Tabiati betakror dunyoning 10 nuqtasi 

6 250

  Yer sayyorasi juda ulkan va bu narsa vaqt o’tgani sayin yanada kattalashib bormoqda. Olam o’zining ilgari ko’rsatmagan siyratini namoyish etganda, dunyoning boshqa g`am tashvishlari unut bo’ladi, insonning o’sha yerlarga borgisi keladi. Shu bois bugungi kun sayyohi borilaverib siyqasi chiqib ketgan joylarga emas, balki yer yuzining kam nazar tashlangan burchaklariga bormoqda, u yerdagi mahalliy aholi va ularning urf-odatlari bilan tanishmoqda. Shu narsani inobatga olgan holda, sayyohlar vijirlab boradigan joylarning emas, aksincha, tabiati, tarixi bilan borishga arzigulik boshqa hududlarning ro’yxatini tuzib chiqdik. 2015 yilda bu yerlarga borib hordiq chiqarsa arziydi, deya tavsiya qilmoqda xabardor.uz.
Islandiya
  Shimoliy dengizda joylashgan orol o’zining ertaknamo tabiati bilan kishini sehrlab qo’yadi. Bu yerda xuddi filmlardagi kabi dahshatli alvastilar va go’zal parilarni uchratishingiz mumkindek tuyuladi. Islandiyaga borish balki sizga nasib etmas, lekin ishoning u yerdagi tabiat manzarasi, tog` buloqlari suvida cho’milish, g`orlarda sayr etish, sizga rostmanasiga zavq bag`ishlaydi.

Marokash
  Marokash — o’zining bozorlari va O’rta Yer dengizi sohillarida joylashgan plyajlari bilan mashhur. Buningsiz uning sayyohlik manzarasini tasavvur etish qiyin. Shu bilan birga Atlas tog`lariga chiqish, sharsharalar yonida yoki berberlar qishlog`ida tunash, Saxara biyobonining markaziga sayyohat qilish, tuya ustida qip-qizil ufqni tomosha qilish mumkin.
Vyetnam
  Bu yerda Saygon nomli baliqchilar qishlog`i bo’lib, u yerga borish qimmatga tushmaydi. Qayerga sayohat qilish, avvalo, o’z qo’lingizda. Istagan paytda sayyohlik yo’nalishingizni o’zgartirishingiz va Vetnam sari yo’l burishingiz mumkin. Masalan, baliqchilar bilan birga Mekong qishlog`ida yashashingiz yoki safarilarga chiqishingiz mumkin. Bundan tashqari, mamlakat shimolida joylashgan Ketler maskaniga borsa ham bo’ladi.
Tasmaniya
  Bu nom tilga olinganda, ko’pchilikning ko’z o’ngida "Tasmani iblisi” deb nomlanmish yirtqich mahluq gavdalanadi. Biroq bu yerga kelayotgan sayyohlar mamlakatning yovvoiy tabiati, uning o’ziga xos oshxonasi va hech qayerda yo’q maftunkorligini his etishmoqda.
Kolumbiya 
  Yer yuzi bo’ylab sayyohat qiluvchilarning eng ashaddiylariga Janubiy Amerika bo’ylab, yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, Kolumbiyaga tur qilishni maslahat beramiz. Bu yerda hamma narsa bor — Karib dengizining jonli to’lqinlari, Amazonning yovvoyi o’rmonlari, millionlab inson yashaydigan Bogota va dunyoning hech bir yerida yo’q boshqa ko’plab narsalar.
Yaponiya  
 Mamlakatning shimol va janubini bog`lab turuvchi tezyurar poyezdi sayyohlarni Yaponiyaning barcha diqqatga sazovor nuqtalari bilan tanishtirish maqsadida ishga tushirilgan. Bu o’lkaga tashrif buyurgan kishi yuksak texnologiya namunalaridan tashqari milliy madaniyat, Mishlen reytingida yuqori o’rinlarda turuvchi turfa xil restoranlar bilan ham tanishishlari mumkin.
Argentina
  Patagoniya maskani o’zining cheksiz go’zalligi bilan kishilarni maftun etadi. Kordiler matonati hamda tabiat uyg`unligi, inson oyog`i tegmagan bu hududga bir qur nazar tashlashni taqozo etadi. Muzliklar manzarasi, marvariddek toza ko’l, qishloqlar — bularning barini ko’z bilan ko’rish kerak.
Nepal
 Aytishlaricha, jannatga Nepaldan yaqinroq o’lka yo’q emish. Bunga yetarli asoslar bor, chunki Nepal shunchalik balandda joylashganki, mubolag`a bilan aytganda, osmonga yetishiga juda oz qolgan. Ko’p yillik an’analarga tayangan holda nepalliklar Himolay tog`larida tongni qarshi olishni va tog` bag`irlarida joylashgan ehromlarida ibodat qilishni hushlashadi.
Shri-Lanka
  Shri-Lanka sayohat qilish uchun eng qulay mamlakat hisoblanadi, lekin nima uchundir odamlar bu yerni unutib qo’yishgandek go’yo. Bu yerda turizm rivojlangan davlatlarda bor barcha qulayliklar mujassam va buning ustiga qulay narxlarda. Mehmonxonalar yonida aylanib yuruvchi yovvoiy hayvonlar, atrof-muhit manzarasiga alohida tarovat baxsh etib turadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.