22-fevral Misrda Abu - Simbelda Quyosh festivali kuni
Miloddan avvalgi 1279-1212-yillarda Misr fir'avni Ramses II hukmiga asosan Nil daryosining g‘arbiy sohilidagi Abu - Simbel soyasida ikkita ibodatxona qurildi. Katta qoya ibodatxonasini fir'avn o‘z sharafiga qurdirtirgan, kichigi esa - ma'buda Xaxtor va fir'avnning xotini Nefertari sharafiga qurilgan. Ramsesning xett qabilasi ustidan qozonilgan g‘alabasi sababli, bu ikki ibodatxona qurilgan. Ibodatxonalar oldida to‘rtta 20-metrli haykallar qad ko‘tarilgan: shundan - Amon, Ra va Ptax xudolari haykallari bo‘lib, ular janglarda fir'avn qo‘shinlariga madad beruvchi uchta xudo hisoblanadi, to‘rtinchi haykalda esa Ramses o‘z qiyofasini aks ettirgan. E'tiborli tarafi shundaki, xudolar haykallari Ramses qiyofasida aks ettirilgan.Ramses haykali oyoqlarida fir'avn oila a'zolarining katta bo‘lmagan mayda shakldagi haykalchalarda aks ettirilgan. Shunisi e'tiborliki, tosh fir'avnning nigohi Quyosh chiqishi - sharqqa qarab turibdi. Tarixchilarning taxmini bo‘yicha Ramsesning tug‘ilgan kuni 22-oktyabrga, toj kiyish marosimi 22-fevral kuniga to‘g‘ri keladi, shu sababli har yili 2 marotaba aynan shu sanalarda Abu - Simbelda Quyosh festivali o‘tkaziladi. Bu festival dunyo bo‘yicha eng ajoyib bayramlardan biri hisoblanadi.
Yaponiyada "Mushuklar kuni” bayrami
Bu bayram - 22-fevralda tabassum qilish uchun bahona yaxshigina bo‘la oladi. "Ikki” so‘zi yaponchada "ni” deb talaffuz qililadi. Norasmiy "Mushuklar kuni” bayrami sanasining belgilanishiga bu bahona bo‘ldi. "Ikki” so‘zi, "nyan” deb o‘ynoqi talaffuz qilinishi mumkin. Tasodif , balki yo‘q, yanoplar mushuklarni "nyan-nyan-nyan” deb miyovlashadi deb hisoblaydilar. Bundan keyin - hammasi oddiy va mantiqiy. "Nyan-nyan-nyan” - bu "ikki-ikki-ikki” degani, a "ikki-ikki-ikki”, tegishli ravishda, - ikkinchi oyning yigirma ikkinchi kuni degani. Aynan 22-fevral kuni mushuklar va boshqa uy hayvonlari uchun oziqalar ishlab chiqaruvchilar "Mushuklar kuni” bayramini nishonlash haqida fikr bildirdilar va bu aksiyani faol targ‘ibot qila boshladilar. 1987-yilda "Mushuklar kuni”ning ijroiya qo‘mitasi tashkil qilindi. Shundan boshlab faollar barchaga - kimning uyida bu momiq hayvon borlarga va hali, bu hayvonni olishmaganlarga mushuklar haqida, ularning qiliqlari va yoqtirgan ozuqalari haqida ko‘proq bilishga chaqirmoqdalar. Mushuklar Yaponiyaga Xitoydan taxminan VI asrlarda olib kelingan. Hozirgi mushuklarning uzoq ajdodlarini kemalarga "ishga olishgan”, Xitoydan Yaponiyaga keltiriladigan muqaddas budda kitoblarini sichqonlardan asrash maqsadida shunday qilingan. Xeyan davrida (794-1192) mushuklarni rasmlarda va kitoblarda aks ettirish boshlangan. Shu tariqa, asrlar davomida mushuklar Yaponiya bo‘ylab ko‘paygan va shuning natijasida mashhur yapon mushugining turi - Yaponcha bobteyl - dumaloq tumshuqli va kalta dumli mushuk paydo bo‘lgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.