Samarqand shahri nomining kelib chiqishi
Soʻzning ikkinchi qismi "kent” (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha "Samarya”ra yaqin, yaʼni "yigʻilish, yigʻin” soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini "Semizkent”, yaʼni "semiz qishloq” soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.
