1963-yil 16-fevralda Sirdaryo viloyati tashkil etilgan kun. 

2 464

Respublikaning sharqiy qismida joylashgan. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilagan. Maydoni 4,3 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari yashaydi. Markazi – Guliston shahri.

Relefi, asosan, to‘lqinsimon tekislik bo‘lib, janubdan shimoliy-g‘arbga pasayib boradi. Mirzacho‘l dashtining bir qismi viloyat hududiga kiradi. Balandligi shimolda 230 m, markaziy qismida 400-500 m, janub va janubiy-g‘arbda 600-650 m. Sharqida keng Sirdaryo vodiysi joylashgan. Mezozoy va kaynozoy davrida, asosan, cho‘kindi jismlarning qalin qatlami bilan qoplangan. Sho‘ro‘zak, Mirzarabot, Sardoba kabi botiqlar mavjud. Tekislik qismi daryolar oqizib keltirgan yotqiziqlardan hosil bo‘lgan, ba’zi joylarini ko‘l, botqoq va sho‘rxok yerlar egallagan. Viloyatda yangi kanallar, zovurlar qazilib, cho‘l o‘zlashtirildi va ekin maydonlarga aylantirildi. Tekislik qismida irrigatsiya inshootlari qurilib paxtazor, bog‘ va tokzor barpo qilindi. Adirlar lalmikor yerlar va yaylovlardan iborat. 

Ob-havosi keskin o‘zgaruvchan va quruq. Yillik o‘rtacha temperaturasi shimolda -60 , janubda – 20. Qishda havo tez sovuydi va temperatura - 300 gacha (Gulistonda – 350 ) pasayadi. Ba’zan, qish o‘rtalarida havo birdaniga isib, keyin sovib ketadi. Yozi quruq va issiq. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 27-290. Yozda temperatura 32-450 gacha ko‘tariladi. Ko‘pincha issiq shamol (garmsel) tuproqni quritadi va o‘simliklar rivojlanishiga yomon ta’sir qiladi. Vegetatsiya davrida 218 kun. Yillik yog‘in 180-220 mm, asosan, qishda yog‘adi.  Yozda kuchli bug‘lanish sababli yer osti suvlari yuza maydonlarining tuprog‘ini sho‘r bosadi. Noyabrdan martgacha tez-tez esib turadigan «Bekobod shamoli» tezligi 20-25 m/sek. (Boyovut tumanida 40 m/sek.) ga yetadi. Ihota daraxtzorlari barpo qilingan. Tuproqlari, asosan, och tusli bo‘z tuproq bo‘lib, kam va o‘rtacha sho‘rlangan, qumoq va soz tuproqlardir. Tekisliklarda sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproq uyaraydi.  Yer osti suvining chuqurligi 5-6 m. Sho‘ro‘zak massivida, o‘zlashtirilmagan, pastlik joylarda sho‘rxoklar keng tarqalgan. O‘simliklardan lolaqizg‘aldoq. Boychechak, chuchmoma, qoqi yalpiz, ismaloq, yantoq, sho‘ra, shuvoq, qo‘ng‘irbosh, qo‘ziquloq, tuyatovon, quyonsuyak, juzg‘un, qovul, oqquray, qiltiq, karrak, rang, iloq, betaga, qiyoq, qamish, yulg‘un, oqbosh, qushqo‘nmas, na’matak, mingboshi, chitir, g‘umay, pechak, saksovul, har xil butalar, jiyda, do‘lana, tol, terak, qayrag‘och, oq akatsiya, zarang, shumtol va boshqalar o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan jayra, tulki, bo‘ri, chiyabo‘ri, qobon, jayran, nuriya, ondatra, ko‘rsichqon, suvkalamush, tipratikan, yumronqoziq, kaltakesak, ilon, toshbaqa, falanga, chayon, qoraqurt;  qushlardan xo‘jasavdogar, moyqut, bulduruq va boshqalar bor. Qishloq xo‘jaligida paxtachilik, g‘allachilik, pillachilik. Mevachilik, sabzavot-polizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Viloyatda xususiy va jamoa xo‘jaliklarida qoramol, qo‘y va echki, parranda, shuningdek, yilqi boqiladi.

Viloyatda dastlabki radioeshittirishlar 1963-yildan boshlangan. Viloyat radiosi  oyiga 21 soat 20 daqiqa hajmida eshittirishlar beradi. 1996-yilda viloyat telestudiyasi tashkil etilib, teleko‘rsatuvlar bera boshladi.

Ma’muriy yodgorliklardan viloyatning Sardoba tumanida qadimgi sardoba inshooti (XVI asr) saqlanib  qolgan.

16-fevral – Litva davlati tiklangan kun (1918).
16-fevral kuni Litvada milliy bayram munosabati bilan davlat bayrog‘i  osiladi.Bu kuni Litvada eng muhim davlat bayrami - Litva davlati qayta tashkil etilgan kun. 1918-yil 16-fevralda mustaqil demokratik Litva davlati qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda bayramda butun mamlakat bo‘ylab shu muhim sanaga bag‘ishlangan  bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Ular orasida - davlat arboblarining xalq oldida chiqishlari, Litva Respublikasi Prezident saroyida davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimlari, bayram aksiyalari va boshqa tadbirlar. Bu tadbirlarda qishloq xori "Ventukal”  va Litva milliy filarmoniyasi  jamoasi "Musica humana”  ishtirok etadilar. Respublikada mustaqillik bayrami 11-martda nishonlanadi. Rasmiy nomi – Litva Respublikasi. Poytaxti – Vilnyus. Hududi – 65200 km.kv. Davlat tili – litva. Pul birligi – lit. Litva - Yevropaning Boltiq dengizi qirg‘og‘ida joylashgan davlatlaridan biri. Janub va sharqda – Belarus (chegara uzunligi – 653,5 km), janubi-g‘arbda – Rossiya (chegara uzunligi – 267,8 km) va Polsha (103,7 km), shimolda – Latviya (588km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 1613 km. Sohil bo‘ylab chegara uzunligi – 108 km. Mamlakatning katta qismi tekisliklardan iborat. G‘arb va sharqida tepaliklar bor. Yirik daryosi – Nyamunas (Neman), juda ko‘p ko‘llar bor. Yoqut mamlakatning muhim tabiiy resurslaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, torf va qurilish materiallarining zaxiralari mavjud. Umumiy yerlarining deyarli teng yarmi ishlov beriladigan yerlar hisoblanadi. 22% yerlar o‘tloq va yaylovlardan iborat. Iqlimi – o‘zgaruvchan, kontinental.Mamlakat 44 ta tuman va 11 ta shaharga bo‘lingan.Litva industrial -agrar mamlakat.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.