Bosh sahifa / Bilasizmi / Bularni sizga geografiya darslarida aytishmaydi! 16 ta hayratga soluvchi faktlar
Bularni sizga geografiya darslarida aytishmaydi! 16 ta hayratga soluvchi faktlar
Dunyodagi eng katta cho’l qayerda ekanligini bilasizmi? Eng baland tog'nichi? “Nemo” nuqtasi haqida eshitganmisiz? Qurg’oqda 7 xil rangli qum uchraydigan joy haqida bilishni istaysizmi? Bu va boshqa qiziqarli faktlar ushbu maqolada. Everest dunyoning eng baland nuqtasi emasChimboraso vulqoni Everestdan bir necha kilometr balandroq joylashgan. Ammo bu faqat Yerning markazidan o’lchaganda (Chimbosaro – 6384,4 km; Everest – 6381 km). Agarda biz dengiz sathidan balandlikni solishtirsak, eng baland nuqta Everestda bo’ladi (Jomolungma – 8848 metr).
Jamoalar Yerning 2 xil yarim sharida turib ham futbol o’ynay oladilar
Braziliyada “Estadio Milton Korrea” hamda “Zeran” (Portugal tilida – “katta nol”) nomli stadion. Bu stadionda baxs oboradigan jamoalarning darvozalari Yerning 2 xil yarim sharida joylashgan. Gap shundaki, maydonning o’rtasidan ekvator chizig’i o’tgan. Nemo nuqtasi
Bu Tinch okeanidagi quruqlikdan eng uzoq bo’lgan nuqta. Eng yaqin quruqliklar 2688 kilometr uzoqlikda uchraydi – bu Dyusi, Motu-Nui va Maher orollari. Nuqtaning nomi Jul Vern asarining qahramonidek ataladi.
Bir vaqtda to’rt shtatda
Bu “To’rt burchak” nomli joy Amerika qo’shma shtatlarida joylashgan. Nega bu yer “To’rt burchak” deb nomlanadi degan savol tug’ilishi mumkin. Bu yerda Arizona, Yuta, Kolorado hamda Nyu-Meksiko shtatlarining chegarasi to’qnashib kelgan. Eng qizig’i, bu yerda odam to’rt shtatda bir vaqtda bo’lishi mumkin.
Ichimlik suvlarni asosiy qismi muzlarda
Yer yuzining 10% muzliklardan iborat. Muzliklar sayoramizning 15 million kv. kilometrnni qoplagan. Yerdagi 75% ichimlik suvi shu muzlarda. Lekin biz faqat muzlamagan suvlarni hisobga olsak, 20% ichimlik suvi birgina Baykal ko’lida.
“Dingo devori”
Avstraliyada XIX asrda chorvachilik ekonomikani yetakchi sohalaridan biri bo’lgan. 1880-yilda fermerlar birgalikda yovvoyi dingo itlaridan qo’ylarni himoya qilish uchun devor qurishga qaror qilishdi. Bu devorning uzunligi hatto Rossiya bilan Xitoy chegarasidan ham uzunroq – 5 614 km (Rossiya-Xitoy chegarasi – 4 209,3 km).
Dunyodagi eng katta cho’l
Cho’l deganda biz issiq oftobli, qumga to’la yerlarni tasavvur qilamiz. Ammo cho’l bu juda ham quruq yerlar degani. Shuning uchun dunyodagi eng katta cho’l qaysi?, deb savol berishsa, “Arktika cho’li” deb javob bering. Ko’pchilik eng katta cho’lni Sahara deb oy’laydilar, ammo eng katta cho’l Arktikada joylashgan, kattaligi – 13,8 million kv.km.
Fazanlar oroli
Bu orol Bidasoa dayrosida joylashgan. Orolda hech kim yashamaydi va u yerga kirish ta’qiqlangan. Ammo bu orolning bir jihati bor. Har 6 oyda orolni egalari almashadi – Ispaniya va Frantsiya. Bu odat 300 yildan beri saqlanib kelinmoqda.
O’lik dengiz
Bu dunyodagi eng sho’r dengiz hisoblanadi. Dengizni suvlari har yili 1 metrga pastlashyapti. Hozirgi kunga kelib u dengiz sathidan 430 metr pastda.
Orolda ko’l, ko’lda orol
Kanadaga tegishli Viktoriya orolida bir ko’l bor, ko’lda esa orol. Bu orolni ham ko’li bor, ko’lda esa orol. Kimdir buni hail, deb aytishi mumkin. Kanadani aholisining aytishicha, bu yerlarni odam oyog’i bosmagan.
Ervandun va Shondong g’orlari
Ervandun g’ori Xitoyda joylashgan. Chuqurligi 441 metr. G’orning kattaligidan hatto o’zining mikroiqlimi mavjud. Mahalliy aholi g’ordagi o’zgarishlarni kuzatgan holda ob-havoni oldindan qanday bo’lishini biladilar. Masalan, agar g’ordan tuman chiqsa, tez orada yomg’ir yog’adi, degani. Shondong g’ori Vyetnamda joylashgan. Chuqurligi 200 metr. G’orda yer osti daryosi bor. Yog’ingarchilik bo’lganda g’orni qanchadir qismi suv ostida qolib ketadi. Shunga qaramay g’orda o’tlar va daraxtlar o’sadi.
Tog’lar o’sadi
Appalachi – Shimoliy Amerikaning sharqida joylashgan tog’lar. Ularning balandligi 2 037 metrni tashkil etadi. Gimalay tog’lari bilan solishtirsangiz bu juda ham kam (Gimalay – 8848 metr). Ammo o’tmishda Appalachi juda ham baland edi, hatto Gimalaydan ham balandroq. Gap shundaki, yer osti plitalari bir birini itarib keladilar va shuning ta’sirida Gimalay tog’lari balanroqga ko’tariladilar, Appalachi tog’lari esa aksincha – cho’kadilar.
Yetti xil rangli qum
Mavrikiy orolining Shamarel qishlog’ida 7 xil rangdagi qumlarni ko’rish mumkin: och qizil, to’q qizil, sariq, jigarrang, ko’k, siyohrang va yashil. Bu yerga ortiqcha ta’rif kerak emas, chunki chiroyi hayratga soladi.
Mamlakatdan ham katta ferma
“Anna Krik” o’tlog’i – dunyodagi eng katta ferma. Uning yerlari 23 677 kv. kilometrni tashkil etadi. Hattoki Isroil mamlakati bu fermadan kichiqroq – 20 770 - 22 072 kv. km.
Juda ham ajoyib chegara
Bering bo’g’ozining markazida joylashgan bu 2 ta orolning orasidagi masofa 4 km. G’arbiy – Ratmanov oroli – Rossiyaga tegishli, sharqiy – Kruzenshtern oroli – AQSHga tegishli. Ularning o’rtasidan Rossiya va AQSH chegarasi va kun almashinuv chizig’i o’tgan. Masalan, AQSH orolida 6:00 shanba, rossiyaning orolida esa 9:00 yakshanba.
Tinch okeani haqida
Menimcha, bu firk har birimizni hayolimizdan o’tgan – “agar pastga qarab qazib ketaversam, qaysi yerdan tashqariga chiqaman?”. Ammo Tinch okeani shunchalik kattaligidan, bir nuqtasidan turib shu ishni bajarsangiz, ehtimol, yerning ikkinchi yarimida ham Tinch okeanining boshqa nuqtasida bo’lasiz.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 6-uy
VEB-SAYT YANGILIKLARIGA OBUNA BO`LISH SHAKLI
Eslatma: Agarda Sizni veb-saytdagi ma'lumotlar qiziqtirayotgan bo'lsa, quyidagi shakl orqali veb-sayt ma'lumotlar bazasidagi so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lib turishingiz mumkin. Buning uchun Siz amaldagi mavjud elektron manzilingizni quyidagi qatorga kiriting va elektron manzilingizga jo'natilgan xat orqali obunani tasdiqlang.