Eng qudratli davlatlar: Qaysi davlat nechanchi o'ringa loyiq? 

4 201

Dunyoning eng qudratli davlatlarini aniqlash birmuncha mushkul hisoblanadi. Biroq U.S. News and World Report media kompaniyasi Pensilvaniya Universitetining Uarton maktabi hamda BAV Group tahliliy markazi bilan birgalikda o’zining eng yaxshi mamlakatlar reytingiga asosan dunyoning eng qudratli davlatlarini aniqlashdi.

Ushbu hisobot dunyoning to’rt mintaqasidan bo’lgan 20 000 dan oshiq odam bilan o’tkazilgan so’rovnomaga asoslanadi. So’rovda ishtirok etganlardan 5 jihat bo’yicha 80 ta mamlakatni o’zaro bo’glashlari so’ralgan. Bular harbiy ittifoqlar, xalqaro ittifoqlar, mamlakatning siyosiy ta'sir doirasi, iqtisodiy ta'sir va yetakchilik kabi jihatlarni o’z ichiga oladi.

2019-yilgi izlanishga ko’ra, AQSh dunyoning eng qudratli mamlakati sifatida qayd etildi. Undan keyingi o’rinlarni Rossiya va Xitoy egallagan.

Hisobotga ko'ra dunyoning eng qudratli 25 ta davlatlari quyidagilar:
1. Amerika Qo'shma Shtatlari
2. Rossiya
3. Xitoy
4. Germaniya
5. Buyuk Britaniya
6. Fransiya
7. Yaponiya
8. Isroil
9. Saudiya Arabistoni
10. Janubiy Koreya
11. Birlashgan Arab Amirliklari
12. Kanada
13. Eron
14. Shvetsariya 
15. Avstraliya
16. Turkiya
17. Hindiston
18. Italiya
19. Iroq
20. Singapur
21. Shvetsiya
22. Pokiston
23. Ispaniya
24. Qatar
25. Belgiya

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.