Yong’in xavfsizligi qoidalari
Yong’inning
oldini olish uni o’chirishdan oson!
Yong’inni oldini
olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:- Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;
- Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;
- Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;
- Gugurt o’yinchoq emas, buni doimo yodda tut;
- Yong’in sodir bo’lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak;
- Transport vositalarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qil;
- Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo’lovchilar ko’p vagonda tashish juda xavfli;
- Uyda iloji bo’lsa ixcham o’t o’chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko’rsatilgan qo’llanma osig’liq turishi lozim.
Yong’in chiqqan hollarda:
- Darhol o’t o’chirish xizmati 101 raqamiga xabar bering;
- Mavjud bo’lgan vositalar (o’t o’chirgich, suv, qum, qalin yopqichlar) yordamida yong’inni o’chirishga urinib ko’ring;
- Yonayotgan xonaga havo kirishini chekla (derazalarni va eshiklarni zarurat bo’lmasa ochma), quyuq tutun bo’lganda zudlik bilan xonani tark et va eshikni mahkam yoping;
- Xonadan chiqayotganingda ko’zlaringni va nafas olish organlarini tutundan respirator, paxta dokali niqob, ho’llangan latta yoki sochiq bilan himoya qiling.
Evakuatsiya qilish yo’llari:
- Zinapoyalar, tutash balkonlardan;
- Tashqi yong’in narvonlari;
- Yo’laklar;
- Baland imoratlarda balkonlardagi pastki qavatlarga tushadigan evakuatsiya lyuklaridan foydalanish mumkin.
Bularni bilish kerak!
- Ho’l sochiq yoki qalin gazlama nafas olish organlarini tutundan saqlaydi;
- Vaqtida (tez yordam kelguncha) qilingan sun’iy nafas jabrlangan kishining hayotini saqlab qoladi;
- Sun’iy nafas oldirish ochiq havoda bo’lishi kerak;
- Odamlar badanidagi kuygan joylarni vodoprovod suvida yuvish tavsiya etiladi.
- Yong’in chiqsa, 101-raqamiga qo’ng’iroq qiling!
Yong’in
sodir bo’lganda xavfsizlik qoidalari
Mumkin emas:
- O’t o’chiruvchilarni chaqirmay yong’in bilan mustaqil kurashish;
- Elektr asboblarini tokdan o’chirmay suv bilan o’chirish (tok urib olishi mumkin);
- Tutunni chiqarib yuborish uchun deraza va eshiklarni ochish (yong’in toza havo kirishi natijasida kuchayadi);
- Katta maydon yong’in ostida qolgan vaqtda liftdan foydalanish (odam liftda qamalib va tutundan bo’g’ilib qolishi mumkin);
- Tutunli yo’lak yoki zinapoya orqali chiqishga harakat qilish (tutun zaharli, issiq havo esa o’pkani kuydirishi mumkin);
- Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushish (qulab tushish ehtimoli katta);
- Derazalardan sakrash (3 qavat va undan yuqorisidan sakrashning har ikkinchisi o’lim bilan tugaydi).
Birlamchi o`t o`chirish vositalari
Uglekislotali o’t o’chirgich
Kukunli o’t o’chirgich
Uglekislotali o’t o’chirish vositalari
O’t o’chirish vositasi havo kirmasa ham yonadigan moddalarni o’chirish uchun mo’ljallangan. Elektr yurgizgichlarni, elektr asbob uskunalarni, kimyoviy labaratoriyalarda, arxivlarda va muzeylarda yong’in o’chirishda tengi yo’q. Past haroratdan qo’rqmaydi.
Uglekislotali o’t o’chirish vositasini ishlatish tartibi
1. Plombasini buz va mixini chiqarib yuboring.
2. Olovga o’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragini yo’naltiring.
3. Richagni bosing.
Kukunli o’t o’chirish vositalari
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, shuningdek 1kv gacha kuchlanishdagi elektr qurilmalardagi yong’inni o’chirish uchun mo’ljallangan.
Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, shuningdek 1kv gacha kuchlanishdagi elektr qurilmalardagi yong’inni o’chirish uchun mo’ljallangan.
O’t o’chirish vositalari bilan avtoulov, garaj, ombor, ofis va banklar, sanoat obyektlari, kasalxonalar, maktablar, shaxsiy uylar va h.k. ta’minlanadilar.
Ishlatish tartibi:
- Mixini sug’urib tashlang;
- Tugmachasini bosing;
- Jo’mragini olovga yo’naltiring;
- Qo’llanayotganda silkitib turish kerak;
- O’t o’chirish vositasini tik holatda ishlat (teskarisiga o’girilmasin!).
- O’t o’chirish vositasini yotiq ushlash va teskari ya’ni boshini pastga qilish;
- O’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragiga qo’l yoki badanning boshqa ochiq joyi bilan tegish (uning harorati –60-70°C gacha pasayib ketadi);
- Jo’mragini kuchlanish ostidagi elektr uskunalariga 1m masofadan yaqinlashtirish.
Ishlatish tartibi:
- Quti eshigini oching;
- O’t o’chirish yengini olov yonayotgan tomonga yoying;
- Kranni soat strelkasiga teskari yo’nalishda burab oching;
- Dastakni olov yonayotgan tomonga qaratib, uni o’chiring.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.