Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanining maqsadi va vazifalari 

9 300

 Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi jamiyat bilan tabiatning o'zaro munosabatlari natijasida kelib chiqqan iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarining jahon bo`yicha, shuningdek, uning ayrim regionlari va mamlakatlari bo‘yicha shakllanishi va rivojlanishiga xos xususiyatlar va qonuniyatlarni o'rganadi.
  Shunday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar qatoriga jahon xo'jaligi, ayrim mamlakat yoki regionlar iqtisodiyoti, aholisining hududiy joylashishi va shaharlari, trans­port tizimlari va boshqalar kiradi.
  Tarixiy hududiy, tizimli va tipologik yondashuvlai hamda tamoyillar о`quv fanining metodologik poydevorini tashkil etadi.
«Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» fanida asosiy e’tibor quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratilgan.  
1.Jahon siyosiy xaritasining shakllanishi va uning o'zgarishlarini ifodalovchi qonuniyatlarni tavsiflash.
2.Jahon tabiiy resurslarining hududiy taqsimlanishiga xos xususiyatlarni aniqlash, ulardan foydalanishning hozirgi holatini tahlil etish va xulosalash.
3.Jahon aholisining soni, dinamikasi, joylashishi va tarklbiga oid qonuniyatlarni tatqiq etish.
4.Fan-texnika inqilobining jahon xo‘jaligiga ko'rsatgan ta’surini tavsiflash.
5.Jahon xojaligini tarmoqlar tarkibining shakllanishi va о`zgarishiga xos jihatlarni aniqlash.
6.Yevropa, Osiyo regionlari va davlatlarining, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasiga qo'shni davlatlarning jahon iqtisodiy va siyosiy hamjamiyatida egallagan o‘rinlarini iqtisodiy-geografik nuqtayi nazardan baholash.
7.Afrika regionlari tabiiy resurslari, aholisi va xo‘jaligiga xos xususiyatlami aniqlash.
8.Avstraliya va Okeaniyani Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika davlatlarini iqtisodiy-geografik nuqtayi nazardan tahlil qilish.
9.Insoniyatning global muammolari, ularning tarkibida bo'lib o`tgan o'zgarishlarni tavsiflash.
  "Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”ning asosiy maqsadi yuqorida qayd qilingan ko‘p qirrali vazifalarni chuqur o‘rganish va ulami qiyosiy tahlil qilish, mamlakatinuzda yangi ijtimoiy jamiyat qurayotgan yoshlarimizga dunyoviy bilmilarni berish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.