Britaniyada bir martalik plastik mahsulotlar taqiqlanadi
Buyuk Britaniya plastik trubkalar va plastikdan boshqa bir martalik mahsulotlarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Mey bayonot berdi.
Taqiq haqidagi qaror Britaniya Hamdo'stligi davlatlari hukumat rahbarlari uchrashuvida e`lon qilinadi. Ta`kidlanishicha, Britaniya uchrashuvda plastik muammosini hal qiladigan yangi texnologiyalar rivojiga taxminan 86 mln AQSH dollari ajratishi haqida ma`lum qiladi.
«Buyuk Britaniya hukumati bu masalada jahon yetakchisi sanaladi hamda Britaniya jamoatchiligi plastik paketlardan foydalanganlik uchun yig'imlarni qabul qilish va plastik granulalarni taqiqlashda faollik ko'rsatdi. Bugun biz plastik chiqindilarni yanada qisqartirish bo'yicha katta rejalarimizni ilgari surmoqdamiz», - deyiladi Meyning bayonotida.
Shu bilan birga, mamlakat Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ma`lumotlariga ko'ra, Buyuk Britaniyada har yili taxminan 8,5 mlrd plastik trubkalar chiqindiga tashlanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.