Atrof-muhit muhofazasi - oddiy ish emas
Ekologiya - bu nazariya, atrof-muhit esa - amaliyot, desak ham bo'ladi. Atrof-muhit muhofazasi bilan hozirgi kunda ko'plab tashkilotJar shug'ullanadi va ular uchun bu asosiy ish bo'lib qolgan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida qonunlar ishlab chiqadigan va ularning ijrosini ta'minlaydigan, xulJas shu sohadagi eng asosiy tashkilot bu - O'zbekiston RespubJikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasidir.
Qo'mita respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qilinayotgan ishlarning barchasi uchun javob beradi va boshqa tashkilotlar tomonidan atmosfera, suv manbalari, o'simlik va hayvonot olamiga zarar yetkazilmasligini nazorat qiladi.
Atrof-muhitga o'z vaqtida va zarur yordam ko'rsatish uchun qo'mita respublikaning barcha viJoyatlarida o'z bo'Iimlariga ega.
Qo'mitaning 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti bor, birida («SuvGEO» Toshkent ilmiy-tadqiqot instituti) yer osti va yer usti suvlarini muhofaza qilish bo'yicha izlanishlar olib boriladi, ikkinchisida esa («Atmosfera» ilmiy-tadqiqot instituti) -atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha tadqiqotlar o'tkaziladi.
Ushbu institutlardan tashqari Qo'mitaning «Suv xo'jaligi ekologiyasi» deb nom olgan ilmiy markazi bor. Markaz Orol dengizi qurib borishi va respublikamiz hududidan oqib o'tayotgan daryolar ifioslanishi bilan bog'liq bo'lgan muarnmolarni hal etish masalalari bilan shug'ullanib keladi.
Qo'mita yangi quriladigan korxonalarning atrof-muhit uchun qay darajada xavfli ekanligini aniqlash maqsadida ularning barcha loyihalarini tekshiruvdan o'tkazadi, zarur hollarda ushbu korxonalarning ekologik xavfsizligini ta" minlash uchun tavsiyalar beradi. Respublikamizda birorta ham korxona Davlat ekologiya ekspertizasining xulosasisiz qurilishi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va tahliliy nazorat nozirligi atrof-muhit holatini doimiy ravishda kuzatib keladi.
O'simlik va hayvonot olami (flora va fauna) holatini Qo'mitaning «Boshbionazorat» maxsus bo'linmasi kuzatib boradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.