15-avgust Hindiston Respublikasining mustaqillik kuni 

8 396

Hindiston  milliy gerbida- to‘rtta sher chizilgan. Har yilning 15-avgust kuni  Hindiston  o‘zining eng katta bayramini nishonlaydi. Mustaqillik kuni-ushbu kun Hindiston tarixida Buyuk Britaniyadan  ajralib mustaqil davlatga aylanganligidan ma’lum qiladi. Mustaqillik kuni 1947-yildan boshlab nishonlanadi. Bu kuni 1947-yil 15-avgustda Hindiston mustaqil davlatga aylangani haqidagi akt kuchga kiritildi. (Indian Inderendence Act) va Dehi shaharning Qizil Fort devori ustidan uch rangli mustaqilik davlat bayrog‘i ko‘tarildi. Ushbu bayroq ko‘tarish marosimi Hindistonning birinchi premer-ministri Javaxarlal Neru va o‘sha yerga yig’ilgan ko‘pchilik odamlar yordamida ko‘tarildi. Bu bilan davlatning tarixidagi yangi hayot boshlandi. Bayroq ko’tarish marosimi Hindistonning ko‘pgina shahar va qishloqlarida shu kuni nisholanadi. Bu kunihukmdorlar tarafidan Hindistonning mustaqil davlat lavozimiga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklar haqida gapirib o’tiladi. Mustaqillik kuni sharofati nishonlanganda  Hindiston shtatlarining gubernatorlari tomonidan bayramona yig‘ilishlar o‘tkaziladi. 1947-1949-yilgacha Hindistonda harbiy parad o’tkazilgan. Mustaqillik bayramini  yashab o’tgan har bir aholi fuqorosi o‘zining diniy va milliy kelib chiqishiga qaramasdan ushbu bayramni nishonlaydi. Qaysidir ma’noda ushbu marosim demokratik Hindistonning birligini kuchaytirish va haligacha bor feodal qarashlarini chippakga chiqarishdir.

15-avgust Kosta-Rikada Onalar kuni
Onalar kuni Kosta-Rikada umum davlat dam olish kuni bo‘lib, 15-avgustda nisholanadi. Ushbu kuni barcha onalar va buvilar uchun judayam qimmatbaho sovg‘alar tavsiya etiladi. Har bir katta  buvilar va onalarning  uyida katta va bayramona stol yasatiladi. Bayram bilan bir marta bir inson tarafidan tabriklanadi. Bu bir oila a’zosidir. Bundan keyin duolar aytiladi. Keyin sovg‘alar ochilish marosimi hazil-huzul ostida bo‘lib o‘tadi. Undan keyin bayram raqslari boshlanadi. Bu raqslarda buvilar va onalar ishtirok etishadi. Kosta-Rikada hamma yoshligidan raqsga tushadi, bular 4 yoshdan boshlab 80 yoshgacha bo‘lgan ayollar.

15-avgust ilk marotaba telefonda («Allo») so'zi qo'llana boshlangan kun
135 yil ilgari telefon muloqotida «Hello» («Allo») so'zi qollana boshlandi. 1876-yili Filadelfiya xalqaro ko‘rgazmasida qatnashgan amerikalik olim Alsksandr Bell ilk marotaba yangi kashfiyotini keng omma e’tiboriga xavola etdi. Avvaliga "jonli nuti” deb atalgan bu apparat keyinchalik "telefon” (yunoncha «tele»- «uzoq» va «fono»-«tovush) nomini oldi. Tabiiyki, u paytlarda mazkur "texnika mo’jizasi” nuqsonlardan xoli emasdi. Uning yordamida uzog’i 250 metr masofadangina bog’lansa bo’lar, shundayam ovoz bo‘linib, elas-elas eshitilardi. Biroq bu hol yangilikning yashin tezligida ommalashib ketishiga to‘sqinlik qilolmadi. Tez orada telefon orkali muloqotda suhbatdoshga qanday murojaat qilish mumkinligi masalasi ko‘tarildi. Telefonning "otasi” A. Bell «Hoy» ("Hoy!”) so‘zini kiritishni taklif qildi. Biroq boshqa taniqli kashfiyotchi Tomas Edison (darvoqe, ilk telefon apparatini mukammallashtirishda uning hissasi katta bo‘lgan) boshqa mulohazani o‘rtaga tashlaydi. 1877-yil 15-avgustda Petterburg telegraf kompaniyasi prezidenti bilan muzokaralar chog‘ida «Hello» (inglizcha "salom”) so‘zi telefon aloqasi uchun eng qulay murojaat ekanligini ta’kidlaydi. Vaqt Edisonning haq bo‘lgannni isbotladi. Dunyonini turli burchaklarida telefon go‘shagini ko‘targan yoshu qari, erkagu ayol, oqu  qora tanli abonentlar "Hello” – "allo” deya ovoz beradi. Hatto birinchi kalomdanoq "Assalomu alaykum”, deya suhbatdoshga sog‘lik tilash imkoniyati bor, juda bo‘lmaganda lug‘atlarida"labbay?” degan quloqqa xush yoquvchi so‘zi bo‘lgan... o‘zimiz ham beixtiyor janob Edison ko‘rsatmasiga amal qilamiz...

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.