Suvdagi xavfsizlik qoidalari
Suvdan ehtiyot bo`ling!
Suv – bizning do’stimiz, faqat oqilona va ehtiyotlik bilan ish tutsak.
Taqiqlanadi:
- Suv havzalari yoniga kattalarsiz yaqinlashish;
- Notanish va taqiqlangan joylarda cho’milish;
- O’tib ketayotgan qayiqlar yaqiniga suzib borish;
- Cheklash belgilaridan suzib o’tish;
- Notanish joyda kalla tashlash;
- Ko’priklar, to’g’onlar, qayiqlardan suvga sakrash qat’iyan man etiladi.
Qayiqda bo’lsangiz:
- Egasiz va texnik nosoz qayiqlardan foydalanmang;
- Qutqarish va suv chiqarib tashlash vositalarisiz, shuningdek qattiq shamol bo’lganda suzishga chiqmang;
- Suzish vositalariga texnik pasportda ko’rsatilganidan ortiq yo’lovchi va yuk ortish man qilinadi;
- Suv ustida bir qayiqdan ikkinchisiga o’tmang;
- Qayiqdan suvga kalla tashlamang;
- Qayiqqa o’tirgandan keyin joyidan turish, o’ynash, joy almashish, chayqatish mumkin emas;
- Qayiqda odamlar cho’milayotgan joyga borish mumkin emas;
- Qorong’i tushganda suzish vositalaridan foydalanmang;
- 14 yoshga to’lmagan bolalarga kattalar hamrohligisiz suzish vositalaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Cho’miluvchilarga maslahatlar:
- Quyoshli, shamolsiz havoda cho’milish;
- Havo harorati –plyus 20-25°C;
- Suv harorati –17-19°C dan past bo’lmasligi kerak.
Quyidagi hollarda cho’milish tavsiya etilmaydi:
- Charchagan bo’lsangiz:
- Oftobda ortiqcha qizib ketgan bo’lsangiz;
- Qorning och bo’lsa;
- Chanqagan bo’lsangiz;
- Yaqindagina kasaldan tuzalgan bo’lsangiz.
Tomir tortishganda:
- Qo’l barmoqlarida: panjangni tezda musht qilib, qattiq qisib, qo’lingni yon tomonga keskin uloqtirganday harakatlantirib, mushtingni ochib yuboring;
- Boldir mushaklari tortishganda: engashib, tortishgan oyoq kaftidan ushlab olib, o’zinga tomon qattiq torting;
- Son mushaklari tortishganda: to’piq yaqinida oyog’ing yuzini tashqi tomondan ushlab, oyog’ingni tizzadan bukib, orqaga kuraging tomonga tort.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.