12-avgust Tailandda onalar kuni 

2 116

Tailandda 12-avgust kuni Rama IX ning qaylig'i Sirikit malikasining tavallud kuni nishonlanadi. Bu kun butun Tailand xalqi uchun nafaqat bayram, balki Onalar Kuni milliy bayrami hamdir. Malika sharafiga konsertlar, sport musobaqalari o'tkaziladi, kitoblar yozilib, yangi tashkilotlar ochiladi. Sirikit malikasi 1932-yil 12-avgust kuni Tailand shahrida shahzodalar oilasida dunyoga kelgan. Malikaning tug'ilgan kuni butun shahar havo rang bayroqlar hamda malika portretlari ilinib bezatiladi. Bu kun ayollarga suvenirlar, jasmin gullari bilan bezatilgan taqinchoqlar tabriklash an'anasi bor, zero, bu gul malika ramzi hisoblanadi.

12-avgust Xalqaro yoshlar kuni
8-12-avgust 1998-yilda Lissabon shahrida Butunjahon yoshlar ishi bo’yicha konferensiyada Xalqaro yoshlar kuni tasdiqlangan. Ilk bor Yoshlar kuni 2000-yil 12-avgustda nishonlangan. Konferensiyada hozirgi kun yoshlarining muammosi, ularni qiziqtirayotgan sohalarga yo’naltirish, ma’lumot-tashviqot ishlarini kuchaytirish ta’kidlab o’tilgan. 1995-yillarda dunyo ish kuchining 4\1 qismini yoshlar tashkil etardi, bunga ishsiz yoshlar ham to’g’ri kelardi.  Bozor iqtisodiyotida har tomonlama yetuk yoshlarni yaxshi ish joylari bilan ta’minlashda bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi. Bugunga kelib dunyoda 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar soni 3 milliardni tashkil etar ekan. Ulardan yarim milliardi kam taminlanganlardan iborat. 100 milliondan ortiq bollar maktabga qatnashmaydi. Har kuni deyarli 30 mingta yosh bolalar ochlikdan halok bo’lishadi. 7 mingdan ortiq yoshlar havfli kasallik spid bilan zararlanishadi. Yoshlar muammosi va ular o’z kelajaklarini qay holda ko’rishmoqda, yana bir qator savollar va ularga yuqorida aytib o’tilgan konferensiyada javob topishga harakat qilngan. Har yili konferensiya maxsus shiorlar "Kambag`allikga qarshi birga kurash: yoshlar va kambag’allik”, "Yoshlar va o’zgarishlar: harakat qilish payti keldi” kabi shiorlar ostida o’tkaziladi. Bundan tashqari Xitoy, Tunis, Kamerun, Turkiya va boshqa davlatlarda ham yoshlar kuni nishonlanadi.

12-avgust (AY-BI-EM) firmasi shaxsiy kompyuter ishlab chiqara boshlagan kun
Kompyuter (ing. Comruter – hisoblayman) – oldindan berilgan dastur (programma) bo'yicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq Kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuterning bir necha avlodlarini ko'rsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur ta'minoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 1981-yil 12-avgustda IBM (AY-BI-EM) firmasi shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarining ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan RS biriktirilgan kompyuterni Arrle firmasi esa Macintosh ("Makintosh” ) yoki oddiygina "maki” deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda o'nlab million shahsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM "shu jumladan, bir necha o'n super EHM bo'lgan. Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yo'lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirishga kishlarning ishini onsonlashtirishga imkon beradi. Bugungi ko'nda dunyo aholisining ko'p qismi o'zini hayotini kompyutersiz ta'savvur qilolmaydi. Juda katta miqdordagi axborotni saqlaydigan va qidirib topa oladigan, shuningdek, ko'plab murakkab masalalarni tez yechadi. Kompyuterlardan banklar, do'konlar, korxona va ofislarda shuningdek xonadonlarda keng foydalaniladi. Kompyuter o'yinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud: Ular yordamida ko'p narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin.

12-avgust Zinger tikuv mashinasi ixtiro qilingan kun
Tikuv mashinasi – kiyim–kechak tikuv, buyumlarini bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va boshqa maqsadlarida ishlatiladigan mashina. Tikuv mashinasini birinchi marta 1755-yilda ingliz ixtirochisi Ch.F.Veyzental ixtiro qilgan. Nemis ixtirochisi I.M.Zinger tikuv mashinasini takomillashtirdi. Shundan so‘ng sanoatda keng qo‘llanila boshladi. Tikuv mashinasi choqlaydigan, tugma qadaydigan, tepchiydigan  (ko‘klaydigan) va hakazo, qo‘lda, oyoqda va elektr bilan harakatlanadigan, mokili va mokisiz, bir va ko‘p ignali xillarga bo‘linadi. Ishlash prinsipiga qarab, universal (turli operatsiyalarni bajaradigan) va maxsus (bitta operatsiyani bajaradigan) tikuv mashinasi bo‘ladi. (mas., tugma qadash mashinasi). Universal tikuv mashinasining eng ko‘p tarqalgani bir ignali, mokili choklovchi mashinadir. Bular sanoat va uy-ro‘zg‘orda keng ishlatiladi. Ko‘p ignali tikuv mashinalari ichida ikki ignalisi ko‘proq qo‘llaniladi.  Choklarni payvandlab va yelimlab biriktiruvchi tikuv mashinalari ham bor. Tikuv mashinadan tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, galanteriya sanoati va uy-ro‘zg‘orda foydalaniladi. Yevropa mamlakatlarida Toshkentda maxsus tikuv mashinalari keng qo‘llanila boshladi, keyin boshqa hududlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham tarqaldi. Toshkent taraqqiyotining hamma davirlarida bichiqchilik uning ajralmas qismi bo‘lgan. O‘rta Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda hunarmandchilikdan yengil sanoatning yirik tarmog‘iga aylandi. Zamonaviy texnika bilan uskunalangan korxonalar tashkil etildi. Mahalliy tikuvchi, kosib va hunarmandlar Toshkentning yangi texnikasini o‘zlashtirdilar.  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.