Xaritani kim o’ylab topgan? 

16 150

Shahringizdagi barcha kuchalar va binolarni so’z bilan ta’riflab beringchi, deb qolishsa odam birdaniga qiyin ahvolga tushib qolgan bo`lardi, shunday emasmi? Ularni so`z bilan tasvirlashdan ko`ra, qog’ozga chizib ko`rsatish ming bora oson. Xaritalarning paydo bo`lishiga sabab ham shu bo`lishi mumkin.

Eng birinchi xarita ana o’sha maqsadlardan kelib chiqqan bo`lib, u loy parchasidan yasalgan tekis yuzaga chizilgan, so’ng esa olovda pishirilgan edi. Misr mamlakatida shu taxlit tayyorlangan bu ilk xaritaning paydo bo`lganiga ham oz emas, ko`p emas, chamasi 4000 yillar bo`lib qolgan. Qadimgi zamonlarda dehqonlar o’zlarining ekin maydonlarini, podshohlar o`zlari hukmronlik qilgan mamlakat hududlarini ana shunday tasvirlaganlar. Albatta, o`sha paytda ham xarita chizish oson ish bo`lmay, turli xil muammolar chiqib turardi. Masalan, o`zingdan yuzlarcha, minglarcha chaqirim joydagi yerlarni, o`rmonu ko`llarning ko`rinishini xaritada qanday aks ettirish kerak? Axir Yer deganlari cheksiz-chegarasiz keng bo’lsa, uzoq-uzoqlardagi maydonlarni o`lchash, xaritaga tushirish oson ish emas-da. Xarita yaratuvchilarga bu borada yordamga kelgan ilk ko`makchilar — munajjimlar, ha-ha, aynan munajjimlar edi. Sababi, ular aynan Yerni o`lchash, shaklini tasvirlash ishlari bilan ham shug`ullanganlar. Miloddan ilgari 276 yilda Yunonistonda Eratosfen Yer sayyorasining diametrini aniqlashga muvaffaq bo`ldi. U aniqlagan o`lchovlar haqiqatga yaqin edi. Olim Yer sayyorasi sarhadlarini janub va shimol tomonlarga qarab ulchash usullarini uylab topdi.

Taxminan unga zamondosh bo`lgan Gipparx dunyo xaritasini parallel va meridian chiziqlari bilan ajratib chiqish, teng bo’laklarga bo`lish taklifi bilan chiqdi. Ushbu yo`nalishlardagi chiziqlarni taxminiy tarzda chizib chiqish uchun ham samo va undagi yulduzlar harakatini o`rganish lozim edi. Eramizning ikkinchi asrida yashagan Ptolemey xuddi shu g’oyadan foydalanib, xaritalarni chizishda parallel va meridian chiziqlarni chizib chiqqan. Uning geografiyaga oid asarlarida ana usha hisob-kitoblar asoslab berilgan ma’lumotlar uchraydi. Kolumb va uning zamondoshlari ham turli xil xarita va chizmalardan foydalangan bo`lishlari shubhasiz, albatta.

Avraam Ortelius Antverpen shahrida ilk xarita to`plamini nashr ettiradi.

1572-yil. Ortilius dunyo xaritasi.
Zamonaviy kartografiya asoschisi Geradus Merkator hisoblanadi. Uning chizgan xaritalaridagi to`g’ri chiziqli yo`llar globusdagi egri chiziqlarga mos kelardi. Bu esa xaritadagi ikki nuqta o`rtasida o`zaro to’tri yulutkazish, kompas buyicha belgilanadigan yo`nalishlarni aniqlash imkonini berardi, Bunday xarita "proyeksiya” deb ataladi, ya’ni u Yer sharining yuza (sirt) qismini xaritada aks yettira oladi. Merkator nashr etgan ushbu kitob (xaritalar tuplami)ning titul varagida pahlavon Atlas tasvirlangan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xaritalar to`plamini "atlas” deb ataymiz.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.