Kislotali yomg'irlar Yerni global sovishdan qutqaradi
Xalqaro olimlar guruhi Yerning o'z tarixidagi eng kuchli muzlash davrlaridan biri - proterozoydan chiqishi - global kislotali yomg'irlar va bo'ronlar bilan kuzatilganini ma`lum qildi. Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida shu mavzuga bag'ishlangan tadqiqot chop etildi.
Mutaxassislar Xitoyning janubi-sharqiy Xunan provinsiyasidagi muz qoyalaridan topilgan magniy izotoplarini tahlil qilib, ana shunday xulosaga kelishdi. Olimlar tomonidan o'rganilgan namunalar taxminan 600 million yil ilgari ro'y bergan kuchli eroziya izlariga ega bo'lgan.
Manbaga ko'ra, tog' jinslari degradatsiyasi suv, karbonat angidrid va kislorod ta`siri ostida ro'y beruvchi intensiv kimyoviy jarayon natijasida yuzaga kelgan. Mutaxassislarning baholashicha, sayyoradagi kislotali yomg'irlar davri bir necha yuz yil davom etgan va buning natijasida muzlash davri poyoniga yetgan.
Olimlarning so'zlariga ko'ra, tadqiqot sayyoradagi global sovish qanday qilib global isishga aylanganini izohlash imkonini beradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.