Avstraliya Ittifoqi 

8 300

  

Qo`shimcha ma`lumot
Maydoni – 7692,0 ming km.kv. Aholisi (2018-y.) – 24,5 mln. Poytaxti – Kanberra

Avstraliya Ittifoqi bir butun materikni to‘liq egallagan jahondagi yagona davlat. Tarkibiga Avstraliya materigidan tashqari Tasmaniya va boshqa orollar kiradi. Qirg‘oqlari shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, uning dengiz va qo‘ltiqlari, sharqiy tomondan esa Tinch okean dengizlari suvlari bilan yuviladi. Maydoni jihatidan jahonda 6-o‘rinda turadi. 

Iqtisodiy-geografik o‘rni Janubiy yarim sharda, boshqa mintaqalardan ancha olisda joylashganligi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dengiz va havo transporti mamlakatni jahonning barcha mintaqalari bilan doimiy aloqada bo‘lishini ta’minlaydi.

Avstraliya Ittifoqi Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi hisoblanib, uning rasmiy davlat rahbari Buyuk Britaniya hukmdori hisoblanadi. Amalda siyosiy boshqaruv ti-zimida yetakchi rol bosh vazirga tegishli. 

Avstraliya 6 ta shtat va 2 ta hududdan tashkil topgan federativ davlat.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Avstraliyaning relyefi, asosan, tekislik va kuchli parchalangan platolardan iborat. Faqat sharqda o‘rtacha ba-landlikdagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi mavjud. Unda Avstraliyaning eng baland nuqtasi Kossyushko cho‘qqisi (2 228 m) joylashgan. 

Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Mamlakat temir, mis, nikel, uran, boksit rudalari, ko‘mir, oltin, olmos zaxiralari bilan jahon miqyosida alohida ajralib turadi.

Avstraliya hududi, asosan, subekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan bo‘lib, iqlimining eng muhim xususiyati uning qurg‘oqchilligidan iborat. Mamlakat hududining juda katta qismini cho‘l, chalacho‘l va savannalar egallaydi. Avstraliya tabiatining eng katta kamchiligi suv resurslarining taqchilligidir. Asosiy daryosi Murrey va uning irmog‘i Darlingning suvi mavsumlar bo‘yicha keskin o‘zgarib turadi.
Aholisi. Avstraliya aholi zichligi eng past bo‘lgan jahon davlatlaridan biridir. Bu yerda 1 km2 hududga o‘rta hisobda 3 kishi to‘g‘ri keladi. Avstraliyada aholi, asosan, janubi-sharqiy va sharqiy hududlarida mujas-samlashgan, ichki hududlarida esa juda siyrak joylashgan. Avstraliyada aholining tabiiy ko‘payishi past, yiliga 0,5–0,6 % ga teng. 

Aholi sonining ortib borishiga tashqi migratsiya ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Aholining migratsion ko‘payishi yillik hisobda 0,8–1,0 % ni tashkil etadi. 
Umuman olganda, Avstraliyaning aholisi migratsiya hisobiga shakllangan. Materikning tub aholisi – avstraliyalik aborigenlar – davlat aholi-sining atigi 1 % ini tashkil etadi. Asosiy millat – avstraliyalik inglizlar. 

Avstraliya Ittifoqi yuqori urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga mansub. Unda shahar aholisining ulushi 90 % ga teng. Eng yirik shaharlari – Sidney, Melburn, Brisben, Pert, Adelaida.

Iqtisodiyoti. Avstraliya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. YIMning hajmi bo‘yicha Avstraliya jahonning yetakchi 20 ta davlatlari tarkibiga kiradi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIM miqdori esa unda aksariyat Yevropa davlatlaridan ham yuqori.

Avstraliyaning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini, ko‘p jihatdan, tog‘-kon va yoqilg‘i sanoati belgilaydi. U ko‘mir, uran, temir, boksit, oltin, nikel, rux qazib olish bo‘yicha jahondagi yetakchi 3 ta davlat qatoriga kiradi. Ko‘mir, suyultirilgan gaz, uran, qora va rangli metallarning katta qismi Osiyo davlatlari, birinchi navbatda, Xitoyga eksport qilinadi. Qishloq xo‘jaligi ham Avstraliya iqtisodiyotining muhim sohasi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qo‘ychilik va qoramolchi-likdir. Avstraliya jahonda qo‘ylar soni va jun ishlab chiqarish bo‘yicha 2-o‘rinda, jun hamda mol go‘shti eksporti bo‘yicha esa 1-o‘rinda turadi. 

Dehqonchiligi donchilik, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan. Avstraliyaning asosiy iqtisodiy rayoni uning janubi-sharqi hisoblanadi.  Bu yerda mamlakat aholisining 70% i istiqomat qiladi hamda uning 2 ta eng yirik shahri – Sidney va Melburn joylashgan.  

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.