Shaharlarning gullab-yashnashi - el farovonligidir!
Shaharlar sonining
ortishi, shahar aholisi, shaharlar rolining ortib borishi hamda shahar turmush
tarzining keng tarqalish jarayoni urbanizatsiya deyiladi.
Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan bir qismi shaharlarda yashaydi. Bundan 3500 yil awal
Tigr, Efrat va keyinchalik Nil daryolari bo‘ylarida dunyoda birinchi shaharlar
paydo bo‘lgan.
Hozirgi davrning
xususiyatlaridan biri urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi hisoblanadi.
Dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi turlicha, masalan, Yevropada - 73%, Shimoliy
Amerikada 75%, Rossiyada 74 %.
Umuman dunyo bo‘yicha
urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 45% tashkil etadi. Shahar o‘ziga xos dunyo, u
maxsus shahar muhitini hosil qiladi. Shahar muhiti va uning tarixiy
rivojlanishi asosiy tarkibiy qismlari va ularga ta’sir qiluvchi omillarni
o‘rganuvchi yangi bilim sohasi urbanizatsiya yoki shahar ekologiyasi deyiladi.
Urbanizatsiya jarayoni
bir tomondan aholining turmush tarzini yaxshilasa, ikkinchi tomondan tabiiy
tizimlarni siqib chiqaradi, ular o‘rnida sun’iy tizimlar barpo etiladi.
Natijada atrof-muhitning ifloslanishi, tirik organizmlarga kimyoviy, fizik va
ruhiy ta’sirlar ortib boradi. Shaharlar bir- birlari bilan qo‘shilib ketib,
yirik o‘ta urbanizatsiyalashgan hududlarni keltirib chiqaradi. Bunday hududlar
odatda megapolislar deb nomlanadi. Katta Nyu-York megapolisi 16 mln. aholi
soniga ega. Yirik shaharlar deyarli tabiiy muhitni, ya’ni atmosfera, tuproq,
o‘simlik va hayvonlar, Yer osti suvlari, iqlim, xuddi shuningdek, Yerning elektr, magnit va boshqa fizik maydonlarini
o‘zgartirib yubordi.
O‘zbekiston Respublikasida 120
shaharlar mavjud bo‘lib, ulardan 89 tasi kichik, 50 ming aholi soniga ega. 14
tasi (o‘rta) 50 mingdan 100 mingacha aholi soniga ega. 13 tasi (yirik) ularda
100 mingdan 250 minggacha aholi yashaydi. Uchtasi (katta) aholi soni 250
mingdan 500 minggacha. Respublika poytaxti Toshkent eng yirik shahar bo‘lib,
uning aholisi 2,2 milliondan ortiq. Toshkent shahri aholisi yuqori zichlikka
ega bo‘lgani uchun uning muhitiga yuqori ekologik tazyiq ko‘rsatilayotgani
kuzatilmoqda. Shahar aholisiga atrof-muhitning ifloslanishi katta xavf soladi.
Atmosferaning ifloslanishi natijasida har xil kasalliklar kelib chiqadi.
Yurak-qon tomir, bronxit, astma, allergik va ruhiy kasalliklar shahar aholisida
ko‘p uchraydi. Inson atrof-muhitini sogiomlashtirish shahar qurilish
sohasining eng muhim vazifasidir. Shaharlar qurilish sohasining rivojlanishi
odamlarning salomatligi uzoq umr ko‘rish hamda ijodiy faoliyat ko‘rsatishi
kabilarga katta ta’sir etadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.