Navoiy viloyati 

12 510

Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqum sahrosining kattagina qismini egallaydi. 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Shimol va shimoli-sharqdan Qozogʻiston Respublikasi, janubi-sharqdan Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo va janubi-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. 
Maydoni: 111 ming km.kv. 
Aholi soni: 1 mln. 33 ming 900 kishidan ortiq (01.01.2022-yil)
Markazi: Mavoiy shahri (40°05′04″ sh.k.  65°22′45″ shq.uz)
Hududiy bo`linishi: 8 ta tuman, 6 ta shahar va 47 ta shaharcha 

Geografiyasi va iqlimi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillikning ilk davrida —   1992-yilning boshida Navoiy viloyati qayta tashkil etildi. Shundan buyon viloyatning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi yo’lida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirildi. 

Navoiy yosh va navqiron viloyat bo’lsa-da, uning insoniyat tamadduniga katta hissa qo’shgan qadimiy va boy tarixi bor. Prezidentimiz Islom Karimovning viloyat ahliga qarata: «Aziz birodarlar, baraka topkurlar, aytinglar-chi, sizlar har kuni ko’rib va kezib yuradigan Karmana shahrining yoshi nechada? Yoki Cho’li Malikdagi eski Rabot va Sardoba qachon paydo bo’lgan? Sarmish darasi va g`oridagi ibtidoiy suratlar bu o’lkaning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri ekanidan darak bermaydimi?» — degan fikrlari bu diyor tarixining eng qadimiy davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi. 

Bugunga kelib, Navoiy viloyati har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan eng katta viloyat bo’lib, Qoraqalpog`istondan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning umumiy hududi 110,99 ming kv. kmni tashkil etadi. Viloyat o’ziga xos tabiiy sharoitiga ko’ra yirik uch qismga bo’linadi: viloyatning shimoli-g`arbiy qismini bag`rida ne-ne sir-sinoatlarni yashirib yotgan Qizilqum cho’li egallagan. Janubi-sharqiy qismida Nurota tog` tizmalariga tegishli Qoratog`, Oqtog` singari tog`lar bo’y cho’zgan bo’lsa, Zarafshon daryosi vohasining o’rta qismida viloyatning dehqonchilik zonasi o’rnashgan. Viloyat shimoldan va shimoli-sharqdan Qozog`iston respublikasi hududi bilan, janubi-sharqdan mamlakatimizning Jizzax, Samarqand, janubdan Qashqadaryo, janubi-g`arbdan esa Buxoro viloyatlari bilan chegaradoshdir. 

Navoiy viloyati zaminida shifobaxsh, sho’r va er osti chuchuk suv zahiralari aniqlangan bo’lib, Tomdibuloq, Qaraqota, Chingildi atroflaridan topilgan suvlardan xalq salomatligini mustahkamlash hamda xo’jalik yumushlarida unumli foydalanilmoqda. Viloyatning asosiy suv manbai Zarafshon daryosi hisoblanadi. Hududda dehqonchilik maydonlari Amu-Buxoro mashina kanalining Navoiy, O’rtacho’l, Amu, Sumbul, Mayna tarmoqlari hamda Zarafshondan suv oladigan Konimex, Tos, Shovot, Chovli, o’ng va chap qirg`oq, Navkar kanallari orqali suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, Quyimozor, To’dako’l suv omborlarida kuz-qishmavsumida kerakli suv zaxiralari hosil qilinadi. Viloyatda 32 ta yirik suv chiqarish elektr nasos stanciyalari ishlab turibdi. 

Viloyatning shimoli va g`arbida ko’chma qum barxanlari, gilli cho’l zonalari yastanib yotadi. Mazkur kengliklar, ayniqsa, bahor oylarida turfa tabiiy giyohlar, o’t-o’lanlar, rang-barang o’simliklar bilan bezanadi. Astragal, shuvoq, sho’ra, isiriq, qamish, zarpechak, saksovul, yulg`un va boshqa o’nlab nomdagi cho’l butalari go’yo jonsizdek tuyuladigan bepoyon zaminga beqiyos chiroy baxsh etadi. Bu erlarda yil — o’n ikki oy chorva boqiladi. Qandim, cherkez, singren, oqpechak, selin, efemer va boshqa o’tlar chorva mollari uchun to’yimli ozuqadir. Navoiy cho’llari, dashtu dalalari, tog`u toshlari ming turlihayvonot-hashoratlarga ona bag`irlik qiladi. bu viloyatda respublikamizning boshqa joylarida kam uchraydigan yoxud umuman ko’zga tashlanmaydigan yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar, sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar oilasiga mansub turfa xil jonivorlar saqlanib qolgan. masalan, Bo’kantovda va Mingbuloq botig`ida qobon, bo’ri, chiyabo’ri, tulki, uzun dumli mushuk, cho’l mushugi kabi noyob hayvonlar emin-erkin urchib-ko’payib borayotgan bo’lsa, cho’l va dasht zonalarida malla yumronqoziq, sug`ur, sassiqko’zan, jayra, kaltakesak, turfa xil ilonlar, toshbaqalar har qadamda uchraydi. Bu erda qushlarning ham tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirg`ovul singari o’nlab noyob turlari tabiiy sharoitda saqlanib qolgan. Yurtboshimiz mintaqaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o’rni va mavqeiga quyidagicha yuksak baho beradi: «Navoiy viloyati deganda, bu go’zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho’l va dalalar, bepoyon yaylovlar bilan birga, ulkan sanoat mintaqasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi». 

Navoiy viloyati tarkibida 8 ta qishloq tumani mavjud bo’lib, ular — Xatirchi, Qiziltepa, Karmana, Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq, Tomdi tumanlari hisoblanadi. Ulardan tashqari viloyatda 2 ta yirik shahar — Navoiy, Zarafshon, 38 ta shaharcha, 54 ta qishloq fuqarolari yig`inlari, 278 ta mahalla mavjud. 

Navoiy mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o’rin tutadigan viloyatlardan biri hisoblanadi. bu, avvalo, viloyatda er osti va er usti tabiiy boyliklarining nihoyatda mo’lligi, bu boyliklarni qazib olish va qayta ishlash uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yirik sanoat korxonalarining mavjudligi, eng asosiysi esa, mana shu korxonalarda bir qarashda oddiy tuproq va toshdan turli qimmatbaho ma’danlarni ajratib olishdek murakkab hamda mashaqqatli ishlarni amalga oshira oladigan fidoyi insonlar bu o’lkada yashashi bilan izohlanadi. 
Viloyat markazi mamlakatimizning eng so’lim va ozoda, tartibli va mehmondo’st go’shalaridan biri Navoiy shahridir. Buyuk mutafakkir bobomizning qutlug` nomi berilgan bu go’zal shahar 2008-yilda o’zining yarim asrlik to’yini keng miqyosda nishonladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.