Jahon tabiiy resurslari
Insoniyat tabiat qo'ynida paydo bo‘ldi,
ulg'aydi, hozirgi intellektual yetuklik (sivilizatsiya) darajasiga yetdi. U ana
shu evolutsion rivojlanishi davomida tabiatdan asosiy yashash vositalarini
oldi, uni chuqur о`zgartirishga
erishdi va o‘z navbatida unga o'z ta’sirini o‘tkazib
keldi. Boshqacha aytganda, o'tgan uzoq tarixiy davrlar davomida insoniyatning
tabiatga, tabiatning esa inson hayotiga о`zaro ta’siri uzluksiz kuchayib bordi. Binobarin,
taraqqiyot jarayonining barcha davrlarida insoniyat tarixini uning tabiat bilan
o'zaro aloqalari tarixi ham deb hisoblash mumkin. Ana shu uzluksiz, tobora
kuchayib borgan o‘zaro aloqalar jarayoni jamiyat va tabiatning hozirgi holatiga
olib keldi.
Jamiyatning rivojlanishi jarayonida zamin bo`lgan
Ona Yer, Ona Tabiat insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridan to
hozirgacha o‘z boshidan katta o‘zgarishlarni o'tkazdi. Jamiyat va tabiatning
o‘zaro aloqadorligi jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki
bosqichlarida inson, asosan,
tabiat bergan ne’matlar hisobiga yashagan. U ovchilik, baliqchilik bilan
shug'ullangan, o‘simlik ildizlarini yig‘ib kun kechirgan. Tabiiyki, u davrlarda
kishilar o‘simlik va hayvonlarga boy bo'lgan, asosan, iliq va nam hududlarda
jamoa bo'lib yashashga intilganlar. Inson hayotining ushbu bosqichlari fanda ibtidoiy
jamoa davri deb ataladi.
Insoniyat hayotining 2-bosqichida
dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari rivojlana bordi. Aynan shu davrlardan
boshlab Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va Yanszi, Amu va Sirdaryo
vodiylari, Qadimiy Yunoniston va Rim davlatlari ana shunday katta ijtimoiy
o'zgarishlarga erishgan hududga aylandi.
Yillar, asrlar o'tishi davomida jamiyat bilan
tabiatning o'zaro ta’siri ham sekin-asta kengayib bordi. Avvalo insonning
tabiatga ta’siri kuchaya bordi. Bular, o'z navbatida jamiyat hayotida tobora
katta o'zgarishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Asta-sekin aholi sari
ortib bora boshladi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotining 3-bosqichi hisoblanmish
o‘rta asrlar davrida yer, mineral
va o'rmon resurslarini kengroq o'zlashtirishga kirishila boshlandi. Karvon
yo'llari (Buyuk ipak yo'li) orqali hududlararo aloqalar kuchaya bordi. Aholining
ko'paya borishi yerlarga ishlov berishni kuchaytirish va yangi hududlarni
o'zlashtirishga undadi.
Bundav o'zgarishlar eng avvalo, «Eski dunyo»
hududlariga, ya’ni G`arbiy Yevropa, Osiyoning janubiy mintaqa kengliklarida joylashgan
mamlakatlariga xosdir. Tabiiyki, o'rta asrlar davrida aholining yashash hududlari
yanada kengaydi. Bular, eng avvalo. kashf qilingan «Yangi dunyo» deb atalmish
Amerika va Avstraliya qit’alarining o'zlashtirila borishi misolida o'z ifodasini
topadi.
Jamiyat bilan tabiatning о‘zaro ta’siri jarayonining
4-bosqichda inson tomonidan tabiatni o'zlashtirish ancha tezlashdi. Ayniqsa, Yevropada ishlab chiqarish
kuchlarining yanada rivojlanishi xilma-xil tabiiy resurslarni о`zlashtirish sur’atlarini
keskin tezlashtirdi. Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika,
shumngdek, insoniyatning eng qadimiy beshiklaridan Osiyo hududlarini to'laroq
egallash, ulami mustamlakalarga aylantirish va iqtisodiy jihatdan o'zlashtirish
harakatlari mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy mazmuniga aylangan edi. Tabiiyki,
bu holat Yevropada sanoat rivojlanishida tub burilishlaming boshlanishiga asos
bo`ldi. Dunyo miqyosida tabiiy landshaftlarning tez suratlarda о`zlashtirilishi (bo'sh
yotgan yerlarning haydalib ekin maydonlariga aylantirilishi, tabiiy va ijtimoiy
boyliklarning ayoviz ishga solina borishi, temiryo`llar qurilishining avj
olishi kabilar) natijasida inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’siri
sekin-asta kuchayib boradi.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan
hozirgi fan-texnika inqilobi davrida jamiyat va tabiat о rtasidagi o'zaro munosabatlar faolligi o'zining eng
yuqori darajasiga yetdi. Bu bosqichda «Jamiyat - tabiat» ning o'zaro
munosabatlarida jamiyatning faolligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bu davrga kelib inson
tomonidan yer yuzasi tabiatini keng miqyosda o'zlashtirishga erishildi. Ayniqsa,
FTI davrida turli tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlarining tinimsiz ortib
borishi, tabiatga murakkab tarkibli, ko`p hollarda har
taraflama zaharli sanoat va boshqa turdagi chiqindilarning tinimsiz chiqarib
tashlanishi tobora «Jamiyat-tabiat» о`rtasidagi o'zaro munosabatlardagi muvozanatning buzila borishiga sabab
bo`lmoqda. Bu holat insoniyat o'z oykumena (grekcha oikeo — yashayman,
joylashaman, ya’ni yer yuzasining aholi jashaydigan aholi istiqomat qiladigan
qismi demakdir) chegaralarini tinimsiz kengaytirib bordi. Olimlarning
hisob-kitoblariga ko'ra hozirgi vaqtda inson tomonidan о`zlashtirilgan antropogen
landshaftlar dunyo quruqligining 60 foizidan ortiqroq maydonini egallaydi.
Ayniqsa, quruqlikning 20 foiz qismida tabiiy landshaftlar tubdan
o'zgartirilgan: ular shahar va qishloqlar, industrial ishlab chiqarish ob`yektlari,
ekinzor va bog'lar, yo`llar va suv omborlari qo`lda ekilgan o'rmonlar va
istirohat joylaridir.
Demak, inson o`z hayoti sharoitini
takomillashtirish va ko`lamini kengaytirishi yo`lida sayyoramizning
mintaqalarida tabiat imkoniyatlaridan tobora ko`proq foydalanishga harakat
qildi hamda shunga erishdi, o`ziga xos yashash muhitini yaratdi. Fanda bu
geografik muhit deb ataladi. Shunday qilib, jamiyat o`z ijtimoiy faoliyati
davomida tabiatdan ko`proq resurslarni oladigan va ayni vaqtda, tabiatga tobora
ko`proq turli xil chiqindilarni chiqarib tashlaydigan bo`lib qoldi.
O`z navbatida, bu jarayon insoniyat oldiga
bir-biri bilan bog`liq bo`lgan:
1. Tabiiy
resurslardan oqilona va samarali foydalanish;
2. Atrof-muhitni
ifloslantirishda muhofaza qilishdek juda dolzarb muammolarni qo`yadi.
Insoniyat o`z hayoti va ijtimoiy faoliyati
davomida turli xil tabiiy resurslar (boyliklar) dan foydalanadi.
Tabiiy resurs deb, inson hayoti va faoliyai
davomida bevosita foydalaniladigan barcha tabiat ne`matlariga aytiladi.
Yer shari juda ko`p va xilma-xil tabiiy
resurslarga ega. Tabiiy resurslar besh turga bo`linadi. Ular yer, suv, mineral,
biologik va iqlimiy resurslardan iborat. Ular yer yuzasi bo`ylab ancha notekis
joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar, mamlakatlar, materiklar tabiiy
resurslar bilan turlicha ta`minlangan, ularning turlari va miqdoriy
ko`rsatkichlari ham har xil. Bu holat, o`z navbatida, resurslar bilan
ta`minlanganlik tushunchasini keltirib chiqaradi.
Tabiiy resurslar bilan ta`minlanganlik
deganda, tabiiy resurslarning umumiy ko`lami ko`rsatkichlari bilan ulardann
foydalanish miqdori o`rtasidagi nisbat tushuniladi. U tabiiy resursning necha
yillargacha yetishi yoki resurs zahirasining aholi jon boshiga qanchadan
to`g`ri kelishi bilan ifodalanadi.
Ko`pchilik tabiiy resurslar, eng avvalo,
turli moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Shu sababli sanoat xomashyolari bilan ta`minlanish muammosi ko`pchilik
mamlakatlar oldida dolzarb bo`lib turadi.
Tabiiy resurslarning ba`zi birlari, o`z
navbatida, yana ham mayda va kichik turlarga taqsimlanadi. Tabiiy resurslar
tabiatda kelib chiqishi, ishlatilishi xususiyatlariga ko`ra tugaydigan va
tugamaydigan guruhlarga bo`linadi. Tuproq, mieral, o`simlik, hayvonot,
rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslarga kiradi. Ular, o`z
navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo`linadi. Tiklanishi
mumkin bo`lgan tabiiy resurslarga tuproq, o`simlik, hayvonot, rekreatsiya,
chuchuk – iste`mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari
tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar
ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yerning ichki (geotermal)
energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo`ylab notekis joylashgan. Fors
qo`ltig`i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va molubden
rudalariga, Shimoliy yarimsharning o`rta kengliklari va ekvatorial mintaqa
hududlari o`rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya,
Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslarning deyarli
barcha xillari bilan yaxshi ta`minlangan. Shuningdek, ko`pgina mamlakatlar
muhim tabiiy boyliklarning bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda
uchinchi xil mamlakatlar, masalan: Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir
qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli
darajada ta`minlanmagan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.