Marsda tong qanday otadi? 

3 052

Marsni tadqiq qilish maqsadida Arizona Oy va Sayyoralar universiteti laboratoriyasi  rahbarligi ostida Ball Aerospace & Technologies firmasi tomonidan loyihalab,  Mars Reconnaissance Orbiter kosmik apparati bortiga o'rnatilgan «HiRISE» (High Resolution Imaging Science Experiment) yuqori aniqlikdagi fazoviy kamerasi tufayli biz, yaqin qo'shnimiz - Mars sayyorasida tongning qanday otishi, Quyoshning zenitdagi holati, Marsdagi kezib yurgan Marsaxod tadqiqotchi apparatlarini kuzatishimiz mumkin.
 
Mazkur loyiha 40 million AQSH dollariga baholangan bo'lib, 65 kg vaznga ega. Kamera 0.5 metr aperturaga ega teleskop-reflektorni o'zida namoyom etadi. Bu teleskop hozirgacha ochiq fazo qa'riga yuborilgan kameralarning eng kattasi bo'lib, uning tasvirga olish sifati 30 sm/pikselgacha yetadi. Bu Mars sirtidan 300 km balandlikda ham o'ta aniqlikdagi sifatli tasvirlar olish va yerga yuborish imkonini beradi. Bunda kamera olgan tasvir kengligi 6 km gacha yetadi. Kamera uch xil rangdagi diapazonlarda: 400-600 nm (ko'k-yashil yoki, B-G),  550 - 850 nm (qizil) va 800 - 1000 nm (yaqin infraqizil yoki, NIR) tasvirga olish xususiyatiga ega.

Kamera shu vaqtgacha Mars sirtida ishlahan va hozirda faoloiyat olib borayotgan Marsaxodlar - "Opportyuniti" va "Kuriositi" larni shuningdek, Mars tongi hodisalarini samarali ravishda tasvirga olib, NASA laboratoriyalariga jo'natdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.