Geografiya ta’limida innovatsion g`oyalar
Bugungi kunda barcha sohalarga innovatsion g`oyalar, fikrlar kirib
kelmoqda. Bu jarayon ta`lim sohasini ham chetlab o`tmagan holda, barcha fanlar
tizimida yangiliklar, dars o`tishning yangi usullari, yangi pedagogik
tehnologiyalar orqali darsning sifati, mazmuni va jozibadorligi o`quvchini ham
o`ziga jalb etmoqda. Hozirda mamlakatimizning barcha maktablarida o`z ish
faoliyatini olib borayotgan ustoz va murabbiylar zamonaviy o`qitish usullarini
bosqichma-bosqich yaratib bormoqdalar, shuningdek, geografiya fanida ham hozirda
darslarni tashkil etishda turli xil metodlar yaratilmoqda, lekin shu ham
ta’kidlash joizki, geografiya fanini boshqa fanlar bilan taqqoslaganda juda ham
ortda ekanligi sezilib turibdi, bunga birgina bizning fanimizga kirib
kelayotgan yangi inovatsion metodlar boshqa yetakchi fanlarda ancha oldin
ildamlab ketgani bunga yorqin misol bo`la oladi. Geografiya o`qituvchisi 45 daqiqalik dars jarayonida ana’naviy dars metodlaridan foydalanib, shu bilan
birga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, turli xil pedagogik o`yinlarni,
ya’ni ana’naviy dars metodlari bilan
birga yangi dars o`tish usullarini uyg`unlikda dars jarayoniga moslashtira
olishi zarur. Hozirgi kundagi jadal rivojlanib borayotgan fanlar tizimi va
kuchli raqobat bo`layotgan bir davrda geografiya fanining o`z o`rnini saqlab
qolishi geografiya ustozlari va murabbiylariga bog`liq bo`lib qolganligi,
ustozlarimizning yangi dars o`tish usullari, yangi metodik loyihalarni
o`rganib, geografiya faniga qo`llay olishi fanimizning eng katta yutuqlaridan
birib bo`lib qoladi degan umiddaman, zero o`quvchilarning bilish faoliyatini
takomillashtirish va ta’lim samaradaorligini oshirishga imkon beradigan yangi
pedagogik texnologiyalar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ta’lim
jarayonidagi yangi imkoniyatlar eshigi vazifasini ham o`taydi.
"Geografiya ta’limida innovatsion g`oyalar" mavzusiga quyidagi shakldan foydalanib geografiya ta`limini takomillashtirish bo`yicha o`z fikringizni qoldiring.
Nozimjon Azimov
Guliston Davlat Universiteti
Geografiya o`qitish metodikasi yo`nalishi
4-kurs talabasi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.