalga oshirish odob-axloq qoidalariga mosligi, shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchilarning ta’lim muassasasidagi dars jarayonida, tadbirlar paytida, oshxonada, tanaffuslarda o‘zlarini qanday tutishlari lozimligi jonli misollar orqali ko‘rsatib berilgan.
