Ilinib turgan basseyn 

4 751

Dunyo turli ajoyibotlarga boy. Inson qo`llari bilan yaratilgan turfa kashhfiyotlarni barcha sohalarda ko`rish mumkin. Suv havzalari borasida ham shunday bir qator hayratlanarli ma`lumotlar mavjud. Shunday yaratuvchanliklardan biri, Dallas (AQSH) ning markaziy ko`chalaridan birida joylashgan "Joule” nomli beshyulduzli mehmonxonaning 8-qavatida "ilinib turgan” basseyn ixtiro qilingan.

Dunyodagi eng katta basseyn Chilida joylashgan. Uning uzunligi 1 km bo`lib, 8 gektar joyni egallaydi. Ushbu basseynni to`ldirish uchun 300000 kubometr suv ketadi.

Dunyodagi eng chuqur "Nemo 33” nomli basseyn Belgiyada joylashgan. Ushbu suv havzasining chuqurligi 3 qismga bo`lingan. Eng sayoz joyi 5 metr, o`rtacha chuqurligi 10 metr va eng chuqur joyi 33 metrdir. Basseyn 2500000 litr suv bilan to`ldiriladi.

Yaponiyada dunyodagi eng katta usti yopiq basseyn joylashgan bo`lib, uning uzunligi 300 metr, kengligi 100 metrni tashkil etadi.


plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.