Chiqindilar ombori 

3 666

 Ushbu chiqindilar foydali konlarni o’zlashtirish jarayonida hosil bo‘lgan suyuq chiqindilardir. Ularda qimmatbaho komponentlar miqdori oz bo’lgani uchun qayta ishlash foydakeltirmaydi. Chiqindilar asosan, bo‘sh jinslardan iborat bo’lib ulardan olinadigan moddalar foizning yuzdan bir qismini tashkil etmasligi, biroq shunda ham biz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
  Ushbu chiqindilar atrof-muhitni bulg’amasligi maxsus inshootlar qurishadi. Ularni suyuq chiqindilar ombori deyishadi.
 Bunday suyuq chiqindilar ombori tog’ jinslarini boyitish fabrikalaridan bir necha kilometr masofada boigan dara yoki chuqurliklarda joylashadi.
 Chiqindilar oqib ketmasligi uchun omborlami mustahkam devorlar bilan o‘rab chiqishadi.
Bir ombor toiib borgani sari, ikkinchisi quriladi va omborlarning chuqurligi ortib boradi.
Agarda omborlarda xavfli chiqindilar saqlansa, ularni baland temir-beton devor bilan o‘rab chiqish kerak. Shunda ombordagi chiqindilar atrof-muhitga tushmaydi va uning hududiga begonalar kirolmaydi.
 Maxsus xizmatlar omborlarning holatini nazorat qilib borishadi, uning atrofidagi radiatsiya fonini oichashadi, yer usti va osti suvlari hamda atmosfera havosi tarkibini tahlil qilishadi. Ko’rsatkichlar me’yoridan oshib ketsa xavotirlanishga asos bor va inshootni ta’mirlash zarur bo`ladi.
 Agarda muammo hal etilmasa, u holda yangi ombor quriladi va chiqindilar qayta ko‘miladi. Omborlarning tindirilgan suvlari tozalanib mahalliy suv havzalariga quyiladi yoki boyitish fabrikalariga qaytariladi. To`lgan chiqindilar ombori ko‘milib, og’zi bekitib tashlanadi.
  Balki kelgusi avlodlarimiz ushbu chiqindilarni qayta ishlashga kirisharlar, hozircha esa ular ogir himoya qatlami ostida "uxlab” yotibdi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.