Intilganga tole yor 

8 511

 Yoshlarga g`amxur, bolalarga mehribon, jamoada qat`iy tartibni yoqtiruvchi fidoyi, bilimli, zehni o`tkir, ilg`or pedagogik texnologiyalar tarafdori bo`lgan Abdiyev Rustam 2007-yildan buyon Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida geografiya fani o’qituvchisi vazifasida ishlab kelmoqda.
 
Ish faoliyati davomida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, "Ta’lim to’g`risida”gi Qonun, Davlat ta’lim standarti asosida, interfaol va innovatsion usulda ish olib borib, ularni o’quv jarayonida qo’llab, o’quvchilarga puxta bilim berib kelmoqda. O’qituvchi ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlikni, bunyodkorlikni tatbiq etib kelmoqda. Bu esa o’z navbatida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. O’qituvchi "Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasiga amal qilgan holda o’quvchilarning ota-onalari bilan uzviy hamkorlik qilib kelmoqda. Ish faoliyati davomida o’quvchilari fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvining shahar, viloyat va Respublika bosqichlarida faol ishtirok etmoqda. O`tgan yillar davomida o`quvchilaridan Latipov Normurod, Boboyeva Mashhura, Hamroyev Elyor, Qodirov Hasan, Maxmudov Abdulatif, Ravshanova Sadoqat, Raximov Ma`ruf geografiya fani bo`yicha o`tkazilgan fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvining shahar va viloyat bosqichida faxrli I o`rinni egalladi.

O’tgan yillar davomida o’qituvchi samarali ish olib borib, viloyat miqyosida alohida hurmatga sazovor bo’ldi. O’z fanining jonkuyari, o’zining g`oyaviy-siyosiy, ilmiy bilim darajasini oshirish ustida tinmay ish olib bordi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik ta’lim texnologiyasi usullaridan mohirona foydalanib, ta’lim samaradorligini oshirmoqda.
 Ta’lim tizimida ijodiy muhitni rivojlantirish uchun bor bilim va qobiliyatini ishga solib, 5-9-sinflar uchun "Geografiya fanidan amaliy ish va mashg`ulotlar”, "Qiziqarli geografiya” va "Mahalliy materiallardan foydalanib maktabda geografik maydoncha tashkil etish va undan foydalanish” deb nomlangan uslubiy qo’llanmalari hamda DTS talabi asosida 5-9-sinflar uchun 40 mingdan ortiq mavzulashtirilgan testlarning dasturlashtirilgan elektron tizimini ishlab chiqdi. Shuningdek, o’qituvchi Abdiyev Rustam o’zi tug`ilib o’sgan yurti Navoiy viloyati Xatirchi tumani haqida "Navoiy viloyati Xatirchi tumani toponimlari” nomli o’quv qo’llanmasini yaratdi.

Xalq ta’limi vazirligining Respublika miqyosidagi tajriba-tadqiqot maydonida tadqiqotchi-ekspert o’qituvchi sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. O’qituvchi bugungi kunda umumta’lim maktablarining o’qituvchi va o’quvchilari uchun mo’ljallangan "Geografiya fanidan amaliy ish va mashg`ulotlar” mavzusi doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy va ommabop maqolalari vaqtli matbuot sahifalarida muntazam e’lon qilinadi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonlarida oqilona va samarali foydalanish bilan bir qatorda Internet tarmog`ida www.geografiya.uz veb-sayti ustida muntazam ish olib bormoqda. 
- 2012-yil "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovi Respublika bosqichida 1-o’rin sovrindori.
- 2013-yil pedagogik grantlar dasturi sovrindori.
- 2013-2015-yillar maktabda kasaba uyushma qo’mitasi raisi sifatida O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Eng namunali boshlang`ich tashkilot” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida I o’rinni egalladi.
- 2014-2015-yillar O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o`tkazilgan "Eng namunali militsiya tayanch punktlari" ko`rik-tanlovida "Eng faol kasaba uyushma tashkiloti yetakchisi" nominatsiyasi bo`yicha viloyat bosqichi g`olibi.
- 2015-yil "Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida "Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti" nominatsiyasi bo'yicha www.geografiya.uz veb-sayti bilan II o'rin sovrindori.
- 2016-yil "Eng yaxshi dars ishlanmasi" ko`rik-tanlovi Respublika bosqichi I o'rin sovrindori.
- 2016-yil kasaba uyushmalari tizimida "O`z kasbining mohir egalari" ko`rik-tanlovi viloyat bosqichi g`olibi.
- 2016-yil O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, O'zbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (ATK) rivojlantirish Fondi, UZINFOCOM Markazi va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan o`tkazilgan «Yangi Internet tashabbusi-2016» ko`rik-tanlovi g`olibi.
- 2017-yil "Eng yaxshi dars ishlanmasi" ko`rik-tanlovi Respublika bosqichi III o'rin sovrindori.
 Respublika Ta’lim Markazi ilmiy-metodika kengashining qarori bilan 2012-, 2016-yillarda o’qituvchining ilg`or pedagogik ish tajribasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
 Ta’lim tizimidagi xizmatlari uchun 2011-yil "O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak-nishoni va 2012-yil O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining "Faxriy yorlig`i” bilan taqdirlangan. Shuningdek, bir qancha tashkilotlarning faxriy yorliq va diplomlari bilan taqdirlangan. 
 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentyabrdagi Farmoniga binoan "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.

Gulnora Djumaniyazova
Navoiy shahar 11-DIUM direktori

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.